Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Hammada tel bölardi ichkarida.kuzatuvchilaga pul yiğib berilardi keyin esa bemalol.variant ni rasmga olib tashqariga chiqib ishlab ichkariga aytib turardik. 1 Ga a 2Ga b dib
31-iyul tugʻilgan kunimni doim Toshkentda kvartirada bir oʻzim kutib olardim, shu 1-avgustdagi imtihonni deb.
Asmo Teshaboeva
Assalomu alaykum men uchun ham qayg'uli ham quvonchli kun bo'lgann rossa o'qishdan yiqilganman lekin Alhamdulillah kirganman ham , men uchun juda ham hayajonlik edii hech ishonmaas edim kirishimga. O'qishga kirgan yilim mandat chiqishi juda qiyin bo'lgan rossa kutib otirganimizda siz kanalingizga ovozli qilib post qoygansiz oilamiz bilan vay post qoyibdi mandat chiqibdi shekillik deb kirsam kutaman degan qoshiqni qoygan ekansiz 😅
Iroda Begimova
Bir soatdan keyin nima bólishini xech kim bilmas ekan
Ilhom Abdullayev
2017-yil 1-avgustda o‘qishga shartnoma asosida tavsiya etilganman,o‘shandayam qo‘ylar mangrab-mangrab o‘qishga kirvolishgandi,hoziram eplagan eshak deb yurishibdi,menimcha islohotlar yannada takomillashtirish kerak.
Manda birinchi yil topshirish bilmiman
Shu yaramas 1-avgustni eslasam 1kun oldin Toshkentga qaysidir tanishimizni uyiga kechki payt borib ertalabdan imtixon topshirganim va ammo afsuslar bòlsinki òqishga kirolmaganim kelaveradi.Nimayam qilarding demang 1-avgustdagi imtixondan òtolmagan bòlsamam peshonamga 2-avgustdagisidan òtasan degan ekan🤗🤗🤗 va men talaba bòlganman😎😎😎
Maqsudali Safariy
Hozirgi yoshlarga juda yengillik berilgan ilgari bitta universitetga bir kunda taqdirimiz hal bolardi.Bitta xonada 50-60 ta odam kirardik,nazoratchi opalar soqqani yig'volib eshikka qarab turardi.Xonamizda 2012-yil 6 ta paravoz kirgandi.Shunaqa davrlarda o'qib kirgan ekanmiz hozirchi imkoniyatmi qarazlar 5 ta universitet imtixonlar tozaroq tarzda otqazilyapdi shunda ham yoshlar nolishadi
𝓜🦋
Ehh 1 avgustniyam ōziga yarasha ancha gashti bor edi😪hamma 1 kunda topshirishardi ballar ham ancha baland edi 😪narhozni ostonasiga yaqinlashib bomasdi hozir yaxshi🙂narhozda ōqiman alhamdulilllah
Биринчи августда имтихон кандай булиши хис килмаганман, мен 6 августда имтихон топширодим😅
zilol
Eng azobli xotira DTM qog'ozini olish. 2 yil abituriyent bolganman. Termizning issig'ida ohooo boshidan o'tkazganlar bir oh tortishi aniq.
Endi bizaga shu yil talabalik nasib qilsin
1-avgust meni hayotimda ham juda muhim kun bolgan ajoyib edi hozirgi talabalar talabalikni unchalik his qilishmayapti chunki hujjat topshirish juda oson o'qishga kirish oson 2016-yil talabalik menga nasib etgan o'sha yillar ayniqsa o'qishga kirish juda qiyin edi ballar juda yuqori edi hozirchi pul bo'lsa changalda sho'rva 50 ball olsa bas o'qishga kirib turipti
Men imtihondan yig'lab chiqqanman.Kimyodan masala yechishga vaqtim kam qolgan edi.Kankulyatorsiz ishlash qiyin ancha vaqtni oladi.Allohga shukur kontrakt o'qib chiqdim.Bu uchun ota onamga rahmat aytaman. Har oylik olganimda kammi ko'pmi yaxshiyam o'qitishgan ekan deyman.
Manimcha juda kupchilikda 1- avgust imtihon kuni bulib esga qolgan.Opachalarim imtihon uchun soat 5 dan ketishgani esimda.Mana 2 yildan beriki test topshiruvchilar abiturentlar qachon ekan test qachon bular ekan deb mavhumlikda utqazayapmiz.Ollohimga shukurki shu yil oz moz bulsa ham malumotga egamiz.Davlatimiz tezroq korrupsiyadan va covid19 virusidan qutulishini istab qolamiza.😊
Idealist!
Nima boʻlganda ham oʻsha 2016-2017 yillar yaxshi edi oz boʻlsada haqiqat bor edi. Imtihon dan chiqib ham kitob titkilardik. Nechta savolni yechdim deb. Javob kutib uxlamasdik. Motam tutardik. Hozir esa pulim borku deb oʻynab kulib yurishadi. Pulni berib talaba boʻlishadi. Nohaqlik avj pallada hozir. Shu yil hamma poraxoʻrlar yili. Ula bittadan mashinani pulini toʻplashdi.
S Rasulov
Анча паровозлар ишларди 2 соатда ишлаб чикиб айрим инсонларнинг бир умр тополмаган пулини топарди
Show next 100 comments