Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
😊😊😊
Men 2 yil topshirib talaba bo'la olmadim qancha yuqori bal olmayin kira olmadim lekin hozir allohga shukr o'zim istaga tibbiyot sohasida o'qiyapman
man bu yil topshiryapman shuncha gapni òqib xaqatan chetga chiqib ketsammikin deb qoldim 😂😂🤦‍♂️
Hayotimda katta uzgarish bugan kun. Eh hozirgilar bu kunni qadrini qayoqdan tushinsin😂
USTOZ.
Hozir shu kinoni berishyapdi
2004 йил 1 август имтихонга кеч колиб борганман киргизишмаган. Аламли йил булган. Бизни вактимизда кулимиздан етаклаб юришмасди ота оналаримиз. У вактда транспорт куп булмасди
USTOZ.
Avgust degan kinoni
Dilshod
Шерзод Менеджер
O`tgan yil o`qishga kirdim. Manga bu o`zagarish yoqti. 7 yildan beri kirolmasdim.
gapizga qo‘shilaman oka
manam o‘tgan yili 6-yil deganda talab bo‘ldim
1 avgustni 4 marta kutib beshinchisi hayrli bulgan albatta olohga shukur
Fotima Burxonova
Кимларгадир шунакадир балки. Лекин мен яхши хотира билан эслеман. Биринчи йили 4- уринда бюджетга кирдим. Бир группадошимни сиз неча пул билан гаплашдиз деган гапи хайрон колдирганди. Хатто контракт булсам хам укий олмасдим)))). Факат бюджет булсанг укита оламиз деган ота- онам. Аллохга шукр. Укидик. Битирдик. Бу гапларга хам 21 йил булибди. Энди катта кизим тайёргарлик куряпти укишга. Аллох насиб килса кейинги йили студент булади. Узимга ухшаб бюджетга укишга киришини хохлеман. Насиб.
Gavharoy Abbosova
Nazokat
Rahmat kattakon 🙃
Mening ham katta o'g'lim mashinasozlikni bitirib,magistraturani Germaniyaga Grant yutib olib o'tgan yili ketdi,kelinim b.n,bu yil nabirali bo'ldik,ollohga shukr, ota- onangizni ko'p duosini oling,
Birinchi avgust bu katta hayollar maqsadlar va qolaversa shodlik va qaygʻu chorrahasi kimdur talaba boʻlgan kimdur esa yanagi imtihonga umid bogʻlagan yana kimdur popkasini orqalab Rassiyaga yo'l olgan .... Eh nima bo'lgandayam men 1-avgustda imtihon topshirish baxtiga Muyassar bo'lmaganman.
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ོ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
,
Сиз чет давлатдан кучирвосми кайси шахаридан
yoq nodavlattan
1 avgust Imtixondan yig'lab chiqqanman. O'zidan o'zi nima bo'ldi hayronman o'zim ham.
Eng qizig'i mandat chiqqanda royxatdan o'zimni dtm nomerimni topolmaganman hayojondan. Xolamlar bn borgan edik mandat ko'rishga. Bujetni qaradik yo'q kontrakni qaradik yo'q kirolmaganlarni qaradik yo'q boshim aylanib ketdi shuncha tayyorganlik ota onamni mening repitotirimga bergan pullari.Endi turmushga berib yuborishadi nima qilaman degan o'y hayollar. Qancha orzularim bor axir.
Aslida hayajondan dtm nomerimni noto'g'ri qidirayotgan ekanman. Va nihoyat kontraklar orasidan 6 nomerda turgan ekanman. Yo'nalishimizga 25 ta talaba 10 ta bujet 15 ta kontrak olishar edi. Bu yomon natija emas aslida lekin kontrakda o'qishni xoxlamadim. Lekin dadajonim oyog'imga shippak kiyib yursam ham o'qitaman qizimni deb o'qitganlar.
Dadajon raxmat sizga!!!
Mendan keyin 3 ta singillarim hammalari bujetda eng yaxshi unversitetlarda o'qishdi va o'qishmoqda. Biz paytimizda X variant va telefonchilar gurkirab yashnayotgan payt edi. Hech qanday bilimi yo'q kursdoshlarimiz bujetga o'qishga kirgan edi telefon panohida. Yaxshiyamki singillarim paytiga kelib hammayoq shaffof bo'ldi aks holda ota onamizni ularni o'qitishga imkoni bo'lmasdi yoki judam qiynalishar edi.
Men esa 2011_2015_yillar NamDU talabasi bo'ldim va bu yillar hayotimdagi eng unitilmas va qadrli yillar bo'ldi. Ollohimga shukur barchasi uchun!
1-avgust eng eng yomon kórgan sanam. 8 yil ketma ket shu sanada imtixon topshiragni bordime😅😅. Har yili yiqilganman Tibbiyot Akademiyasidan. 2011-yildan boshlaganman topshirishni. Maktab ham,tibbiyot kolleji ham a'lo baholar bilan qizil diplomga tugatilgan edi. Lekin shu akademiyaga kiromadimde. Oxiri 2019-yil topshirib boshqa institutga kirdim. Allohga shukur talabalik baxti nimaligini bildim. Institutda ham faqat a'lo baholar bilan sessiyani yopaman. Birorta 4 tushmadi shu davrda. Ota onamning umrlari uzoq bólishsin doim menga ishonishdi. Xech qachon odamlarning gapiga e'tibor bermadilar. Chunki naq 26 yoshida talaba bóldimda. Qizlariga yomon gapirmadilar. Har yili mendan past ball tóplaganlar dopalnitelniy ball bn chaqirilardi noyabr dekabr oylarida. Negadur man chaqirilmadim😁. Deyarli óqimagan sinfdoshlarim maktabda dars beradi institutni tugatib. Lekn óquvchilar uvol. Chunki ba'zilari ulardan yaxshi bilisharkan fanlarni. Uyimizga kelardi mahallani óquvchilari kimyodan bunintushuntrib bering,biologiyadan buni tushuntring dep. Ustozingdan sóragin desam ularni ozi bilmidi hali deo kulganlari bor edi.
Sbuning uchun nazarimda har qanday holatdayam bilim bólishi shart.
Hamma abiturentlarga oman😊
Birinchi avgust bu katta hayollar maqsadlar va qolaversa shodlik va qaygʻu chorrahasi kimdur talaba boʻlgan kimdur esa yanagi imtihonga umid bogʻlagan yana kimdur popkasini orqalab Rassiyaga yo'l olgan .... Eh nima bo'lgandayam men 1-avgustda imtihon topshirish baxtiga Muyassar bo'lmaganman.
Sardorbek
Ona vatan .o‘z yurtim deymanu yana o‘ylanaman ..Nega deysizmi ...
Misol uchun: tanirovka masalasi ,pulini bersang qonun indamay jim turadi .Bola puli masalasi ham shunday oqsoqolga pul bersang bola puli chiqadi. Super kantrakt masalasi ham shunday .masullardan nega super kontrakt qimmat desangiz biz bu pullarni oliy o‘quv yurtining bazasini kuchaytirish uchun ishlatamiz deydi .lekin bu gaplarga shaxsan men umuman ishonmayman!
Show next 100 comments