Пойтахтнинг Мирзо Улуғбек, Чилонзор ва Юнусобод туманларидаги мактабларда ўқиш онлайн ташкил этилади

Тошкент шаҳридаги умумтаълим мактабларида ўқувчилар ва ўқитувчилар орасида коронавирус инфекцияси билан касалланиш ҳолати ортиб бораётганлигини инобатга олиб, жорий йилнинг 16 март кунидан бошлаб, Мирзо Улуғбек, Чилонзор ва Юнусобод туманларидаги барча умумтаълим мактабларини бир марталик карантин муддатига (14 кун) онлайн ўқитишга ўтказилади.

Ушбу туманлар ҳудудида фаолият олиб бораётган нодавлат ва хусусий таълим ташкилотларига 16 мартдан бошлаб бир марталик карантин муддатига (14 кун) ўқувчиларни масофавий шаклда ўқитишга ўтказиш тавсия этилади.

Пойтахтимиздаги бошқа туманларда ўқиш баҳорги таътилга қадар карантин талабларига тўлиқ риоя этилган ҳолда анъанавий давом эттирилади.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 100 more comments
🅰️lisher 🅾️monov
кўчирмачи
Man o'z fikrim bilan yuraman. Iltimos o'zingizga o'xshatmang
Shahzod
Otmlarga Online offline hohishiy qilish kerak edi. Hohlagan online hohlagan borib uqiyversin edi.
Shahzod
Vaksinani utkazish uchun bular vohima qilishmayapdimikan 😂😂😂
Navbatdagi o'yin. O'tgan yili ham ayni shunaqa payt boshlagandi, yana shu kunga kelib ko'payish boshlanibdimi? G'irt mantiqsiz o'yinligi korinib turibdi.
Ortiqjon Baratov
Davlat bizni òylab maska taq desa szni gapingizni qarang
Suğdiyona
Tõğri bu gapizga qòshilaman. Offline òqimasa bòlmaydigan yonalishlarni chaqirib qolganlar onlayn bòlganda vaziyat hozirgidan ancha yengil bòlardi
Вазият хозир хам ўз қўлимзда 50% дан ортиқ одамлар безмаска антсептиксиз кўчада юришди.Аслида кир бўлган ёқани ювгандан кўра аввало кир бўлган бўйинни ювиш керак сенёрита
Xullas xamma uzicha xaq....
Asosiysi xalqni tinch qoyishsin.
Shundog'am xamma uzini yonidan davolanvotti, ayrim ayrim xolatlar bundan mustasno, xalq uzini aren boqvotgan paytda yani xozrgi ilik uzdi maxal, xama uzini aravasini tortgani maqulidi. Nma kereyi bor xammani krantin qilib yana. 3 ta rayon karantin mush, nma bu rayonlaga kirish chiqish yo boladimi endi,,, galati...
𝑵𝒊𝒈𝒐𝒓𝒂 𝑴𝒂𝒎𝒂𝒅𝒛𝒉𝒂𝒏𝒐𝒗𝒂
Shahzod
Otmlarga Online offline hohishiy qilish kerak edi. Hohlagan online hohlagan borib uqiyversin edi.
Unda ustozlarni holi ne kechadi? Ularga yuqmaydi deb kim kafolat beradi? Ahir ular ham odam! Oilasi, bola-chaqasi bor.
Ortiqjon Baratov
Davlat bizni òylab maska taq desa szni gapingizni qarang
6 oydan beri bez maska bozorda yurib, bir kunda kamida yuzta odam bilan muomilada bolyapman. Kopaysa manga yuqqan bolardi. Davlat oylasa yoki oylamasa ham hudoni aytgani boladi.
𝑵𝒊𝒈𝒐𝒓𝒂 𝑴𝒂𝒎𝒂𝒅𝒛𝒉𝒂𝒏𝒐𝒗𝒂
Bemorlarni dardlariga shifo bersin ALLOHIM. Qolganlarni esa, o'z panohida asrasin!
MTM lar ish faoliyati nima bo'larkan
Bu chora tadbirlar yoshlarni ta'limiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti.Karantin choralariga qatiiy rioya etgan holda va sinflardagi o'quvchilarni 2 ta yoki undan ko'proq sinflarga bo'lib darslarni maktablarda davom ettirishsa yaxshi bo'lardi.
Maktablani yopgani sabab britancha shtamp kopayotganida. Chunki yosh bolalarda kòp uchraydi bu kasaalik. Endi xalqimiz 100% niqob taqiwni esdan chiqarib bo'ldi. Karantin nima ekanliguni unutishdi bu jiddiy signal bo'lishi kerak hammaga
Show next 100 comments