Ijara VMQ-605, 24.09.2021.pdf
791.6 KB
Талабаларга ижара тўловининг 50 фоизини қоплаб бериш тартиби тасдиқланди  

Асосий қоидалар:

➖ижара тўловини қоплаш учун албатта солиқ органларидан рўйхатдан ўтган расмий ижара шартномаси бўлиши керак;

➖ ижара тўлови фақат кундузги таълимда ўқийдиган талабалар учун тўлаб берилади. Сиртқи ва кечки таълим учун қўлланмайди;

➖ битта турар жойда икки ва ундан ортиқ талаба ижара ҳуқуқи асосида яшаса, уларнинг барчаси ижара шартномасида қайд этилган бўлишлари шарт;

➖ ўзи ёки ота-онасининг уйида, шунингдек доимий турар жойидаги уйда ижарада турганларга қоплаб берилмайди;

➖ аризалар ҳар ойнинг 7-санасигача декан ўринбосари ёки ОТМдаги турар жой билан таъминлаш бўлимига топширилади;

➖ижара тўловининг бир қисмини қоплаб бериш ўқув йили давомида (ҳар йили 1 сентябрдан 1 июлгача) ёки ўқув дастури давомийлигига қараб белгиланади;

➖ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми Тошкент шаҳрида – БҲМнинг 1 баравари (270 минг сўм), қолган ҳудудларда – 0,5 баравари (135 минг сўм)дан оширилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

217 comments

Show 100 more comments
Bu bu buyuriqni ijrosini kim taminlaydi
ko'pchilik uy egalari ijara shartnomasi tuzishga rozi emas. Shuni ham inobatga olishsa yaxshi bo'lardi
Bu beradigan pulini olguncha ancha qiynalib ketasizlar
Sultonova Maftuna
Ijaraga quyayotgan uy egasidan biror hujjat talab qilinadimi
Supper qachon chiqadii
+++++
Хар ой ариза ёзиб.кимга керак бош огриги.хаммани отангбор энага бор килиб зада килади.пул бериш осонмас
Шухрат Аликулов
Бир пуллик қарор
Ijara pulini 50% toʻlab beriladi deb, yana oxirida oʻsha miqdor 270 ming deb belgilab qoʻyilibdi. Masalan men oyiga 200$ toʻlayman. Kvartira pulimni 15% emasku bu pul
98 % holatda uy egalari ijara shartnomasini tuzishni xohlashmaydi yoki 90% holatda umuman tuzmaydi, bundan ko'rinadiki bu "Ijara VMQ-605" dan talabalarga hech qanday yengillik yo'q. Bu yordamni olguncha undan ham ko'proq xarajat ketadiganga o'xshaydi
Durdona Kuchkarova 212
Sirtqi uzi 1oy uqisa unga ijara nmaga kerak hayronmn
Kechkilarchi bizniyam kechkida uqiysan deb hamma ishga olaman deb kutib turgani yuq. Vaksinadan ham ligota yuq bularga. Kechkigayam ishliydiganlarmas balli Sal past kiray uqishga deb topshirganlar kop. Rep qatnashga oilaviy sharoiti yuqligidan. Mardikorlik qilmasa talabalarga ish yuq. Meni uzim bog'cha maktablarga borib kordim birontasi studentlarni ishga olamiz mayli demadi. Hoz oliylarga ish yog'uuu
Toifa so'rashadi. Ish so'rasangiz
Kechki talimda oʻqiydigan talabalar gapi

"OSMONIMIZ MUSAFFO"
Iltimos. Qaror chiqazyotganda oldin bir õylab kõrishsin. Qarorni qabul qilib tasdiqlaguncha oddiy xalq bn suhbat qilib korsin ularni munosabatini bilsin.
Nodavlat institutlarda öqiydigan talabalarga ham tölab beriladimi?
Oilasi bor talabalargachi? Ularga ham to‘lab beriladimi. Bilamizki oila bilan o‘qish oson emas yana ijara puli talaygina.
shahlo
Bu superlar in ham Amal qilindimi?
shahlo
Bu superlar un ham Amal qilinadimi
Show next 84 comments