Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
🧿Арслонова🧿
2016 йилда 1 август куни чет элдан келяпман, самолётда то кунгунча углимни дуо килиб келганман. 5 ярим соат ухламасдан дуо килдим. Углим имтихонга кириб кетган эди. Ёнида бирга эмасдим. Аллохга шукрлар булсин, 15- август куни дуоларим ижобат булиб, Аллохим углимни ризкини олийгохга кушди, 2 - уринда ДАВЛАТ БЮДЖЕТИ асосида укишга кирган. 👍
Гулсора Мурадова
Ха хаяжонли кунлар! Яхшиямки болажонларимиз яхши даврга тугри келишди шукр
Bari soqqachi edi o'qtuvchilayam
3 yil Toshkent ga topshirganman, 3 yil ham TATUga, eng alam qiladigani shu 3 yil ham tayyorlanib topshirganman, esimda 2012 yil 3chi yil topshirgan yilim juda kuchli tayyorgarlik bilan kelgandim, lekin kutilmaganda chiqib ketgan shpargalkalar hammasini chappa qilgandi, juda juda alam qilgan. Kamina 157 ball olgan, kirish balo esa 167 ball daxshat ko'nglim qolgandi keyin umuman tayyorlanmadim, keyingi yili faqat 1 oy qolganda to'plamni qaytardim va o'zimizga Jizzax ped insga topshirdim va kutilmaganda kontraktga kirdim, quvonch cheksiz edi. Yillar o'tti 2chi mutaxassis likni ham Toshkent da o'qidim, hozir esa o'sha TATU da magistrlik bosqichida grandda o'qiyapman.
1-avgustda bitta bolani urniga kirib, 3ta bolani testini yechib berardm, va mandatni kutib yotarfm keyin! Qani usha zamonlar endi essiz😩😩😩
Men oʻtgan yili oʻqishga kirdim.shu uchun 1-avgust haqida bilmiymanu lekin mendan olin akalarim 1-avgust kuni saharlab turib taramagan sochlarini tarab shpargalkala yasab ketishardi esimda😂
2015 Farduga toPwirganimda ozim yechaman aqlim bn. Kiraman deb imtihonga kirsam bitta men tel olib krmagan ekanman 😀😀😀🤪
Bundan 10 yil oldin shu darajada qo'rquv va hayojon bilan imtixonga kirganim hamon esimda o'qituvchi tog'am bergan qog'oz SHPARGALKAni birinchi tekshiruvga borginumga qadar uni yerga uloqtirganim,va o'zim tayyorlanganim emas umuman boshqa yo'nalishga topshirganimi va 15 kundan keyin ikkinchi kontraktga kirganim va dadamni 2 ta kitob kop o'qisang byudjet kirarding degan gaplari hamon qulog'imda... O'sha ortimdan hech kim kelmay bir o'zim 17 yoshimda imtixonga eshikga termulguncha kirganim hozir muvaffaqiyatlarim kalitidir....
Фархадовна
Juda hayajonli edi. 8 yil testga borgandim. 7 yili azob bolgan. Hali testni qoying hujjat topwiriw uchun kunlab navbatlar... Imtihon kuni ayovsiz sharmsiz tekshiruvlar...imtihon vaqti asabbuzarliklar... Kirish vaqtidagi tiqilinch... Issiqda turtinib bir qultum suvga zor boliwlar... Ha bowqacha edi 1-avgust
1-avgust telefon olib kirib test ishlab, nazoratchiga 200 dollar beraman deb aldab, bir tiyin bermay chiqib ketganim bilan yodimda qoladi.
Ҳамма иш Аллоҳнинг изни билан бўлади. Аллоҳдан ҳеч ким устун бўла олмайди.
Avgust juda ham alam qilgan edi.telefon chip vk. Omad yo.3yil otib kamerada ruchka ham olib kirolmay Toshken ga kirdm.tugadi
Mustaqillikda bosib o'tgan har bir kunimiz qadrli. Amma ayrim "uchar raketalar" bu kunlarni mazax qilib eslashlari ko'ngilni aynitadi.

Shukr qilaylik. Balki siz kulayotgan o'sha kunlar sabab bugun barallar "karillayotgan"dirmiz.

Iltimos, istiqlolning lahzalariga tosh otmang...
Ha juda boshqacha kunlar edi. Oʻtdi davron, ketdi davron🤦🏻‍♀️ Bir kun oldin imtihon boʻladigan joyga yaqin kvartiraga borvoganimiz esimda😁
G E N T E L M A N
Qozining tagida har doim ut yonadi
1 avgust uzgargani bilan afsuski, yoshlarni adolatli tarzda uqishga kirishiga yul berilyaptimi??? Gap nechinchidur avgustda, qanday test olishda emas, aslida...
Men uchun 3yil 1ci avgust hayajonlarga boy bolgan hamma joylar yopiq taksilarni narxlari juda qimmat yollar propkaaa exxeeeee towkentga boriw uchun imtihonga kirish uchun 1kun avvaldan tayyorlanardik
💞💞💞
Men xam bu sanani eslayman 5 yil 1-avgustda imtixonga kirib yiqilganman exxe ko'zimizni oldida nechtasi kirib ketgandiyu o'yin edi xammasi ollohga wukurki testlar bir necha kunga o'tdi o'wa yili talaba bo'ldim xozir 4-kursga o'tdim
E daxshat 4 yil kirdim gashti boshqacha
Show next 100 comments