Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum 1-avgustda xotiralarni zo'ri menda bo'lardi.chunki 1-avgust meni tug'ilgan kunim edi. Har doyim testdan yomon kayfiyatda chiqar edim. Mana o'tgan yili o'qishga kirib bu yil student bo'lib mazza qilib yuvayapmiz😉🦸‍♂️
Meni ukam shu bugun tug‘ilgan uch yildan buyon ertalabdan tayyorgarlik ko‘rayapmiz! Avvallari ba'zi yillar tug‘ilgan kuni esidan ham chiqib ketardi. 😄
Ботир Суяркулов
Билимлилар колиб билимсизлар хурсанд булиб укишга кирадиган кун эди 1 август
Men 1-avgust imtihonga 4 marta kirib "yiqilgan"man va 5-urunishda zo'rg'a kontraktga kirganman. Ballarim taqriban 110, 145, 167, 193 (hozirgi oliy ta'lim vaziri yaqindagi ota-onalarga qilgan murojaatda "Avvallari 193 ball bilan o'qishga kirolmay, qishloqqa qaytib, yoshlarning 1 yillik umri hazon bo'lgan", degan gaplari xuddi meni hayotimdan olingandek bo'ldi) va kirgan yilim 198 ball bo'lgan.
Esimda qolgan bir voqea: taksilar qolmay, zo'rg'a bir tiko kelib 3.000 so'mlik yo'lga 20.000 haq olgandi. Eh, shu kunlarga ham yetib keldik.
Shaxnoza Murodova
Qanchadan qancha bilimlilarni umriga zavol bòlgan kun
Гүлзина Турсынбаева
🎓
Imtixon qacon bolsa ham talabalik baxtiga eriwiey🤲🙏hamma 🙂
Amin aytqaning kelsin 🤲
5 yil oldin JIDU da imtihon vaqti auditoriyadagi holatni kórib shokka tushib qolganman... eslasam yuraklarim orqaga tortib ketadi... Auditoriya rahbarlari kim nimasi bôlsa foydalanaversin deyishsa bóladimi😱 telefon ishlatib shpargalka ishlatib kirishgan...xullas... men ooozginaaaa ball yetmay yiqilganman... atrofga e'tibor bermaslik kerak ekan. Keyingi yili viloyatimda davlat universitetiga Grandga kirganman... shuncha ogohlantirilib imzo qôydirilgan, shpargalkani tashqarida tekshiruvda topilsa ham dalolatnoma tuzilib chetlatiladi deyilgan Diplomatiyadagi imtihondan anchagina shaffof ôtgan imtihon....
Anvar Normuradov
Накадар хаяжонли, шу билан бирга ёкимли бир кун булар эди🙂
Kuningdan bir kun qolsa ham ilmga sarfla,
Pulingdan bir puling qolsa ham sarfla.
Bu satrlar tanishmi sizga Xushnudbek aka
Afsuski,bizni davrimizda 1-avgust oddiy kun bo'ldi biroq avgust oyi hali ham o'sha obroyini yo'qotmagan
IELTS sertifikatim borligi uchun faqat tarixdan test savolini ishlashim kerak edi. Har doim 29-30ta ishlab turgandm. Ustozim(akamdek koraman) imtihonda ohirigacha otir "bilamaaankuu" deb shoshib chqib ketma dedi. Hop deb turib imtihonga kirb ketdm.(kirshm oldidan ham yana shoshmaginaa deb telfon qilshdi). Imtihondaa eeeng ohirgi qatorda otirdm. Kun judayaaam issiq edi kamiga bizga kepkayam bershmadi.(togrisi issiqga chidomiyman)
Imtihon boshlandi savollani ochib qarasam hammasi bladigan narsalarim togridaaan togri chernoveksiz javoblarni kochirshni boshladm. Shoshganda javobni bitta keyngi qatorga boyab hato qib qoydm. Muzlaaab ketdm. Budjet o'ldi dedm. Keyn haa maayli deb ohirigacha ishladm. Nazoratchiga javoblarni berb "mana men ketsam bo'ladimi" deb soraganmda hayron bolob qaradi. Kochaga chiqsam dadam turbdi chiqdm desaaam "nma boldi haydavordimi?" deb hayroooon qaradilar. Men esa yoq shunchaki tugatdm dedm. Keyn bilsam 11minutda chiqb kegan ekanman. Shoshganda 1ta xato kochirb yana kamiga 1ta xato ishlabman. Umumiy 2ta xato qib qoygandm oshanda. Yagona olgan xulosaam hech qachoooon shoshish kerakmas! 🙂🙃
1 avgust menga shuni eslatadiki tug'ilgan kunimga 7 kun qoganini))


Tabaqalashtirilgan kontraktda yoki o'qishga kirishim oson bo'lganigami, kechki payt soat 1 gacha mandatni kutib uxlamaginm essimda. Shukir Talabalik baxtidan qismadi Al hamdulillah
Yahshiki to‘g‘ri yo‘lga tushub oldik bo‘lmasam hali ham abituriyent bo‘lib yurgan bo‘lardim☹
Shaxsan mani oʻzim 31-iyul imtixonga kirganman
2013 yil toshkent 58-maktabda yuridik institutga kirish uchun imtihon topshirgandim shundan keyin iqtisodiyot buyicha uqidim
Sardorbek Safarov
10 ming dollorga uxlatishgan
Унча пулни бировга бермай давлатга бериб супер кирсангиз булардию
Bu 1-avgust menga eski bir xotirani eslatadi. Imtixonga kirish uchun navbat kutayotgandim. Bir yigit mandan ancha kattaroq bu yil 11-marta imtixon topshiryotganini aytdi. Men esa kuldim. Bu voqeaga rosa 11 yil bo'ldi. Balki o'shanda kulmaganimda man ham 10 yil imtixon topshirmagan bo'larmidim mening hayotimda imtixonlardan yiqilish kuni va saboq ham bo'ldi. 2 marta kontrakt bo'ldim, lekin nasib ekan o'tgan yildan yana kontrakt to'lab o'qishga ko'ndim.
Xilola Isroilova
1999 yil imtihondan chiqdimu meni kutib turgan onajonimga agar haqiqat bo'lsa men o'qishga kirdim aya dedim,20 kun o'tib grant 4-o'rin bo'libman,onamning quvonchi cheksiz bo'ldi
З.Ш.К
👏👏👏👏👍👍👍
Imtihonga kirganimga to'liq 4 yil bo'libdi, juda og'ir kun bo'lgandi, katta bosim, xuddiki hayotim shu imtihonga bog'liqdek, ko'zimga boshqa hech narsa ko'rinmagan. Agar imtihondan o'tomasam xuddiki hayotim tugedigande edi o'sha vaqtda, oyo kiyimimga telefon joylab kirganman (manimcha bu ko'pchiliga tanish holat) foydalana olmasligimni bilsam ham. Imtihonga kirib shundo 1-blokni ochsam boshidegi 4 ta savol rasa qiyin bo'lgan, yig'lavore diganman, testni yechib boshlaganimga 1.5 soatla bolganida telefonim jiringlab qolgan, qo'rqqanimdan testni tezlikda yechib chiqib ketganman, chiqib rasa yig'laganman, Allohga shukur, bilimim pand bermadi, mana bu yil o'shanda orziqib kutgan universtetimizni ham tamomladim
Show next 100 comments