​​Қабул жараёнларига бағишланган жонли эфир.

Бугун, соат 20:30да.

Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари томонидан қабул жараёнига оид жуда кўп саволлар берилаётганини инобатга олиб, YouTube орқали имкон қадар тез-тез жонли эфирда ҳуқуқий тушунтиришлар бериб боришга ҳаракат қиламан.

Зора айтган маълумотларимиз ёшларга фойдали бўлиб, уларнинг талаба бўлиш бахтига ёрдам берса, биз бундан хурсанд бўламиз.

Жонли эфирни бугун, соат 20:30 да, қуйидаги YouTube каналдан томоша қилишингиз мумкин:

👉 youtube.com/xushnudbekxudoyberdiyev 👈

Бугунги жонли эфирда қуйидаги мавзулар юзасидан суҳбат қурамиз:

➖ онлайн ҳужжат топшириш ҳақида;
➖ бешта йўналишни танлаш тартиби қандай?
➖ мақсадли қабул нима?
➖ имтиёзлар қандай амал қилади? (хусусан, кам таъминланган хотин-қизларга, ногиронларга ва ҳ.к.).


👉 @xushnudbek 👈

319 comments

Show 13 more comments
Utkir Rahmatillaevich
Zavuchni topshirish uchun ham qabul jarayoni boshlanganmi
Jamila Bozorova
Asalomu alekum meni savolim shundan iboratki Toshkent davlat yuridik universitetiga IELTS sertifikatini writing konikmasi 5.5 bolishi kerak ekan online topshirayotganimizda writing soralmaydiku, writing 5 bolsa biz topshira ololmaymizmi Yuridik universitetiga ?Javob uchun oldindan raxmat
Hujjat topshirish uchun saytga kirganizda tel nomer va 8 talik maxfiy kod so‘raydi bu yaxshi, lekin shu bilan bir nechta abiturentlarni hujjatlarini topshirsak bo‘ladimi?!
Фуркатжон
Chet eldan o'qishni qanaqa qilib kochiramiz granitsa yopiqku
Masalan men sirtqi ta'limga hujjat topshirib o'qishga kirsam, ma'lum bir muddatdan so'ng kechki ta'lim shakliga o'qishimni ko'chirsam bo'ladimi?
Темир йул хакида хам малумот берин мед осмотр боладими бу йил ёки ёк?
Xushnudbek aka sal boshqacharoq savol.Kulguli busayam magistrlik diplomim bilan sharqshunoslik universitetiga siyosatshunoslik fakultetiga online registr qildim dtm sayti orqali. Nima deb oylis mani ekzamenga quyisharmikan. Yani ikkinchi mutaxasislikka universitetga bormasdan shundo oddiy abiturientlarde registratsiya qildim. Jovob uchun raxmat
Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslawtirilgan filialiga qayerdan xujjat topshirsa bo'ladi? Va bu yerga o'qishga topshirgan odam 5ta yo'nalish tanlasa bo'ladimi? Yani 5ta alohida va yuridik filiali alohida Javob uchun oldindan rahmat
Ассалому алейкум, 4% фоизлик хотин кизлар учун квота масаласини илтимос тулик ёритиб берсангиз. Икки кунда хал булади дейилганди, лекин бир хафта булди... Илтимос ногирони бор оиланинг кизларигами ёки ногиронлиги бор кизларгами бу 4% квота? Илтимос шу хакида батавсилрок тушунча берсангизлар. Олдиндан хаммага рахмат...
Nurmuhammad
boshqa viloyatda uqiydigan bulsa uzini viloyatiga pervod qilsa tulovlar amalga oshiriladimi agar oshirilsa qaysi qonunchilik bilan belgilab quyilgan shu xaqda malumot beringla oldindan raxmat
Shahnoza
Hozir men ingliz tiliga topshirsam,ona tilidan 3.2ball beriladimi,ingliz tilidan esa 3.1ballmi?Ya'ni,men telegram tarmog'ida ko'rdim ona tili birinchi blokka aylandimi Inyazda ham?
Bu yil dtm axborotnoma chiqarmadi aksiga 10 va 11 sinf kitoblar yangilangan !!!
Assalomu aleykum Xushnudbek aka ijodiy imtihon test (Biologiya tojik tili) imtihon shaffof utishi uchun men tomonimdan oldindan nima harakatlarni qilishim kerak tavsiya bering bu juda muhim (abiturent)
Д.Ашурова
Муносабат: Ассалому алайкум ҳурматли Хушнудбек. Ҳали бирон бир "Инсон" қабуллар бўйича аниқ, тиниқ маълумотлар бера олганини ва қизиқаётганини сезмадим.Худдики, "Ўқишга" сиз топшираётгандайсиз.Ота-онангизга минг раҳмат,шундай фидоий инсонни дунёга келтиргани учун.Омад сизга доимо ҳамроҳ бўлишини тилаб қоламан.Хушнудбек, Сизга саволим: қизим узоқ йиллар давомида самарали меҳнат қилади, лекин олий даргоҳга киришга муяссар бўла олмаяпти. Қанақадир имтиёзлар бўладими шундай ходимларга? Олдиндан жавоб учун раҳмат.
Kosem
Salom .prezdentimiz tomonidan davlat qarmog'idagi chin yetimlarga imtiyoz berildi deb enternet tarmoqlari kun.uz saytidan xabarlar keladi.biroq biz o'qish ariza topshirsak imtiyoz faqat 4ta yunalishlishga bor ekan yani harbiy qumondonlik tavsiyanomaga ega bulgan,ko'zi ojiz,nogironligi va chet eli sertifikati borlar uchun qolgan imtiyozlar bor lekin nega ulab bulmayapti.shu savolimga javob bersangiz...men davlat qarmog'idagi chin yetimlar ro'yhatida turaman.yashash joyim ham kollej yotoqhonasi manzili...shu savolimga oydinlik kiritib bersangizlar
Xudoyshukur
Hujjat topshirish jarayonida 111500 sòmni tòlash uchun qancha vaqt beriladi? Aniq javobini biladiganlar bormi?
😊😊😊
Jonli efer shu kanalda bolarmikan
Assalomu Alaykum.Xushnudbek aka.Men ham abituriyent man sh yil xudo xohlasa topshiraman.Bir savol meni anchadan beri qiynaydi.Qoralanma ya'ni o'zimizning tilda aytganda chernaveklar ham kerakli miqdorda beriladimi?matematik va fiziklar uchun chernavek asosiy narsa imtihonda.Javob uchun oldindan raxmat.
Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslawtirilgan filialiga qayerdan xujjat topshirsa bo'ladi? bu yerga o'qishga topshirgan odam 5ta yo'nalish tanlasa bo'ladimi
Show next 100 comments