❗️Супер-контрактлардан тўлов қабул қилиш бошланди

Давлат қабул комиссияси томонидан супер-контракт асосида ўқиш истагини билдирган абитуриентларга тўловларни амалга оширишга рухсат этилди. Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хабар берди.

t-kontrakt.edu.uz платформаси орқали онлайн шаклда ёки ОТМга бевосита мурожаат қилган ҳолда тўлов контракт-шартномасини расмийлаштириш мумкин.

Тўловларни амалга ошириш муддати 2021 йил 20 ноябрга қадар этиб белгиланди.

Бунда тўловнинг 50 фоизи амалга оширилган тақдирда абитуриентни талабаликка тавсия этиш бўйича ОТМ раҳбарининг буйруғи расмийлаштирилади.


👉 @xushnudbek 👈

536 comments

Show 100 more comments
👩‍🎓👩‍🎓Зебохан👩‍🎓👩‍🎓К.А.Ф 101-грух👩‍💻
Boraverizlar topshirgan joylarizga men ham hisoblatib keldim
Menga shartnoma kelmadi ariza tashlaganman
𓅂مُحَمَّدرِظَ
Ha b0ladi faqat 1 chi yoʻnalishga
Birinchi talim yuridik unversiteti. Menga 2 ball yetmagan lekin 23 barobari hisobida 250 mln toʻlab oʻqisa boʻladi dedi qabul komissiyasi. Nega bunaqa? Iltimos izohlab bering
Assalomu aleykum yaxshimisiz Xushnudbek aka. Iltimos bir narsani bilib bersangiz iltimos. Men Navoiy viloyati Uchquduq tumanidanman. Bizning tumanimizga 2017-yil 25-apreldagi PR2925 qaroriga binoan qo'shimcha grand ajratilgan. 68 va undan yuqori bal olgan abiturentlarga grand ajratilgan edi. Kupchilik abiturentlarni tavsiyanomasi olinmagan shu yuzasidan kupchilik murojat qilgan edi. Tuman hokimligi qayta spiskani beramiz deyishdi. Men ham 68 dan baland olgandim. Men va menga o'xshagan abuturentlarni qachon o'qishga chaqirishadi. Iltimos shu haqida mavzu qiling. Bilib bering.
Dilmurod Ergashev
O'qishni ko'chirishda momolar bulmoqda xujjatlarni chetdan olib kelish institut tomonidan amalga oshiriladimi yoki talaba shunga aniqlik kiritishga yordam bervoring
Tavakkaljon Abduhoshimov
Mani platformamda shu chiqyaptiku shartnoma chiqmayapti
Shartnoma chiqmadiku
Najmiddinova .
Noturdosh perevod javoblari chiqdimi,chiqadimi,ozi yoki chiqmaydimi,kimga uchrash kerak.
👩‍🎓👩‍🎓Зебохан👩‍🎓👩‍🎓К.А.Ф 101-грух👩‍💻
1.05 yetmaganlarga 12 mln bo'lar ekan
Saida_Saparboyeva_
3,15
Xa deme 4 ballgacha berilibdida shunaqami
Super kantrakim 20mln vaksina 10℅ chegrma 20 mln ni 10℅ mi yoki kantrak narxda 10% hisoblanadmi
Абди☄Шохи☄Муродбек☄
Хушнуд ака илтимос суперни хам утган йилгидек 4га булиб туланишини тавсия этинг сиз биз абитурентларни куллаб туринг
Gulsara 18.12
Birinchi toʻlovda 50%koʻp ekanda 25%qilsa boʻlardi
Turdiyev Zuxriddin. Nurafshon M.F.Y.ㅤㅤ
Assalomu alaykum aka super kantraktda taʼlim kreditini berilmaydimi
Super kantraktni ham boʻlib toʻlasa boʻladimi
Show next 100 comments