Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Dilorom Mirzayeva
1- avgust men uchunam unutilmas xotiralarga boy kun bòlib qolgan. Eng hayajonli kun 1- avgust edi. Birinchi yil 1-avgust eng qora kun bòlsa, ikkinchi yil eng quvonchli farahbaxsh kun sifatida yodimda qolgan. Hech qachon bu kunlar unutilmaydi.
G’afurovich
Биринчи йил Ислом академияси кирдим. Киен хамма кармдошла мулла буласанми деб кулди. Ачик устида укишни ташаб кетдим ярим ойдан киен. Киенги йил юридический га кирдим. Хамма хует киб юборди. Хаетимдаки энг киен бир йиллик. Ва энг тугри карорни кабул килганимдан узимдан фахрланаман. Чунки хамманиям духи етмасди бунака иш килишга.
Qizlarni erkak melisalar oldida yechintirib tekshirishardi juda gʻazablanardim
🕋Alhamdulillah🕋
Exxe bugun mening tuģilgan kunim 1 avgustda tuģilganman otgan yili talaba boldim buxoroda oqiman 1 avgustda test topshiraman deb oylardim lekin boahqa kuni boldi test😊
Nazokat
Men matematika fakultetida o'qiganman, lekin ona tili adabiyot yo'nalishi jurnalistika fakultetida yana ochilgan. O'qituvchi ko'pligidan ko'pini tanimas edim🙈🙈
Ajoyib damlar.. 1-avgust . Hozir eslasam .... Oʻsha damlardagi bilim bilan hozir yurtimizdagi barcha OTMga Grant asosida oʻqishga kirish mumkin.
Eliboyev Sherzod Farhod o'g'li
4 marta Toshkent davlat Yuridik Universitetiga topshirganman 1-avgustga o'tar kechasi ko'zimga uyqu kelmasdi endi yuzim yorug' bo'larmikin ota-onamni ishonchini oqlay olarmikinman degan o'ylar uyqu bermasdi. Bu davrlar juda hayajonli va nimagadur qo'rqinchli edi.
🕋Alhamdulillah🕋
Buxoroda oqidigonla bormi
Diamonds 571634 💎💎💎
Unaqa mendirmanlar kuuuuuup siz yolgiz emassiz
Ha oldin ko'p edi. Hozir bog'dodda hamma yoq tinch menimcha nima dediz
Jalilov. A
Da aka shunaqa edi
Suyarov Ziyodulla
1998 yil 1-avgust.
Sezib turibman dadam kalima qaytarib meni kutib turganligini, va men chiqqanimdan "Agar xaqiqat bo'lsa, men o'qishga o'tdim" deganman. Rostan ham grantda 1-o'rinda o'tgan ekanman. Ajoyib xotiralar bu.
Bundan roppa rosa 13 yil avval shu kunda oliygohga kirish imtixonida qatnashgan edim. 196.8 ball to‘plab davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan edim. Javob‘ar chiqqan kuni oyogim yerga tegmay uchib yurgandim😀
Charos Imamova
1 avgust.Bu sana menga 9 yillik muvaffaqiyatsizliklar va 10- yili talabalik baxtiga erishganimni eslatadi.Hayajonlarga boy bo'lgan sana😊😊😊😊
OZODAXON ISAKOVA
1августни талаба булишимга тегишли жойи йук 47 ешимда махсус сирткига Кабул килинган ман
USTOZ.
Men 1993 yil test imtihoni orqali oʻqishga kirganman. Imtihondan hujjat topshirish azob edi. Eng qizigʻi oʻqishga kirganlarni e'lon qilinishi boʻlgan. Bir instetutni oʻqituvchisi fakultet oldiga parta, partani ustiga yana bitta parta qoʻyib olib kirganlarni roʻyxatini oʻqib beruvdi. Abiturientlar toʻlqin boʻlib eshityapti, 1000 ta abiturientni izidan 1000 ta ota-ona... Men rostdan ham oʻqishga kirganimni eshitishdan koʻra bu toʻlqinni ichidan qanday chiqib ketaman deb oʻylagandim. Chunki, havo yetishmay qoluvdi... Farzandlarimga eslab aytib beraman
Hozir bu yil qizim instetutga hujjat topshirgan. Endi uni omadini bersin.
Eeexxx o'sha damlar, o'zi uchar gilamlar. Unga qoshilib uchar test savollar derezalardan testlarni otishardi. Allohida xonalarda bunkerlar ishlardi usha davrlar 1 yil qaytsa ancha ishlarni bitirib olardik,😀😀😀😀
Сардор Асадов
Ex yaxshi xotiralar qolgan eng alamlisi dmt varag‘amni chiqarmaganman. 1 Avgust kuni ertalab nima qilishimni bilmay 25000 ming so‘mga chiqarib bergan noinsofla. Yana taksi ham kechikgan, ex nima bo‘lganda ham qiyinchilik ko‘p bo‘lgan, va talaba bo‘lganman.
Lekin hamma uchun ham oddiy kun emas 1-avgust....
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
1 avgust kuni mirzaobodlik bir kursdoshimizning amakisi avariya bo‘lgan edi 5 kishi olamdan o‘tgandi o‘shanda To‘shkentga yetib borishi kerak bo‘lgan
Show next 100 comments