⚡️Ўқишни кўчиришда ўтиш бали 66,1 балл этиб белгиланди

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тизимидаги 53 та ОТМга хориждан ёки Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчириш бўйича ўтиш бали тўплаш мумкин бўлган максимал баллнинг 35 фоизи (66,1 балл) этиб белгилангани маълум қилинди.

Ўтган йили ўтиш бали 56,7 балл эди. Жорий йилда ўтиш балини ўтган йилги ҳар бир йўналишга кириш бали неча бўлган бўлса, ўшандай қилиб белгилашмоқчи эди. Аммо бундай қилинмади. Яна бир бор асосан хориждаги талаба-ёшларга ён босилди ва ўтиш бали максимал баллнинг атиги 35%и этиб белгиланди. Бу ҳатто 3 баҳо ҳам дегани эмас.

💰Ўтиш балини тўплаган талабалар оддий тўлов-контрактни тўлашади, ўтиш балига етмаганлар эса юқоридаги расмда кўрсатилган миқдорларда контракт тўлашади.

ℹ️ ОЎМТВ тизимидаги ОТМ рўйхати

Бошқа ОТМларга ўтиш балини юқори турувчи вазирликлар белгилайди, масалан тиббиётни Соғлиқни сақлаш, юриспруденцияни Адлия вазирлиги ва ҳ.к.


👉 @xushnudbek 👈

1330 comments

Show 100 more comments
O'chirilgan hisob
Enasinikiga kiriptiku hammayoq. Eee menga nima...
Shu narsa esingizdan chiqmasin oʻqishga sharoiti emas odamlarni miyyasi yetmaydi sharoiti yetmagan odam hech qachon oʻqimaydi baribir chetga ham kam boʻlsayam pul toʻlab oʻqiyapsizlarku
Iloji bo‘lsa bu qarorni qayta ko‘rib chiqish kerak. Aks holda uzog‘i bilan 2 yilda DTMning keragi yo‘q bo‘lib qoladi. Hamma xorijga chiqib ketadi. Kim ham 2, 3 yillab ko‘z nurini yo‘qotib yarim kechalari boyo‘g‘liga o‘xshab kitob o‘qishni xohlaydi. Abituriyentlar yalqov bo‘lib qolishadi-ku.
Ee hammang Siyostga aralshma qo'lingdan hc nma kelmidide yana Siyostga aralshadi
Suxrobjon
Assalomu alaykum men IMarjona shu yilda abeturiyentlarning kam ta'minlanganlariga berilayotgan 4%ligotaning qanday afzalliklari bor agar kam ball olinsa ligotaning foydasi yõqmi?
Xorijda oʻqiganlarning ham hammasi bilimsiz emas 140 ball olib yoki bundanda yuqori ball olib yiqilib talaba bulmaganlar ham bor endi nima xorijda oʻqiganlarning ham hammasini bir xilda bilimsiz deb ayta olmaymiz ôzbekistondagi talabalardan kuchli bilimga egalari bor
Chetdagilarni ham hammasi 65dan past ball toplagani uchun chetga topwirmagan 164dan yuqori yığib kirolmaganlari ham bor
SHAXBOZBEK
Qopol qlib aytganda oqishni xurmati qolmadi
ZOR bolibdi sertifikatlar ham inobatga olinadimi
SHAXBOZBEK
Qozogistonda oynab ishlab yurganlarxam talaba bugungi kunda
KINDLY LadybriD
171yegib kirolmaganlar bor omad bomaganda nima bobdi chetda oqiwni nimasi yomon perevod qiliwsin togrisi chetda yuriw qiyin ota onasini pulini sarflab
Xorijdan õqishini kôchiryotganlar, sizlarga omad! Õzbda õqiyotganlar, sizlar hecham bunaqa ôylamangizlar. Men ham sizlarni qatorlaringizda shuni ishonch bn aytolamanki: Siz bn biz 2,3 yil qiynalib kirganimizni mevasini kôramiz, albatta.Õqigan kadr bn ôqimagan kadrni farqi yaqqol bilinadi.
Shu ôrinda, ma'sullardan sôrab qolamiz.
Ichki pervod haqida aniq ma'lumotni chiqaringlar. Vaqt oz qoldi!!!
Яна уша эски хаммом эски тоз булиптида бумасам, яна бормасдан хужжат топшириш яна 1- курсда укимасдан турип 2-курсда укишни кучириш давом жтарканда, яна Киргизистон, яна Козокистон бизни абитуриентларимизни жонига оро кираркан ,майли буни ёмон томони йук эди агар адолат болганида , ундан кура уша абитуриентларни узимиз кабул килиь куяверайлик уларни сарсон килиб курук куз буямачилик килгандан нима фойда, супер контракт тулап нима килади бумасам бошкала уларам осонгина кушни давлатчаларга хужаттини юбориб узи бориб эмас хужжатини юьориб келаси йил карабсизки 2 - курс , тугади...
Chetda oʻqiyotganlarga Omad mayli baribir bilimsiz odam bilimsizligicha qoladi
Asliddin Aralovich Babantayev
Anashu insonlar oson yo‘liga o‘tibdida. 150ball bilan yiqilgan bo‘lsa,yana tayyorlanib 200 ball bilan o‘qishga kirsa ana unda halol bo‘ladi. O‘zbekistonda o‘qishga o‘zini bilimi bilan kira olmagan inson,endi kelib nima qilib beraolardi....
O'zimizga grandga o'qishga kirib qo'yib ham, ja bir narsala qilib tashayotgon talabalarni ko'rmadim hali.Shaxsan o'zim o'qiyotgan yo'nalishni misol keltirsam.Abituriyentlikda o'qidim deb,o'qishni bir chetga tashlab qotib qoganla nimadir qilib beradimi sizningcha erta sizningcha?
Show next 100 comments