Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Шу кунда роса нарх ошарди. Таксини косибларни сувни нархини айтмайсизми 🤣🤣 хаяжонларга куркув ва иккиланишларга бой кун эди. Ухламасдан кутардик. Хаяжонни чегараси йуук.
R🌺
Voy bu kunning xotirasi. Hali ham esimda. Bunkir laqabli bilimdonlar. Padval, test, padval, gruppa, paravoz degan termin sozlar ishlatilinadigan kun edi. Alam qilgan tomoni yonimdagi qizga ammalari kirib bemalol yechib berib chiqib ketganlar. Ular budjet man kontrakt asosida oqidim. Lekin rosa inoq dugona boldik. Yoroqxonada bir xonada turdik. Va 4 yil ovqatni osha dugonam qilgan. Chunki faqat aytardim. Agar sizdaqalar bolmaganida hozir grant oqirdim deb. Lekin rosa yaxshi koraman dugonamni. Qoli shirin oshpaz edi...... 1 avgusttttt.
O'wanaqa wafqatsiz davrlarda 2015 yil 1chi uriniwda talaba buganman chunki o'z bilimimga iwonganman aytiwadiyu bir narsani chin yurakdan xohlasang butun koinot sani izminda buladi deb
🌟🌟🌟🌟
Ilohim hamma oʻqiwishga topshirganlarga bu avgust oyi eng omadli oy bolsin 🤲🤲🤲🤲🤲
Imtihon bosimlaridan qutilishni samarali usullarini shaxsiy blogimga joyladim
@javokhir_toshpulatov
Ситора
2011 yil 2 avgustga kochirilgan imtihon, 1 avgustda topshirish nasib qilmagan
MAXFUZA DAVRANOVA
1 avgust ba'zila uchun internet tarmoqlarisiz mobile aloqalarisiz biznes planlarini chippaka chiqargan kun bo'lgan bo'lishi mumkin balki lekin mani hotiramda chiroyli muhrlangan va haligacha tongdagi hayajon va tongi nafasi ufurib turadi. Sizga rahmat Hushnudbek hotirlatganiz uchun. Lekin sizni gapizda ming foyiz haqiqat bor. Mana ko'p emas ikki yildirki bu kunda o'zgarish bo'ldi va ahamiyatsizroq kunga aylandi . Balki tojdor virus sabab....balki aytganizdek har narsani iloji topiladigan hayotni "biznesni" 3 soatga to'xtatib qo'ymaydigan yo'llari ham aqli raso insonlar tomonidan o'ylab topildi. Hech narsa abadiy emas hozir mana shu gaplarimni yozib turgan joyim ham. ....ertaga snosga tushar mojet. Shu singari 1 avgust ham abadiymas ekan.
dr. A
Haaa o'sha kunlari viloyatlarga taxilar yonardi ketib bo'masdi kvartirani srogi tugagan bo'lardi 1 kunga so'rab qolib ertasi kuni ketulardi shundayam taxi narxlari osmon bo'lardi, 🙂exxx zo'r paytlar edi, shu paytlari taxichilargayam sezon bo'b qolardi, 31 chi kuni sapojniklarda bo'lardi bayroq 🤦‍♂️🤦‍♂️😆😆😆 exxe oldiga borsa zakaz ko'p ulgirmiyman deb vapshe yaqinlashib bo'masdi👍👍👍😆😆😆
Ehhe, oldinlari shu kuni bizda "Olimpiyada o'yinlari" bo'lardi! Bugungi kunda haqiqiy musobaqa turniri Tokioda o'tmoqda.
Qurbonov Muzaffar
Bundan 6 yil oldin jaxon tillari unversitetiga o‘qishga hujjat topshirgan edim. Hujjatlar ko‘p bo‘lar edi. Keyin 1 avgust kuni maktablarning sinfxonasida imtixonimiz bo‘lgan. Ichkarida shpargalka yoki telefon bo‘lmas deb ishongan edim. Lekin o‘sha kuni ko‘pchilik telefonda foydalangan edi. Yomon alam qilgan edi o‘sha paytlar. O‘qishdan ko‘nglim sovib ketgan edi. Hozir bo‘lsa o‘qinglar Olloh taqdir qilgan odam o‘qishga kiradi deyman.
🪐
Med
Омадизи берсин кайердансиз
Bunkerdila mazza qlishardi
4 марта 1 августда торширганман ва 5 чисида 9 августдв укишга кирганман
Show next 100 comments