Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Shamsuddinova Xurshida
Yoshgina hali hech narsani bilmagan beģuborgina qizcha edim 2015- yil.... Milliy universitetga topshirgan edim. Qarshi shahridanman. Azim Toshkentga bordim òzimcha. Katta odamlarni ichida mitti chumolicha edim gòyo. Imtixonga Toshkentli boy qizchala har xil kiyimchalada beparvogina borishgandi. Juda xotirjam edi ular. Qanchasini yolģontakam mazasi bòmasa. Qanchasi hojatxonaga chiqib kelardi(hojatga chiqishga nimaga ruxsat berilganini haliyam aqlimga siģdirolmayman)
Feruza Turdimatova
Кимгадир омад кимгадир омадсизлик олиб келган 1август кун хам яхши эди
Ishonsangiz talaba bo‘lishdan oldin har yili birinchi avgust kuni hayajon bilan o‘tardi soat o‘n ikki bo‘lganda esa beihtiyor ko‘zimga yosh kelardii.Bizni ham ikki uch yildan keyin shu kunlar boshimizga tushishini bilardim.
.......Afsuskii unday bo‘lmadi😜😂
Imtihonni 2020yil 5-sentabrda topshirdik va hammasi alo darajada bo‘ldii.Alhamdulillah hoz hammasi joyida.Abiturentlarga omad tilemiz
Тест топширганман 95-йил.Бутун Ўзбекистон оилалари қийналган давр,зўрға йўлкира топганмиз тестга боришга.Тестда 2 тагина вариант бор эди холос.Талаба бўлганман биринчи уринишда👍👍👍
Bu kun oldinlari xamma uchun imtihon bolsa men uchun xam imtihon ham tuğulgan kunim bolardi mana alhamdulillah oilamiz davrasida nishonlayabmiz kelilar birga nishonlaymiz 😊
Yoddan chiqmas sana 1-avgust biz uchun
1 avgust ertalabda hamma kocada ota onalar...... ayniqsa 1 avgustga tayyorgarlik 31-iyul kuni poyabzal ustalarining ishlari ham kopayardi😅😅😅😅😅😅
Asrga tatigulik kun haqiqatda
Behruz
man bitta fanga tayyorlanib ozim yechganman uchinchisini ya'ni ona tilini yechiwga yordam soragan bir aqlli bola man ona tilini biladigan domlam bor deb telni qulogimga qoyib yolgondan testni oqib a,b qilib ozimni fizikamni u bolaga yechtirib oqiwga kirib ketganman u bolani fonogrammasi xam kirgan ekan oqiwga
Yurtboshim Shavkat Mirziyoyev Miromonvichga raxmat.
Minnaddorchilik uchun.

Siz sababdur qòzģaldi rosa
Qon simirib yotgan zuluklar.
Tanasida jon boru lekin.
Ming afsuski qalbi òliklar.

Chòp suqdingiz arri iniga .
Tòzib ketti qavoq arrilar.
Tanasida jon boru lekin.
Ming afsuski qalbi òliklar.

Turushini ko'rdik ularni.
Chòchqa kabi ketgan semirib
Halqqa tegmay biror foydasi
Sichqon kabi yotgan kemirib.
☆Shirin☆
1 avgust ham maylikuya lekin javobini kutiw azob bolardi oziyam 15 da chiqadi natijalar deb har yili aldawar edi hatto man oqiwga kirgan yili 20 avgustda chiqqan natijalar
2-yili 2018-yil 6-avgustda test topshirganman sharoit zo'r kanditsionerlar kameralar yaxshi o'tkan nasib ekan grant ga kirganman
Zulfiya
2 marta 1-avgust imtihonidan yiqilganman afsuski. Ko‘z oldimdan ketmaydi derazadan sakrab savollar varag‘ini ustozlariga berib kelayotgan tarixchi yigitlar exxx....
Allohimga shukur test jarayonlari isloh qilingan yilning o‘ziyoq talabalik baxtiga ega bo‘ldim. Nasib etsa keyingi yil magistrlik uchun kurash boshlayman😊
Bu yil ilohim bunday xunuk iwlar bòlmasin òzi shu paytgacha bòlib bòldi sertifikat orqasidan òz quloģim bn ham ewitdim qanday qilib sotib olishganini qanchadan qancha abituriyentlar buni òylab ruhiyati sindi endi zamon shunaqami kimda pul bòlsa sertifikatni sotib olib xohlagan joydan oqiydi bunday harom iwlar davom etar ekan hich qachon Òzbekistonimiz rivojlanmaydi
🧿Арслонова🧿
2016 йилда 1 август куни чет элдан келяпман, самолётда то кунгунча углимни дуо килиб келганман. 5 ярим соат ухламасдан дуо килдим. Углим имтихонга кириб кетган эди. Ёнида бирга эмасдим. Аллохга шукрлар булсин, 15- август куни дуоларим ижобат булиб, Аллохим углимни ризкини олийгохга кушди, 2 - уринда ДАВЛАТ БЮДЖЕТИ асосида укишга кирган. 👍
Гулсора Мурадова
Ха хаяжонли кунлар! Яхшиямки болажонларимиз яхши даврга тугри келишди шукр
Bari soqqachi edi o'qtuvchilayam
3 yil Toshkent ga topshirganman, 3 yil ham TATUga, eng alam qiladigani shu 3 yil ham tayyorlanib topshirganman, esimda 2012 yil 3chi yil topshirgan yilim juda kuchli tayyorgarlik bilan kelgandim, lekin kutilmaganda chiqib ketgan shpargalkalar hammasini chappa qilgandi, juda juda alam qilgan. Kamina 157 ball olgan, kirish balo esa 167 ball daxshat ko'nglim qolgandi keyin umuman tayyorlanmadim, keyingi yili faqat 1 oy qolganda to'plamni qaytardim va o'zimizga Jizzax ped insga topshirdim va kutilmaganda kontraktga kirdim, quvonch cheksiz edi. Yillar o'tti 2chi mutaxassis likni ham Toshkent da o'qidim, hozir esa o'sha TATU da magistrlik bosqichida grandda o'qiyapman.
1-avgustda bitta bolani urniga kirib, 3ta bolani testini yechib berardm, va mandatni kutib yotarfm keyin! Qani usha zamonlar endi essiz😩😩😩
Show next 100 comments