Пойтахтнинг Мирзо Улуғбек, Чилонзор ва Юнусобод туманларидаги мактабларда ўқиш онлайн ташкил этилади

Тошкент шаҳридаги умумтаълим мактабларида ўқувчилар ва ўқитувчилар орасида коронавирус инфекцияси билан касалланиш ҳолати ортиб бораётганлигини инобатга олиб, жорий йилнинг 16 март кунидан бошлаб, Мирзо Улуғбек, Чилонзор ва Юнусобод туманларидаги барча умумтаълим мактабларини бир марталик карантин муддатига (14 кун) онлайн ўқитишга ўтказилади.

Ушбу туманлар ҳудудида фаолият олиб бораётган нодавлат ва хусусий таълим ташкилотларига 16 мартдан бошлаб бир марталик карантин муддатига (14 кун) ўқувчиларни масофавий шаклда ўқитишга ўтказиш тавсия этилади.

Пойтахтимиздаги бошқа туманларда ўқиш баҳорги таътилга қадар карантин талабларига тўлиқ риоя этилган ҳолда анъанавий давом эттирилади.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 100 more comments
Кискаси, hasbunalloh va ne'mal vakil. Alloh узи сакласин.
Азиз
Бу янги хабарми
Otkan safar ham hudi wundey bolyapdi kassalarni jilovladik bowqa kassal yog diyiwuvdi mana yana chiqib kelyapdi kasallar
Азиз
Яна карантин буларканми
Nima bu roppa rosa 1 yil bolgandan yana virus 🤔🤔🤔
Assalomu alaykum ahli Ozbeklar.
Viloyatlarda yoqmakan ,azizlarim.
Ozimizni ,yaqinlarimizni qolimizdan kelgancha himoyalaylik.
Boshqa gapga orin deb oylayman.
Vaksininalani sotvolaylik virus yengiladi😁
Qolganlarini qachon yopisharkan ularda ham tarqab qo’lidan hech nima kelmay eplay olmay qolishkanlaridami, eplolmasa eng oson Yo’li yopishadi
Universitet larniyam oʻtqazish kerak onlaynga xech bomasa yosh bolasi bor talabalarni
MR.Adam
Vaksininalani sotvolaylik virus yengiladi😁
Men ham ahuni o’yladim, shuncha vaksinani kimga sotadi agar hamma tuzalib ketsa
Online qilsa zoor bolardi baribir institut hech nimani orgatmaydi faqat vaqtni oladi.
Savol borda. Bu tarqalayotgan virus britancha karonavirusmikn?.. kirib kelmasdan oldini oldik deb og'izlarini to'ldirib gapirishyotgandiyu😠. Halq tajriba quyonchasi bo'lib qoldi o'zi, tek qo'yishadi yomon tasir qilsa keyin dori berishadi shuni ichvol deb.
O'ziz uchun javob bering oldin. O'zini hamma narsani tushunadigan bilag'on qilib ko'rsatadigan coment yozishdan oldin, bitta kasal bo'lgan insonni o'rnida tasavur qilish kerak o'zini. Ota onayiz uchun bilimli olimu fuzalo bo'lishiz ikkinchi o'rinda, avvalo sog'lom va tirik bo'lishiz kerak
Show next 86 comments