Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Xayojonga tula bulardi yullar yopilardi zur bulardi uwala damlar ollohimga wukur xozir talabaman 😊
ХУРШИДА ХАМЗАЕВА
2009 - yil kelinchak edim. Birinchi marotaba uqishga topshirgan yilim, kirishda nazoratchilarni - kelin qiz duppingizni tagida telefon, shpargalkalar yuqmi?! Degan gaplaridan hayron qogandim. Imtixonda abiturentlarni qanaqa teshiklardan telefon op chiqqanini kurip..... duppim bor ediya, essiz devorganman😂
1 – avgust ko'chalarda kechasi bilan uxlamagan kõzi qizarib ketgan abiturientlar. Shu kun Õzbekiston ancha boy mamlakatga aylanardi. Oddiy ruchkani narxiyam joyiga qarab 10000 gacha kõtarilardi...
Agrar marketingga topshirganim esimda hamma yerim formula kitobcha bn to'lgan edi 2 ta nazorat postidan o'tib, 3-nazorat postida hammasini olib qo'yishgandi.Shunga qaramay o'qishga kirib tamomladik ham "3 marta paravozlik ham qilganman" ))
Матлуба Бадридиновна
Мени бу ташвишлар 1985 86 йил бошимдан утган имтихонга онажоним рахматли тирбанд автобусларда олиб борганлар роса йул азобида чарчаб имтихонга кирганман
Умрбек
1-август канча билимлилар колиб билимсизлар укишга кирган кун. Билимлилар контракга тушиб пулини тула олмай укимаганлар куни.
Хозир узгаришлар булмокда лекин икки учта фанларни асосий блоклардан узгартириш керак. Масалан хукук йуналишига топширмокчи булган абитуриент тарих ва хукукдан. АКТ йуналишига топширмокчи булганлар математика ва информатика ва х.к
Сирлар фош бўлмоқда....😂😂😂
Sharifboy Ozodov
Bu gaplarni tez tez eslatib turish kerak
2018 yil Tibbiyot akademiyasiga imtihonga kirganimda ham 1 avgustga tushgan imtihon kunim hozi 4 kurs buldik 🙂
Sardorbek Safarov
10 ming dollorga uxlatishgan
Sardorbek
2014-yil 1-avgust. Imtihondan chiqdimu atrofdagi gaplarni eshitib stressga tushdim. Chunki imtihonga birinchi kirishim hamma narsa adolatli bo'ladi deb o'ylagandim. Bizni xonada va chiqayotganda mani nazarim tushgan xonalarda hamma narsa adolatli o'tayotgandek edi, nazorat kuchli edi judayam. Lekin tashqariga chiqishim bilan tarvuzim qo'ltig'imdan tushdi. Tashqaridagi yurgan abituriyentlar telefonda qaysi fandan nechta urganligi haqidagi gaplar tinmasidi. Yo'llarda kitobchalar(usha paytlari gugurtdek kitoblar sotilardi opkirib ketish uchun) shpargalkalar sochilib yotardi. Keyin bilsam armiyiskiylar kirgan xonada (boshqa xonalarda ham bo'lishi mumkin lekin manga qorong'u bu masala) hamma kattaxolasinikidek telefondan foydalanipti. O'zi 40 ta o'ringa 56 ta armiyiski topshirgan edi (harbiy tavsiyanomaga ega bo'lganlar, u paytlari ularga qo'shimcha 61 ball berilardi). Yo'lda ketayapkan paytim umrbod esimdan chiqmasa kerak. Imtihonga kirgan yaqin do'stlarimni holati manga o'xshardi. Kettikmi deganda nima diganimni eslolmayman. Abam nima bo'ldi Sardor deb tinmay so'raganlarida man kettim deb indamay hammasini tashlab ketvorganman. Hayolimda o'ylar usha payti bir narsa agar mabodo kirolmasam armiyaga ketaman. Ketish uchun qancha soqqa ketarkin(usha paytlari ketish uchun ham qistirish kerak edi). Yana dadamni pulini sarflarkanman. Shuncha kursga pul berib sarflaganlarini davomi bo'larkanda. Yoq xudoga shukur unday bo'lmadi. Ustozlarim bergan bilim samarasini berdi. Faqat ba'zi bir la'nati insonlarni deb, korrupsiyani deb dadamni pullarini 4 yil kantraktga sarfladim. 172.2 ball bilan kantraktga kirdim deyolmaganmanam. Mandat chiqqan kun nishonlamaganman ham. Chunki kantrakt edi. Mandatni abedgacha bilib abetdan keyin beton quyganlarim, hayolimda ota-onamni kantraktni to'lashga majbur qilarkanman deb o'ylaganlarim. Eh gapirsa gap ko'p...
@Smart Reader#
Erta tongda uyg'onib ,testga kirganimda kalima qaytarib test ishlashni boshlaganman ,hayajonlarimni yengib ,o'zimni juda erkin his qilganman😇
Imtixon qacon bolsa ham talabalik baxtiga eriwiey🤲🙏hamma 🙂
kolejjni bitirib 5yil ketma ket imtihon topshirib xam kira olmdim korrupsiya quturgan paytlar yolkraga ketgan pullar ota onam bu pullarni qancha qiyinchilik bilan ishlab topishgan maktabda kollejda juda yaxshi baholarga oqidim natija bolmadi kimmi puli yetsa oqidi xozir AGMK da oddiy ishchi bolib ishlayman institutni bitirib AGMKda ishlab yuribdi osha pulga kirganlayam nima boldi institutni bitirganing degim keladi ularni korsam bazilari vertikal bilan gorizantalni ajrata olmaydi essiz ota-onamizni qiynalib topgan pullari birovdan kam qilmay degan ekan oshanda endi bilsam mana 1 avgust nimalarni eslatadi ota-onam sog bolsinlar baxtimizga
Assalomu alaykum 1-avgustda xotiralarni zo'ri menda bo'lardi.chunki 1-avgust meni tug'ilgan kunim edi. Har doyim testdan yomon kayfiyatda chiqar edim. Mana o'tgan yili o'qishga kirib bu yil student bo'lib mazza qilib yuvayapmiz😉🦸‍♂️
Meni ukam shu bugun tug‘ilgan uch yildan buyon ertalabdan tayyorgarlik ko‘rayapmiz! Avvallari ba'zi yillar tug‘ilgan kuni esidan ham chiqib ketardi. 😄
Ботир Суяркулов
Билимлилар колиб билимсизлар хурсанд булиб укишга кирадиган кун эди 1 август
Show next 100 comments