⚡️Ўқишни кўчиришда ўтиш бали 66,1 балл этиб белгиланди

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тизимидаги 53 та ОТМга хориждан ёки Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчириш бўйича ўтиш бали тўплаш мумкин бўлган максимал баллнинг 35 фоизи (66,1 балл) этиб белгилангани маълум қилинди.

Ўтган йили ўтиш бали 56,7 балл эди. Жорий йилда ўтиш балини ўтган йилги ҳар бир йўналишга кириш бали неча бўлган бўлса, ўшандай қилиб белгилашмоқчи эди. Аммо бундай қилинмади. Яна бир бор асосан хориждаги талаба-ёшларга ён босилди ва ўтиш бали максимал баллнинг атиги 35%и этиб белгиланди. Бу ҳатто 3 баҳо ҳам дегани эмас.

💰Ўтиш балини тўплаган талабалар оддий тўлов-контрактни тўлашади, ўтиш балига етмаганлар эса юқоридаги расмда кўрсатилган миқдорларда контракт тўлашади.

ℹ️ ОЎМТВ тизимидаги ОТМ рўйхати

Бошқа ОТМларга ўтиш балини юқори турувчи вазирликлар белгилайди, масалан тиббиётни Соғлиқни сақлаш, юриспруденцияни Адлия вазирлиги ва ҳ.к.


👉 @xushnudbek 👈

1330 comments

Show 100 more comments
Нечта фандан булар экан имтихон
Bu qanaqasi yuridik dagila odam emasmi
Borgan sari chetelga oqishga hujjat togrilaydigan firmachalar kopayib ketti sezgan bosalarin
Bu ketishda oliygohlarimizni reytingi tushib ketadi
🎀🎀🎀
Sizam ochvolen🤣🤣🤣
Hamma bir xil bólishi kerak yuridik ham med ham hamma qatori odam bu nohaqli
𝐈𝐬𝐤𝐚𝐧𝐝𝐚𝐫.𝐁.
Emera
Экстрасенс босалар кереда улар🤣
Manimcha pervod qip kemoqchi buganla deyarliy tayyorgarliy kõrmagan, 100 ball ula un aaancha qiyn, tuģri tayyorgarliy kõrib ham ancha yiqlib kn chet el otmsiga topshirganlaram bor ln unaqala aaancha kam bulsa kerey
Hayitmurod
Vazir va'dasida turmabdi "har xil yònalishga har xil ball beriladi" degandi.Baribir nohaqlik.Adolat yòq.Qiynalib kirganlarga alam qiladi-ku bu...
👩‍🎓Moxiniso Jumanazarova👩‍🎓
Assalomu alaykum. O'zbdan o'zga boshlangich talim dan inyazga kuchirsa buladimi
MUROD
Nega 2-5 chi qatorgacha "bazaviy to'lov kontraktini qanchadir barobari" db yozilgan,keyingisi esa "tabaqalawtirilgan to'lov kontrakti minimal mkqdori" db ko'rsatgansiz bu ikkita atamani bir biridan nima farqi bor tuwntirib bersangiz. Talaba 0,1 ball yetmasa ham 1 ball yetmasa ham 1,5 barorabr to'laydiyu bu tabaqalawtirilgan to'lov kontraktiga kiradi wekilli. Endi nimadr yangilik bo'ganmi bu bazaviy to'lov kontrakti va tabaqalawtirilgan to'lov kontrakti minimal miqdori db ajratib qoyibszlar. Sz aytgan uwa davlat komissiyasi kmlar ular nimaga asoslanib hisoblab chiqishadi tabaqalawtirilgan to'lov kontraktini minimal miqdorini.
Uzbni ichida bir otmdan bir otmga perevod qiliw kk bo'lsa tabaqalawtirilgan to'lov kontraktini minimal miqdorini to'lawi kk xop wu tabaqalawtirilgan to'lov kontraktini minimal miqdori,bazaviy hisoblawni qancha barobari to'g'ri keladi ko'rsatilmagan. Asoslantirib ochiqlik degan narsag rioya qilib hamma uchun tuwnali qb ko'rsatsangiz.
Show next 100 comments