⚡️Коронавирусга қарши ихтиёрий вакцина олган талабаларга контракт тўловида 10% чегирма берилади

Республика махсус комиссиясининг қарорига кўра, юртимизда фаолият кўрсатаётган барча давлат ва нодавлат олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган 18 ёшдан катта бўлган, бугунги кунда бакалавриатура, магистратура, клиник ординатура босқичларида таҳсил олаётган талабаларни Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда оммавий эмлаш белгиланди. Бу ҳақда ССВ хабар бермоқда.

❗️Коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда эмланган тўлов-контракт асосида ўқийдиган талабаларга ташкилий-ҳуқуқий шаклидан қатъи назар, 2021/2022 ўқув йили учун базавий тўлов-контарктига 10 фоиз миқдорида бир марталик чегирма бонуси берилади.

ℹ️ Маълумот учун: вакцина олиш текин. Ҳудудингиздаги поликлиникаларга мурожаат қилинг.


👉 @xushnudbek 👈

923 comments

Show 100 more comments
Xususiyda o'qiydiganlarga hammi?
Yodju va Singapurskiyga ham otadimi .yoki Uzbekiston OTMlarigami
Nusratillo
Grandda o'qiydiganlar olsachi ularga qanaqa imtiyoz berilarkan
Men talabaman kecha vaksina oldim. Hech qanaqa yomon tasiri bo'lmadi hozircha
Bazarbay Koshkarbaev
Shu 10 % ni 50 %qiganda zor bolardi
BEKZOD
Grandda uqiydiganla odammasmi😁
Ziyodullo Bahodirov
Byudjetda o‘qiydiganlarga aloqasi yo‘qmi buni 😂😂😂
Vaksina olgani haqida hujjat beradimi?qanaqib 10%chegirmani olamiz🤔😁
♡..𝓢𝓪𝓯𝓲𝔂𝓪..♡
Vaksinani 3martta olish kerekanmi
Barchinoy Davlatova
Grantchilar buncha pulga to'ymisizlar òzi grantsizlar😂
Endi shu yòlga òtdizlami? Vaksina òtkazish uchun😒😏🤦‍♂️
Hayronman, nimalar qilishyapti, o'zi? Xalqning moliyaviy ahvoli pastligidan foydalanishmoqchimi? Vaksinani oqibatlarini umuman bilishmaydiku, hali? Bitta vaksina to'liq sinovdan o'tishi uchun, ehhe, qancha yil kerak.
Ertaga bu harakatlarimiz bilan bundan ham battaroq narsaga to'qnashib qolishimiz mumkin. Masalan, bepushtlikni keltirib chiqarmasligiga kim kafil? Har kimni geni har xil. Bu narsaning sinovini yoppasiga birdan qilish umuman xato ish.
To'g'ri, biz virus tufayli ko'plab yaqinlarimizni yo'qotyapmiz, ularning orasida mening yaqinlarim bor edi, mening ham ichim achiydi. Xalqimizni yo'qatayotganimiz achinarli hol, albatta.
Biroq, biz kelajakni ham o'ylashimiz kerak. Balki kelajakda tug'ilajak bolalarning nimasigadir ta'sir qilar. Qizlarning qonida bu vaksina qanchalik saqlanishini ham bilishga ojizmiz. Qisqasi, men bu fikrga qo'shilmayman!
Faqat buguni bilan yashagan inson, erta xech narsaga ega bo'la olmaydi!
😆😆😆😆ihtiyoriy ham majburiy ham olmaymiz keremas tajribadan o'tmagan vaksinalarini borib quyonlarga qililar oddiy fikrlash kere holos yevropadan kelgan sinovdan yetarlicha o'tmagan kimyoviy moddani vaksina deb katta mablag evaziga sotib olib emlash bu ahmoqona ish undan ko'ra yaxshiro yechim topish kere edi
👩‍🎓👩‍🎓👨‍🎓♥️Gulishka💖
Вакцина олиб булгандан сунг,Олганлиги тугрисида сертификат берилади
Vaksina olaman dep ulip qosa nima buladi usha talabaga qanaqa imtiyoz bor😂
Assalomu alaykum meni onamlar 3ta vaksina oldilar hech qanday òzgarish bòlgani yòq hali. Nega hamma vaksina ziyon deb gap chiqaryapti tushunmadim. Mana shuncha harakat shuncha mablag'lar ketyapti buni qancha aqlli katta odamlar tekshiradiyu. Shuncha odam xalqini òldirib qòyadigan vaksina qildirib jim ótirmasa kerak
Show next 100 comments