⚡️Ўқишни кўчиришда ўтиш бали 66,1 балл этиб белгиланди

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тизимидаги 53 та ОТМга хориждан ёки Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчириш бўйича ўтиш бали тўплаш мумкин бўлган максимал баллнинг 35 фоизи (66,1 балл) этиб белгилангани маълум қилинди.

Ўтган йили ўтиш бали 56,7 балл эди. Жорий йилда ўтиш балини ўтган йилги ҳар бир йўналишга кириш бали неча бўлган бўлса, ўшандай қилиб белгилашмоқчи эди. Аммо бундай қилинмади. Яна бир бор асосан хориждаги талаба-ёшларга ён босилди ва ўтиш бали максимал баллнинг атиги 35%и этиб белгиланди. Бу ҳатто 3 баҳо ҳам дегани эмас.

💰Ўтиш балини тўплаган талабалар оддий тўлов-контрактни тўлашади, ўтиш балига етмаганлар эса юқоридаги расмда кўрсатилган миқдорларда контракт тўлашади.

ℹ️ ОЎМТВ тизимидаги ОТМ рўйхати

Бошқа ОТМларга ўтиш балини юқори турувчи вазирликлар белгилайди, масалан тиббиётни Соғлиқни сақлаш, юриспруденцияни Адлия вазирлиги ва ҳ.к.


👉 @xushnudbek 👈

1330 comments

Show 100 more comments
@xushnudbek
Shu xaqiqatmi endi aka
KINDLY LadybriD
Omad
NODIRA JORABOYEVA
Raxmonov
1 kursda necha marta darsga bordi . Nega maqsadiga yetish uchun yengil yòlni tanladi .
Siz aytayotgan yengil yol 3 yil qiyinchilikni orqasidan keldi. Oziz bron joyda oqismi?
NODIRA JORABOYEVA
Umuman bormadi. Darsga borib kim nimani qoyillatibdi.
Bu oddiy haqiqat buni aytganiz uchun raxmat .Diplom uchun o'qish kerak emas
Хамма тепадагилани боллари окишадида четда
Assalom aleykum. Tarix yo’nalishiga O’zbekistonda 150 ball kirgan abituriyent 1-2 yil repititorda tayyorlanadi, o’qiydi, izlanadi, 66,1 ball to’plab o’qish ko’chirsa, DAXSHAT
Bu qaror judayam tóğri hammayam osongina perevod qilyatgani yóq hammada har Hil sharoit musofirchilikda óqish oson emas imkoniyat shuni taqozo qilgandir ósha payt Lekin endi ona vataniga qaytib óqishini shu yerda davom ettirishi uchun sharoit yaratıb berilayotgan bólsa buni nimasi yomon chetgayam hamma osonlikcha kirmedi buniyam oziga yarasha qiyinchiligi bor begona davlatda hamma joydayam bir xil sharoit yoq
Shunda bu ball med inatitutlarga emasmi
Nima boʻlgandayam bu ball nohaqlik koʻpchilik norozi qaytadan koʻrib chiqilishi kerak bu qaror
Masalan: men 170 ball bilan zórga kontrakga kirganman. Bular ham shuncha ballni tóplab kirish kerak
Shu qarorni qoʻllab-quvvatlayotganlarni hammasi oqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar, aslida bu umuman adolatsiz qaror.
Raxmonov
1 kursda necha marta darsga bordi . Nega maqsadiga yetish uchun yengil yòlni tanladi .
Sal mujik bolin sizga nima halaqiti bor xorijdan kochiradiganlani yo qvotadan joy egallayotgani yoq ula 2 kursdan qoshilishvotti qolizdan kelsa musofirda oqib koring
ИЛТИМОС!!!!
ИЧКИ ПЕРЕВОДНИ ХАМ ОСОНРОҚ ҚИЛИНГЛАР...БУ НИМА ДЕГАН ГАП?
Imtihonsiz chetga òqishga kirganlar ichida òzi alpni bilmaydiganlar ham bor
Jonini berib òqib òrganib 1-2-3-yònalish bòlmay 4-5 yònalishda òqiyotganlarga ham shunday perevod imtihon bilan kòchirishni joriy qilish kerak
Ular kasbga qiziqib jonini berib ishlovchi kadr bòladi
Hammaning talaba boʻlgisi keladi 66.1 ball kirish bali boʻlgan OTM qolmagan
Show next 100 comments