Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Оилада кетма кет 5 тамиз давлат грандларида укиганмиз.хеч кандай х вариант, шпаргалкасиз.врач, укитувчи соликчи, бошкарувчимиз отамиз оддий унг кули ампутатция булган укитувчи этдилар. Тест биз учун кизикарли машгулот булган.Энди фарзандларимиз тест топширяпти
Fazliddin Usmonov
Hozir 100% uyin bo'lyaptiku
oldin unaqamasmidi, o'qituvchini o'zi ishlab berardi bollarga
Bu yil beshinchi yil topshirishim har yili kopi bn 6 yoki 7 bal yetmiy qoladi birinchi yil topshirishim 1 avgust kuni bolgan qoganlari har xil sanalarda😅
Nazokat
4 yıl bo'libdi darrov, Imtixon faqat 1 - avgustda bo'ladigan edi (so'nggi martta), 1 kun oldin uyqu ham kelmagan, imtixon topshirib xursand chiqqanman, nasib bo'lsa grand deganman, alhamdulillah 8 - o'rinda(ohirgi) grand kirdim. Bu yil esa bakalavr diplomli abiturentman, albatta bu safar magistraturaga😁.
Ilk 1-avgust omadsiz bo’lgan, telefonlar shovqini va nazoratchilarning pulga o’chligi tufayli. Kirib shokda bo’lganman. Imtixonmi bu yoki bozor? Ikkinchisida ancha “pishiq” bo’ldim. Kim telefon ishlaysa nazoratchilarniyam qo’shim sotaman deb qo’rqitganaman. Ish bergandi. Mana bitirib ishlashga ham ulgurdim
_Sirojiddin_
Haa shundeymi😔uyogini rosa qiziq bolganmi debman,uzur,men ham birinchi yil kirolmaganman
Man 2yil kirolmaganman. Karimovni ongsizlantirish yohud testlarni qiyinlashtirish davriga tòĝri kelganmanda 2015-2016 yilllarga. 76 foiz òĝil onaga tortadi. Karimovni onasi samarqandlik yevrey ekanligi isbotlangan
Yuqorida juda 1-avgust haqida juda to‘g‘ri gaplarni yozibsiz.
Javlon_Umirjonov | Uzbekistan
Эссиз уша дамлар 2017 йил ТДЮУ га имтихон топширганман:
Тарих 34
Она тили 32
Инглиз тили 29.

Бошкача интизорлик билан кутган дамларим эди.
Bizda 1-avgust bilan emas 8-sentabr bilan xotiralar qolgan..
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ོ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
siz chet davlatdan qilyapsizmi perevod
Оилавий шароитим деб тори кемиди деб ёздим изохга
K.Qo‘shmurodovna
Sardorbek
2014-yil 1-avgust. Imtihondan chiqdimu atrofdagi gaplarni eshitib stressga tushdim. Chunki imtihonga birinchi kirishim hamma narsa adolatli bo'ladi deb o'ylagandim. Bizni xonada va chiqayotganda mani nazarim tushgan xonalarda hamma narsa adolatli o'tayotgandek edi, nazorat kuchli edi judayam. Lekin tashqariga chiqishim bilan tarvuzim qo'ltig'imdan tushdi. Tashqaridagi yurgan abituriyentlar telefonda qaysi fandan nechta urganligi haqidagi gaplar tinmasidi. Yo'llarda kitobchalar(usha paytlari gugurtdek kitoblar sotilardi opkirib ketish uchun) shpargalkalar sochilib yotardi. Keyin bilsam armiyiskiylar kirgan xonada (boshqa xonalarda ham bo'lishi mumkin lekin manga qorong'u bu masala) hamma kattaxolasinikidek telefondan foydalanipti. O'zi 40 ta o'ringa 56 ta armiyiski topshirgan edi (harbiy tavsiyanomaga ega bo'lganlar, u paytlari ularga qo'shimcha 61 ball berilardi). Yo'lda ketayapkan paytim umrbod esimdan chiqmasa kerak. Imtihonga kirgan yaqin do'stlarimni holati manga o'xshardi. Kettikmi deganda nima diganimni eslolmayman. Abam nima bo'ldi Sardor deb tinmay so'raganlarida man kettim deb indamay hammasini tashlab ketvorganman. Hayolimda o'ylar usha payti bir narsa agar mabodo kirolmasam armiyaga ketaman. Ketish uchun qancha soqqa ketarkin(usha paytlari ketish uchun ham qistirish kerak edi). Yana dadamni pulini sarflarkanman. Shuncha kursga pul berib sarflaganlarini davomi bo'larkanda. Yoq xudoga shukur unday bo'lmadi. Ustozlarim bergan bilim samarasini berdi. Faqat ba'zi bir la'nati insonlarni deb, korrupsiyani deb dadamni pullarini 4 yil kantraktga sarfladim. 172.2 ball bilan kantraktga kirdim deyolmaganmanam. Mandat chiqqan kun nishonlamaganman ham. Chunki kantrakt edi. Mandatni abedgacha bilib abetdan keyin beton quyganlarim, hayolimda ota-onamni kantraktni to'lashga majbur qilarkanman deb o'ylaganlarim. Eh gapirsa gap ko'p...
To‘g‘ri aytasiz sizni tushunaman hozirchi hozir kantrakt bo‘lsayam mayli o‘qisam bo‘ldi deb xursand bo‘lamiz budjet emas kontrakt ham orzu biz uchun
1-avgust. Yomon hayojon bilan o‘tkan. Sababi shoroitimiz o‘g‘ir damda tayyorgarlik ko‘rganman. Bu esa katta ma‘sulyat edi men uchun. Allohga shukur, grantga 4-o‘rinda o‘tdim. O‘shanda oilamiz bilan rosa baqirgan edik. Keyin xuddi shunday magistraturaga ham shunaqa bo‘ldi. Qo‘rqar edim puli borlar kirishiga. Lekin test bo‘ldi. 2nchi o‘rin. Dahshat! Test bo‘lgani maqulmasligi hatto dekanni yil davomidagi adovatidan ham bilindi😂😂 battar bo‘lsin. Alloh eng adolatlidir
Dilorom Nazarova
1 avgustga ming lanat
1-avgust man uchun yilning eng zoʻr kuni edi😂😂😂. Zero 1 marotaba imkoniyatdan maksimal darajada foydalanib universitetga oʻqishga kirganman
Men budjetga 1-urinda kirganman 201-yil
Elyorbek Ismoilov
O‘sha paytlar 1 avgust abuturent un yangi yildan ham muhim kun bo‘lardi😉😉😉
1-Август бу хотираларимни Энг тубидан жой олган кун булиб мухирланиб колган кун. 7йил укишга топширганман 6 йил талабаликка тавсия килинмадингиз Диб келган смс Ва 7чи йил тулов контракт асосида кабул килиндингиз Диб кеган смс хозиргача телимда турипти) корупция кучли даврларийди ректориски группа авж олган йилларийди. Хар куни Дуо килардим Аллох грандга булмасаям контрактга илиниб кирей дип. Ниятга ярашекан 7чи йил 1чи уринда контракт асосида кабул килиндим грандга илинишимга 0.3 балл етмаганийди)) Альхамдулиллах Аллох армон килмади студент булдим) огайниларим вечний абитуриент дип лакаб куйганийди)) уша 17 август куни кеган смсни хамма уртагларимга смс киб жунатгандим ишонмаганди. Барибир студентлик бошкача давр кадрига етелик)
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ོ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
siz chet davlatdan qilyapsizmi perevod
Сиз чет давлатдан кучирвосми кайси шахаридан
Show next 100 comments