⚡️Коронавирусга қарши ихтиёрий вакцина олган талабаларга контракт тўловида 10% чегирма берилади

Республика махсус комиссиясининг қарорига кўра, юртимизда фаолият кўрсатаётган барча давлат ва нодавлат олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган 18 ёшдан катта бўлган, бугунги кунда бакалавриатура, магистратура, клиник ординатура босқичларида таҳсил олаётган талабаларни Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда оммавий эмлаш белгиланди. Бу ҳақда ССВ хабар бермоқда.

❗️Коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда эмланган тўлов-контракт асосида ўқийдиган талабаларга ташкилий-ҳуқуқий шаклидан қатъи назар, 2021/2022 ўқув йили учун базавий тўлов-контарктига 10 фоиз миқдорида бир марталик чегирма бонуси берилади.

ℹ️ Маълумот учун: вакцина олиш текин. Ҳудудингиздаги поликлиникаларга мурожаат қилинг.


👉 @xushnudbek 👈

923 comments

Show 100 more comments
☆Farxod☆
Buni qanday amalga oshiramiz toliq malumot bersa yaxshi bolardi
☆Farxod☆
Toliq malumot yozinglar tartibi qanaqa boladi
Хусан Бахромов 306-гурух/2
✰𝕄𝕦𝕙𝕒𝕞𝕞𝕒𝕕 ℝ𝕦𝕤𝕥𝕒𝕞𝕚𝕪✭ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ◡̈⃝
Aqsh uchun 100$ bizada yangi chiqqan 20mingtalik🤣
Brat bu shunchaki qiziqtirish davlat bitta qonun qilib majburiy qilsa buladiku...Hozr bitta kasalga 35million ogir kasalga 80million ketyapti ekan shunchun bu vaksinatsiya prosta proflaktika
Assalomu alaykum yaxshimisila,bu 10% qancha boʻladi,10mln kontrakt toʻlangan boʻlsa
Hujjat topshirish haqidayam yozila kanalda qachondan boshlanadi (qabul parametrlari tasdiqlanmagan dip yozib qoʻyishgan) har kuni korib tekshiramiz ochildimikin yoʻmikin dib ...
Vaksina haqida shunchaki xalqimiz orasida yomon fikr tarqalgan.Lekin olishimiz kerak,davlat shu un harakat qilyapti,agar olmasak nimalar bo'lishini hammamiz yaxshi bilamiz.Vaksinasiz birorta epidemiya,pandemiya yo'qolmaydi.
Mashhura Rahmonova
Perevodlar bepul boʻlsin barcha talabalar shunday olishadi nima deysizlar
Хусан Бахромов 306-гурух/2
Маржона Алиевна
Yo man oganim yo
Shuda erta virus yuqsa statsionar davolanishizga ancha mablag ketayapti davlatga bu ancha minus
Shokhnur
Vaksina olganlar o'qishini ko'chirish huquqiga ega bo'lsa bo'larkan ancha tezlashardi)
Bek .
Salomaleykum Xuwnud aka 2-mutaxxassislik uchun xam amal qiladimi bu chegirma iltimos wu xaqida xam ma'lumot bersangiz. Chunki o'tgan yildagi pandemiya sababli qilingan 10 foiz chegirma ikkinchi mutaxassislik uchun amal qilinmagandi
ИФЛОС карор! Халкни нозик томонлари билан таъсир утказиляпти холос
Show next 100 comments