⚡️Коронавирусга қарши ихтиёрий вакцина олган талабаларга контракт тўловида 10% чегирма берилади

Республика махсус комиссиясининг қарорига кўра, юртимизда фаолият кўрсатаётган барча давлат ва нодавлат олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган 18 ёшдан катта бўлган, бугунги кунда бакалавриатура, магистратура, клиник ординатура босқичларида таҳсил олаётган талабаларни Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда оммавий эмлаш белгиланди. Бу ҳақда ССВ хабар бермоқда.

❗️Коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда эмланган тўлов-контракт асосида ўқийдиган талабаларга ташкилий-ҳуқуқий шаклидан қатъи назар, 2021/2022 ўқув йили учун базавий тўлов-контарктига 10 фоиз миқдорида бир марталик чегирма бонуси берилади.

ℹ️ Маълумот учун: вакцина олиш текин. Ҳудудингиздаги поликлиникаларга мурожаат қилинг.


👉 @xushnudbek 👈

923 comments

Show 100 more comments
Nega endi o'z ixtiyori bilan emlangan talabalarga kontraktiga 10 % chegirma beryapti?! Nega unday yengillik beryapti, nima emlanish shunchalik xavflimi yoki, biron xavfli joyi bor bo'lsa ekan, bizga "mana shu xavfli narsaga rozi bo'lganing uchun" deb shunday chegirma berishsa... axir tekin emlanayotganimizni o'zi ham yaxshi edi-ku?! Negadir shu joyi shubhali... 🤔🤔🤔
Bir balosi bo'lmasa, shudgorda quyrug' na qilur?!
Ashurov N N
Sirtqilarga ham amal qilar ekanmi bu? Biladiganlar bormi?
Talabalarga yildan -yilga sharoit narmalniy bob ketvotti.Ilohim talabalatimiz ishonchimizni oqlasinde
Zòrku otasiga raxmat 👏👏👏👏
Sulaymonova Nafisa
Bugungi kunda davlatimiz millat sog'ligi uchun qanchalik kurashayotganining isboti bu
Навруз.Н
Assalomu Allaykum bu vaksinani uzimizno polklinikadan olsak to'lov kontraktini qanday 10 % chegirma qiladi masalan men ixtiyoriy ravshda olganman kimga murojat qilay institutgami 10 % chegirma qilinglar deymi ?
˙·٠•●♥️ ƸӜ̵̨ƷMaxmudjonovaƸ̵̡Ӝ̵̨Ʒ ♥️●•٠·˙
Biz tugatdiku 1 kursni endi 2 kursdagi kontrakdan chegirma qilishadimi
Yaxshi yu lekin
Tekin sir faqat qopqonda bòladi
Shunga ham negativ fikr bildirasilare, uzbek halqi shunaqada uzi
Bunyod Abdukhakimov Tolipovich
Yaxshi yu lekin Tekin sir faqat qopqonda bòladi
Bola tugʻilganidan boshlab olinadigan 13 ta vaksinayam tekin. Xuddi shuni 14-si deb qarash kerak bunga ham. Dunyo boʻylab vaksina tekin. Faqat bizda emas.
Bu narsa Xalqaro Instutlarda o'qiydiganlargayam amal qiladimi yoki faqat o'zimizni instutlargami
Бобур Абдурахмонов
Man grantmanda usha chegirma urtacha 600 min bularkan vaksina olib u pulni kimdan sure😀😎
Бобур Абдурахмонов
Sanga bosh vazirlar amaldorlar hokimlar olayotgani isbot emasmi homkalla.
Бобур Абдурахмонов
Khusniddinkhuja Abdurakhimov
Grantchilar uchun ham 10% pulni berishsin unda
Olvorilar endi. Tekinga vaksina olib pulam soravosmi🤦‍♂️
Qanday tartibda chegirma bo'lar ekan vaksina olganing haqida spravka topshiramizmi bugalteriyaga
Nimaga vaksina shunchalik yomonmi olganlarga shunaqa yengillik bor deydigan darajada uni olib kimga vaksina oldim deb murojaat qilamiz keyin bu chegirma keyingi oʻquv yilidan amal qiladimi 10 % bu qancha degani boʻladi
Show next 100 comments