⚡️Ўқишни кўчиришда ўтиш бали 66,1 балл этиб белгиланди

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тизимидаги 53 та ОТМга хориждан ёки Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчириш бўйича ўтиш бали тўплаш мумкин бўлган максимал баллнинг 35 фоизи (66,1 балл) этиб белгилангани маълум қилинди.

Ўтган йили ўтиш бали 56,7 балл эди. Жорий йилда ўтиш балини ўтган йилги ҳар бир йўналишга кириш бали неча бўлган бўлса, ўшандай қилиб белгилашмоқчи эди. Аммо бундай қилинмади. Яна бир бор асосан хориждаги талаба-ёшларга ён босилди ва ўтиш бали максимал баллнинг атиги 35%и этиб белгиланди. Бу ҳатто 3 баҳо ҳам дегани эмас.

💰Ўтиш балини тўплаган талабалар оддий тўлов-контрактни тўлашади, ўтиш балига етмаганлар эса юқоридаги расмда кўрсатилган миқдорларда контракт тўлашади.

ℹ️ ОЎМТВ тизимидаги ОТМ рўйхати

Бошқа ОТМларга ўтиш балини юқори турувчи вазирликлар белгилайди, масалан тиббиётни Соғлиқни сақлаш, юриспруденцияни Адлия вазирлиги ва ҳ.к.


👉 @xushnudbek 👈

1330 comments

Show 100 more comments
Abdulaziz
Bu qanaqa axmoqgarchilik??? Bu Oliy ta'lim vaziri nimalar qilyapdi? Shu yo'l bilan obro' ortirmoqchimi? Ta'lim tizimiga bolta o'ryapdiku. Shunaqa ham past ball belgilaydimi. Biz necha yillar qiybalib 170/180 bal to'plab o'qishga kirsak, bu osongina arzimagan bal bn o'qishga kelsaya. Aytmapdida biz ham tayyorlanmasdan qo'y boqib pervot qilub kelardik. Shunaqa ham qaror bo'ladimi?
Nimasini aytasiz achindimde rostdan shuncha ketgan vaqtimiz. Bizga ham chetdan perevod qilganlar keldide Tojikiston Qirgʻizistonlardan oddiy elementar narsalarni bilishmaydi. Ulardan qanaqa mutaxassis chiqadi? Bilimi zoʻr boʻlsaku qarshimasman, lekin bu hol achinarlida
Ichgi perevod nma bovoti
KINDLY LadybriD
Bek .
Iltimos qilib qolardik Adliya vazirligi, sogliqni saqlash vazirligi bu axmoqona qarorga qo'shilmay o'tish ballini yuqori qilib qo'yishsin. Chunki bizga savodsiz shifokorlar. Savodsiz advokatu prokurorlar kerakmaydi
Unaqa demang uzbekistinda oqiwsin ularam qachongacha ozga yirtda yuriwdi musofirlikni bilasizmi siz yaxwi ball onad hamma ozini yurtida oqisin ota onasini bagrida
Yuridik va tibbiyot yonaliwini o'tish ballari qachon e'lon qilinadi
Ex odamlar sizlargayam xayronman chetda uqiyotganlarga yengillik qilsayam kunmaysila qilmasayam kunmaysila
Shahlo Baxodirovna
Sukhrobbek™
Ichki perevodlar nima buladi
Hamon javob yo sherigizman
KINDLY LadybriD
Sh'aripov Ilhom
Ichi berevot nima bovoti
Manam wunga qiziqyabman arizalar topwirildi hamma ozini vilayatida oqisin
Madina
Tögri lekin hammani sharoti har hil agar qiz bola bölsa 1yil yana tayyorlanishga imkoniyati bölamasligi mumkin shuning uchun ham chetga topshiradi
Agar haqiqatdan ham 170 ball olgan odamga perevod uchun qo‘yilgan ball 150 bo‘lsin bu adolatli bo‘ladi. Yo‘q bu baland ball bir yil tayyorlanmadi ko‘p narsani esidan chiqargan deb hisoblasangiz unda bu odamdan qanday qilib yaxshi kadr chiqadi.
Xushnud aka o'zimizni ichki perevotda ham imtihon boladimi
Xamma uzi uchun uqiydi xammani omadini bersin
☆|Baxtiyorjon|☆
O‘zbdagi lar talabalar ham imtihonga kirsin
.......
Бу жиннилик Узбекистан учун янгилик эмас хали давоми очик
Tibbiyot va yuridikaniki 100 deywdi
Assalamu alaykum hozi Narxozdan Moliyaga pervod qilmoqchi bolsa shundayam super kontrakt narxi boladimi?
Javob uchun raxmat oldindan.
Assalomu alaykum. Ichki perevod haqida ham ma'lumot beringlar iltimos. Turdosh yo'nalishga sababsiz bo'lsa kantrakt miqdori haqida ham aytib o'tsangiz iltimos
Oʻzbekistonda oʻqiyotgan oʻz bilimi bilan kirgan talabalar uchun juda ham katta nohaqlik boʻlibdida nima keragi bor savodsiz kadrni koʻpaytirib chetda oʻqiyotganlarning bilimi boʻlganda oʻzimizdagi OTMlarga bemalol kira olardi shuncha odam oʻqib yuribdiku kelasi yil bundan ham koʻpayib ketadi perivod qiladiganlar chetga topshirishni yopib qoʻyish kerak .
Show next 100 comments