⚡️Ўқишни кўчиришда ўтиш бали 66,1 балл этиб белгиланди

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тизимидаги 53 та ОТМга хориждан ёки Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчириш бўйича ўтиш бали тўплаш мумкин бўлган максимал баллнинг 35 фоизи (66,1 балл) этиб белгилангани маълум қилинди.

Ўтган йили ўтиш бали 56,7 балл эди. Жорий йилда ўтиш балини ўтган йилги ҳар бир йўналишга кириш бали неча бўлган бўлса, ўшандай қилиб белгилашмоқчи эди. Аммо бундай қилинмади. Яна бир бор асосан хориждаги талаба-ёшларга ён босилди ва ўтиш бали максимал баллнинг атиги 35%и этиб белгиланди. Бу ҳатто 3 баҳо ҳам дегани эмас.

💰Ўтиш балини тўплаган талабалар оддий тўлов-контрактни тўлашади, ўтиш балига етмаганлар эса юқоридаги расмда кўрсатилган миқдорларда контракт тўлашади.

ℹ️ ОЎМТВ тизимидаги ОТМ рўйхати

Бошқа ОТМларга ўтиш балини юқори турувчи вазирликлар белгилайди, масалан тиббиётни Соғлиқни сақлаш, юриспруденцияни Адлия вазирлиги ва ҳ.к.


👉 @xushnudbek 👈

1330 comments

Show 100 more comments
Kechirasiz men ham bir necha yil tayyorlanib qiynalib kirganman nega men qiynalib kiramanku arzimagan 66.1 ball olganlar oson talaba boʻladi
Kechirasiz men ham bir necha yil tayyorlanib qiynalib kirganman nega men qiynalib kiramanku arzimagan 66.1 ball olganlar oson talaba boʻladi
Xushnud aka tibbiyot va yuridikaga ham ballar shu mikan yoki 100 balmi shunaqa gaplar bor
Yusuf Nurmatov
Xushnudbek aka qo'lingizdan kelsa Toshqulov janobi oliylari bilan yana bir bor chat uyushtirsangiz. U kishi laqillab qo'ygan bazi gaplariga xalqni oldida javob bersa.
Пожалуйста, не лезьте куда вас не просят, оставьте в покое всех, тех, кто переводится , это вас не касается, пусть каждый отвечает за себя,не берите грех на душу, лучше молчите не вам нас судить. Всевышний все видет и слышит.
Jahongir
Iqtisodlardi balli ham 66 mikin
KINDLY LadybriD
Iltmos hammamiz olloh bir bandasimiz urushmeli ollohdi aytgani boladi qarorni davlat chiqaryabdi mayli hamma ozini yurtida yursin ota onasini bagrida ozbekistonda oqiganam chetda oqigangayam olloh beeibdikuu pul bnmi omad bilanmi hullas risq ollohdan ming oqib bitirganlaram raaiyada yuribdi hammani ozini bilimiga olgan praktikasiga bogliq
Shukurov
Semichka balku
Guzal Berdimurodovna 20-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Xushnudbek perevod o'tish bali chiqsa ovozli chat qilmoqchi edingiz. Shuni tashkillashtiring.
Yuqoridagi ba'zi yoshlarga shuni ma'lum qilmoqchi edim. Xorijdan perevod qilmoqchi bo'lganlarni 60% yoshi kattalar ular sizlar qatóri testga kirib siz olgan balni ololmaganidan majbur bo'lishgan chetda o'qishga. Bilimi bor 66,1 balni oladi , bilimi yo'q shu balni ham ololmaydi. 66,1 balni olish ham oson emas.Buni vaqt ko'rsatadi.Pul bilan hal qilyapti deysizlar , shu pul topish uchun insonlar o'qishga majbur. Ko'pchilik yoshlarni akalari, xolalari, tog'alari o'qiyotgandir hammalaring bilib turibsizlar. Bilimli yoshlar ham ko'p oramizda 3-4 ball yetmagandan bir yil vaqt yutqizmaslik uchun topshirgan. Hech ham xavotir olmanglar perevod qilmoqchi bo'lgan talabalar g'irt bilimsiz emas.
O'chirilgan hisob
Enasinikiga kiriptiku hammayoq. Eee menga nima...
Shu narsa esingizdan chiqmasin oʻqishga sharoiti emas odamlarni miyyasi yetmaydi sharoiti yetmagan odam hech qachon oʻqimaydi baribir chetga ham kam boʻlsayam pul toʻlab oʻqiyapsizlarku
Iloji bo‘lsa bu qarorni qayta ko‘rib chiqish kerak. Aks holda uzog‘i bilan 2 yilda DTMning keragi yo‘q bo‘lib qoladi. Hamma xorijga chiqib ketadi. Kim ham 2, 3 yillab ko‘z nurini yo‘qotib yarim kechalari boyo‘g‘liga o‘xshab kitob o‘qishni xohlaydi. Abituriyentlar yalqov bo‘lib qolishadi-ku.
Show next 100 comments