Ijara VMQ-605, 24.09.2021.pdf
791.6 KB
Талабаларга ижара тўловининг 50 фоизини қоплаб бериш тартиби тасдиқланди  

Асосий қоидалар:

➖ижара тўловини қоплаш учун албатта солиқ органларидан рўйхатдан ўтган расмий ижара шартномаси бўлиши керак;

➖ ижара тўлови фақат кундузги таълимда ўқийдиган талабалар учун тўлаб берилади. Сиртқи ва кечки таълим учун қўлланмайди;

➖ битта турар жойда икки ва ундан ортиқ талаба ижара ҳуқуқи асосида яшаса, уларнинг барчаси ижара шартномасида қайд этилган бўлишлари шарт;

➖ ўзи ёки ота-онасининг уйида, шунингдек доимий турар жойидаги уйда ижарада турганларга қоплаб берилмайди;

➖ аризалар ҳар ойнинг 7-санасигача декан ўринбосари ёки ОТМдаги турар жой билан таъминлаш бўлимига топширилади;

➖ижара тўловининг бир қисмини қоплаб бериш ўқув йили давомида (ҳар йили 1 сентябрдан 1 июлгача) ёки ўқув дастури давомийлигига қараб белгиланади;

➖ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми Тошкент шаҳрида – БҲМнинг 1 баравари (270 минг сўм), қолган ҳудудларда – 0,5 баравари (135 минг сўм)дан оширилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

217 comments

Show 9 more comments
Ассалому алайкум Хушнудбек!Супер контракт нархлари нима учун кечикябди? Качон чикади?
Kv egalari shartnoma tuzishni xoxlamaydi o'zi davlatga pul to'lamasligi uchun bunda nima qilamiz
Muhammad
Viloyatlarda 135 ekan bu pulni berib Kvartirani egasidan soliq yana qaytarib oladi.Ali Xo‘ja Xo‘ja Ali undan ko‘ra shu pullarni yotoqxona qurushga sarflasin
Hususiy universitetda uqiydiganlarga ham tulab beriladimi
Kechki ta'limda boyvacha puldorlar o'qiydi nima qaror bo'lsa kunduzgilarga
Assalomu alekum. Vaksini toliq hammasini olganlarga 10% kontrak tushib beriladimi? Zauchniy va kechkilarga ham taluqlimi bu?? Rahmat oldindan javob uchun
bu shunchaki oddiy xalqni ezishga o'xshaydi 135000 so'm nimaga yetadi yana shuncha qog'ozbozlik mayli bularga ham insof berar
Bu qarorlardan umuman norozimiz
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Ijarada bir necha talaba turishi shartmi,bitta talaba tursa ham 50% i tolab beriladimi
Assalomu alaykum. Chet el universitet filliallarida o'quvchi talabalarning ijara to'lovlariga ham amaliy yordam beriladimi ???
Сингапурский да укиганларга хам утадими бу карор
"asosiy qoidalar" ning 2 va 3 keltirilganlari mutlaqo noörin, mantiqsiz va asossiz!
Muhammad
Eng chekka viloyatlarda bir kishu to‘laydigan kvartira puli 250 ming
Bitta kvartiragami yo har bir talabagami
Assalomu alaykum Xushnudbek aka o'quv yili boshida xomilador yoki yosh bolali ayollarga onlayn o'qishni davom ettirishlari mumkin degan xabar kelgandi. Xozir shu qaror tasdiqlanganmi yoki bekor qilinganmi shu xaqida ma'lumot bersangiz iltimos. Javob uchun oldindan raxmat.
Lekin kv egalari shartnoma tuzishni istashmayaptiku
Mahliyo
Insof bormi Qachon tibbiyotni ichki perevodini javobi chiqardi 1 oy bòldi
Show next 100 comments