Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
#SAVOL TEST SAVOLLARI 1-SMENADAGI SAVOL IKKINCHI SMENAGA "UMUMAN TAKORLANMAYDI" DEB KIMDIR KAFOLOT BERA OLADIMI? AGAR HAQQATDAN SAVOLLAR SMENALARDA TAKRORLANMASA BAZA BITTA BO'LADIMI?(yani masalan 2000 ta savol bo'lsin shundan har bir smenaga 200 tadan tizimli ajralgan shunaqami?) Javob uchun oldindan rahmat
Rosa 5yil oldin shu payt men imtihondan chiqib yiglab otirgandim.yaxshi yecholmadim endi otolmasam kk deb.mana uje oqishni bitirib ham boldim bir pasta otib ketibdiya 5 yil
#SAVOL TEST SAVOLLARI 1-SMENADAGI SAVOL IKKINCHI SMENAGA "UMUMAN TAKORLANMAYDI" DEB KIMDIR KAFOLOT BERA OLADIMI? AGAR HAQQATDAN SAVOLLAR SMENALARDA TAKRORLANMASA BAZA BITTA BO'LADIMI?(yani masalan 2000 ta savol bo'lsin shundan har bir smenaga 200 tadan tizimli ajralgan shunaqami?) Javob uchun oldindan rahmat
#SAVOL TEST SAVOLLARI 1-SMENADAGI SAVOL IKKINCHI SMENAGA "UMUMAN TAKORLANMAYDI" DEB KIMDIR KAFOLOT BERA OLADIMI? AGAR HAQQATDAN SAVOLLAR SMENALARDA TAKRORLANMASA BAZA BITTA BO'LADIMI?(yani masalan 2000 ta savol bo'lsin shundan har bir smenaga 200 tadan tizimli ajralgan shunaqami?) Javob uchun oldindan rahmat
Наима Якубова
1997 йил 1 августда имтихонга кирганман ва Энг охрида чикканимда дадажоним мени сукандилар сен охрида чикдинг билмагансан деб мандат куни биринчи уринда буджет на кирганимни куриб росса йиглагандилар дадажоним рахматли ва мени росса мактагандилар.☺️
#SAVOL TEST SAVOLLARI 1-SMENADAGI SAVOL IKKINCHI SMENAGA "UMUMAN TAKORLANMAYDI" DEB KIMDIR KAFOLOT BERA OLADIMI? AGAR HAQQATDAN SAVOLLAR SMENALARDA TAKRORLANMASA BAZA BITTA BO'LADIMI?(yani masalan 2000 ta savol bo'lsin shundan har bir smenaga 200 tadan tizimli ajralgan shunaqami?) Javob uchun oldindan rahmat
1-avgustda topshirilgan testlarni javoblarini 15-avgustgacha kutganda bo‘lar edi ko‘proq hayojon. Bedor o‘tgan kunlaaar....Test natijalarining kechikishini aytmaysizmi?! Vanihoyaaat talaba bo‘lganimiz alhamdilillah👩‍🎓👩‍🎓👩‍🎓
Hamid Bobojonov
Assalomu alaykum.2007 mi 2008 yillar edi.Shogirdlarimdan , bilimlari kuchli har holda matematikasi kuchli bo'lgan(36 tadan 34- 36 tani iahlaydigan) oddiy qishloq yigitlari edi olfimga kelib domla bizlar birlari TVOKU va yana birlari Chirchiqdagi harbiy tank muhandislari oliy bilim yurtiga topshirmoqchimiz deb qolishdi.Hayron bo'lib so'radim nega deb.Axir sizlar texnika yo'nalishiga topshifsangizlar bo'ladiku desam , ular nima deyishdi deng.Domla kontraktga tishib qolsak oilamizga jabr bo'lishini hohlamaymiz.Ularning gapida jon bor edi, chinki shu yillarda "x variant" va yana ..... lar avjiga chiqqan yillar edi.Granrga kirish imkoniyati pasaygan edi.Hozir shu yigitlar haqiqiy vatan himoyachilari bo'lib yetishgan va ofitser sifatida vatan himoyasida xizmat qilishyapti.
Assalomu aleykum manda hichqanaqa xotira yo chunki man imtihon topwrgan yilim ozgartirilgandi 9-iyulda topwirgandim.☺
Ман 1 августда тугулганман лекин шу кунда 4 марта топшириб талаба булиш насиб килмади 5 чист 9 августда буганди кирдим укишга
2015 yil Jizzaxga topshirganimda 2 ta kalkukator olib kirgandim (kimyoni bez kalkukator yechish qiyin edi). O'shanda 1 va 2 nazoratchikardan ótib 3 sida SMB xodimlarini kózini xato kelib olib kirgan edim. Shunda test tugashiga yarim soat qolganda ósha kalkulatorda foydalanganmaneyy😁
Investigator
Qiziq voqea bolgan bulardan biri 2020 yili imtihonga kirish paytida melitsa xodimlari mani tekshiruvdan otkazyapti: uka san tayyorgarlik korganmisan yoki shunchakimi
— ha aka tayyorgarlik korgan man 2 yil
—ha yaxshi
—ha aka tinchlikmi shubxa uygottimi sizda desam
— oqimaganga oxshaysanda uka dedi
— hop savol beravering tarixdan hohlagan kitobizdan dedim
Endi buyogini eshiting melitsa hodimini savoli quydagicha😂😂😂😂😂
—Amir Temur kim bolgan deydida
Rosa kuldim 🤣🤣 melitsa hodim ham rosa tarix oqigan ekanda deb
Man imtixonni 7- sentabrda topshirganman o'tgan yili avgustni aloqasi yo manga
O'sha kuni taksilar propkada qolib ketishardi 400-500 m yurib borardik taksidan tushib instgacha
Uchsa 1 soat yo 2 soat uchardi keyin qolgan soatlarda soniyalarda kupgina taqdirlar hal bulardi
Show next 100 comments