​​Қабул жараёнларига бағишланган жонли эфир.

Бугун, соат 20:30да.

Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари томонидан қабул жараёнига оид жуда кўп саволлар берилаётганини инобатга олиб, YouTube орқали имкон қадар тез-тез жонли эфирда ҳуқуқий тушунтиришлар бериб боришга ҳаракат қиламан.

Зора айтган маълумотларимиз ёшларга фойдали бўлиб, уларнинг талаба бўлиш бахтига ёрдам берса, биз бундан хурсанд бўламиз.

Жонли эфирни бугун, соат 20:30 да, қуйидаги YouTube каналдан томоша қилишингиз мумкин:

👉 youtube.com/xushnudbekxudoyberdiyev 👈

Бугунги жонли эфирда қуйидаги мавзулар юзасидан суҳбат қурамиз:

➖ онлайн ҳужжат топшириш ҳақида;
➖ бешта йўналишни танлаш тартиби қандай?
➖ мақсадли қабул нима?
➖ имтиёзлар қандай амал қилади? (хусусан, кам таъминланган хотин-қизларга, ногиронларга ва ҳ.к.).


👉 @xushnudbek 👈

319 comments

Show 100 more comments
harbiy imtiyoz kvotalari qacon tasdiqlanadi wu haqida biron anniq javob bormi
Аввало Ассалому алайкум мани саволим хамда илтимосим шундан иборатки, ТДЮУда янги очилган 4та факултет хакида маьлумот берсангиз, шунингдек, Тарих ва Инглиз тили укиётган Абитурийент кайси Отмларга хужжат топшириши мумкин. Хар хил каналларда хар хилча гаплар юрибди. Шунинг учун илтимос килиб колардим ЭНГ ишончли маьлумотларни беришингизни. Жавоб учун олдиндан Рахмат!
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
YOTUBDAGI SAVOLLARNI HAM OʻQIYSIZLARMI? YOKI SHUNGA YOZISH KERAKMI?
Assalom alaykum Xushnudbek aka ikkinchi mutaxasislikka qachondan qabul boshlanadi va qachon imtixonlari bulib òtadi
Рахмонова Зироатхон
Ассалому алейкум ТДЮУ даги бу йилги озгаришлар ва ушбу йоналишга топширмокчи болган абитуриентлар учун копрок малумотлар бериб отишизни сорамокчиман
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Men Tojikiston Davlat Tasviriy san’at va dizayn institutini Web-dizayn va kompyuter grafikasi yo’nalishida 2-kurs sirtqida tahsil olaman... Savolim shundan iboratki, O’qishimni O’zbekistonga ko’chirish masalasida qayerda va qanday amaliy yordam olishim mumkin.. Batafsil shu bo’yicha to’xtalsangiz! 


Samarqanddan Muhammadiqbol Shukurov
🆘 HARBIY IMTIYOZ HAQIDA HALIHAM TO'LIQ JAVOB BERISHGANI YO'Q BIZLAR NMA TAHMINAN HUJJAT TOPSHIRIB YUBORAVERAMIZMI? SHU HAQIDA HAM SAVOL BERIB KO'RINGLAR ILTIMOS!
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
ISLOM
Assalomalekum yaxwimisz xushnudbek aka sizdan bir iltimos iloji harbiy oligohla haqida ulada bu yil necta fandan imtixon bòladi necca soat vaqt ajratiladi harbiyga topwirgan abiturientlar yana 5 ta yònaliwga topwirsa bòladi diyiwvotti harbiyda ogan ballarimiza òzimizani oliygohgayam òtadimi foizi ciqarilib yoki u uchun alohida yana test topwiriladimi agar harbiylani imtixoni bn òzimizi universitet imtixonlari 1 ta kunga tòģri keb qosachi .? Iltimos iloji bòsa wulaniyam batafsil yoritib berin
Assalomu alaykum. Mening savolim shundan iboratki, bir tanishimning oilasida 3 ta nogiron mavjud va o'sha tanishim ularning yolg'iz boquvchisi hisoblanadi. Uning ustiga ayol kishi. u kishi uchun qandaydir imtiyoz mavjudmi? Shu haqida ma'lumot bering, iltimos!
Murodova Muattar
Assalomu aleykum,barchaga sog‘lik va salomatlik tiliman.Savolim ,TDYU da 6oylik kurs bormi,bo‘lsa shu kurs faoliyati,qabul jarayoni ,to‘lovi va kursni bitirgach qanday hujjat berilishi haqida fikr bildirsaiz .Javob uchun oldindan raxmat.
Salom Xunshnudbek agar komentlarni o'qiyotgan bo'lsangiz iltimos shu narsani aniqlashtirib berishingizni so'rab qolaman. O'tgan yilgi qabulda qaysi oliygohga nechta o'quvchi topshirayapti bitta kvotaga nechta bola to'g'ri kelayotganini ko'rayotgan edik bu yil shu narsa bo'lmayapti shuni aniqlashtirib berishingizni so'rayman!
Assalom alaykum.Xushnudbek aka chet davlat oliygohlariga yurisprudensiya buyicha topshirib uqishga kirsam.O'zbekistonga kuchirsam buladimi uqishni.
Assalomu aleykum Xushnudbek. Sizdan iltimos maqsadli qabul chekka hududlar bo'yicha ma'lumot bersangiz. O'tgan yili qabul.dtm.uz sayti orqali tanishgandik bu yil qanday qilib bilamiz
Assalomu alaykum! Nima uchun faqatgina YouTubeda bu barchamiz uchun kerekli axborotni telvideniya orqali ham namoish etsa böladiku.
الحمد لله
Assalomu aleykum! Qarshi Davlat universitetidagi fakultitetlar,o'zgarishlarni masalan ona tili yo'nalishini tanlagan abuturent boshqa yana qaysi fakultitetlarni tanlay olishini va kvotalarini,qancha odam topshirganini qanday bilamiz iltimos shu masalalarda ham javob kutib qolamiz.....
Шарипова Гузал Содиковна
ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗ БЎЙИЧА ҚАНДАЙ ХУЖЖАТЛАРНИ КИМДАН ОЛИШ КЕРАК
иМТИХОНГА КИРИЛАДИМИ ШУНДА ЁКИ ИМТИХОНСИЗ ҚАБУЛ ҚИЛИНАДИМИ
Assalomu alaykum, savolim bor edi. Magistratura ta'limiga yunalish buyicha tug'ri keladigan bakalavrning turdosh yunalishlari tugrisidagi qaror bilan tanishtirsangiz, misol uchun tarix mutaxassisi magistraturaning qaysi yunalishiga hujjat topshirishi mumkinligi turdosh yunalishlar buyicha shu masala
✓✓✓
Assalomu alaykum Xushnudbek oka nogironlar ajratilgan 2% grant haqida tushuna olmayapman shu xaqida tushuncha bersangiz iltimos.
Show next 100 comments