⚡️Коронавирусга қарши ихтиёрий вакцина олган талабаларга контракт тўловида 10% чегирма берилади

Республика махсус комиссиясининг қарорига кўра, юртимизда фаолият кўрсатаётган барча давлат ва нодавлат олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган 18 ёшдан катта бўлган, бугунги кунда бакалавриатура, магистратура, клиник ординатура босқичларида таҳсил олаётган талабаларни Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда оммавий эмлаш белгиланди. Бу ҳақда ССВ хабар бермоқда.

❗️Коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда эмланган тўлов-контракт асосида ўқийдиган талабаларга ташкилий-ҳуқуқий шаклидан қатъи назар, 2021/2022 ўқув йили учун базавий тўлов-контарктига 10 фоиз миқдорида бир марталик чегирма бонуси берилади.

ℹ️ Маълумот учун: вакцина олиш текин. Ҳудудингиздаги поликлиникаларга мурожаат қилинг.


👉 @xushnudbek 👈

923 comments

Show 18 more comments
Nargiza
Necha pul bo'ladi kontrakti 6mln 385ming bo'lsa chegirmasi
Xushnud akani o'zlari hamvaksina olganlarmi?
Tuliq 3 marta olgan bulishi kerakmi
Poytaxtdagi viloyatliklar shu yerda olish uchun qayerga borishi kerak?
Shokir Ro‘zmetovich
O‘zi nega vaksina ixtiyoriy? Ishonch yo‘qmi vaksinaga? Ayrim shubxalar bor?
10% qo’shib to’liman kontraktimga orginal vaksina chiqquncha jim turishsin faqat.
Bzga instutgayam emlash boshlandi
Soqqani qil ukam bo'lar ekanda ! Talabalarni yana sarson qiladi meni aytdi dersiz ?!
Qoyil lekin. Ham vaksina tekin ham kontraktda bonus 10%. 577 ming ham yaxshigina pul kontraktlilar uchun
Baxtiyor
Ziyoni yo'qmi? Nima uchun pul taklif qilishibdi
Hali ko'pchilik vaksinaga ishonmayapti baribir bu vaksinaga odamlarda ishonch paydo bo'lishi uchun kamida 2 yil kere
Sirtqi talimda uqisa xam bulaverarkanmi
Vaksina olishnin boshqacha yo'llari yo'qmi. Masalan go'shtni arzonroq berishni . vaksina olgan odamlarga go'sht 40 mingdan beriladi 😄
Nima maqsadda bunday chegirma
Shuni instutdagilar bn gaplashsa taloydimi
👑Атаметова Лола
Нодавлат университетларга хам утадими? Масалан Ёвжуга?
Maftuna Murodova
Assalomu alaykum. Vaksina haqida bitta andijonlik odam xabar chiqaribdi, 2yilga bormaydi uni ta'siri deb yana ko'p salbiy fikrlar bildirgan vaksina haqida. Shu odam qanchalik rost gaporyapdi. Oydinlik kiritishni iloji bormi
Ana senga olam olam vaksina hayot ekansan oʻlguningcha ool
Show next 100 comments