Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
OZODAXON ISAKOVA
1августни талаба булишимга тегишли жойи йук 47 ешимда махсус сирткига Кабул килинган ман
USTOZ.
Men 1993 yil test imtihoni orqali oʻqishga kirganman. Imtihondan hujjat topshirish azob edi. Eng qizigʻi oʻqishga kirganlarni e'lon qilinishi boʻlgan. Bir instetutni oʻqituvchisi fakultet oldiga parta, partani ustiga yana bitta parta qoʻyib olib kirganlarni roʻyxatini oʻqib beruvdi. Abiturientlar toʻlqin boʻlib eshityapti, 1000 ta abiturientni izidan 1000 ta ota-ona... Men rostdan ham oʻqishga kirganimni eshitishdan koʻra bu toʻlqinni ichidan qanday chiqib ketaman deb oʻylagandim. Chunki, havo yetishmay qoluvdi... Farzandlarimga eslab aytib beraman
Hozir bu yil qizim instetutga hujjat topshirgan. Endi uni omadini bersin.
Eeexxx o'sha damlar, o'zi uchar gilamlar. Unga qoshilib uchar test savollar derezalardan testlarni otishardi. Allohida xonalarda bunkerlar ishlardi usha davrlar 1 yil qaytsa ancha ishlarni bitirib olardik,😀😀😀😀
Сардор Асадов
Ex yaxshi xotiralar qolgan eng alamlisi dmt varag‘amni chiqarmaganman. 1 Avgust kuni ertalab nima qilishimni bilmay 25000 ming so‘mga chiqarib bergan noinsofla. Yana taksi ham kechikgan, ex nima bo‘lganda ham qiyinchilik ko‘p bo‘lgan, va talaba bo‘lganman.
Lekin hamma uchun ham oddiy kun emas 1-avgust....
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
1 avgust kuni mirzaobodlik bir kursdoshimizning amakisi avariya bo‘lgan edi 5 kishi olamdan o‘tgandi o‘shanda To‘shkentga yetib borishi kerak bo‘lgan
Бу йилги 1-августда "Mahalla" газетаси эълон қилган "Ютуқли газета" акциясининг 1-тиражи ўтказилмоқда. Соат 17: 00 да "Mahalla" телеканалида жонли эфирда кузатинг.
Вой вокеалани окиб оша пайтлар эсимга тушиб кетти...
Ойин болганлариям хозр кулгили вокеадек, у пайтта эса жахл клшмз, ёмон гапршмзга сабаб болганди бу ишлар😄😄😄
Caрдор
2015 yil 1 avgustda Guliston shahriga borganman 1 marta imtixon topshirgani Xushnud aka aytganlaride u paytta na tel ishlardi usha kuni na internet tayyorlanmaganligim uchun taxmin qilib belgilab chiqqanman usha sabab kirolmaganimmi eshitib ham zarracha xafa bolmaganman yillar otib 2020 yil turmush ortogimni zorga kondirib yana imtihon topshirdim yana guliston shahrida maktabgacha talim yonalishiga 2 yoshli bolam bilan 1 yarim oy kunu tun faqat oqidim baxtimga onajonim bolamga qarab turdi men esa kunu tun kitobdan bosh kotarmay oqidim agar kirolmasam boshqa oqishga topshirmayman deb ozimga ozim soz bergandim. Lekin Allohga shukur orzularimning eng kattasi talaba bolish baxti nasib qildi.112.7 ball bn kirdim.Hozir rahmat aytadigan insonim ONAJONIM baxtimga sog boling iloyim meni qollab quvvatlab meni tushungan yagona inson.Hozir katta ukamni ham xuddi meni tayyorlagandey uniyam oqishga kirishga tayyorlayapti doim oldida madad berib otiribdi.Ilohim Allohim Dadajonimniham umrlarini qoshib bergan bolsin sizga!Klohim barchaga talabalik baxti nasib qilsin!
Дилшода Бегимова
Давлат гранти асосида укишга кабул килингандим: 196.7 балл. Осон бумаганди, уч йил бош кутармасдан тайерлангандим. Аллохга шукур, узи куллаган. Устозларимга беминнат мехнатлари учун рахмат: лицейда, дарс давомида яхши билим беришган, репетиторлик килишмаган, пулимизга куз тикишмаган. Балл юкорилигидан купчилик курсдошларим контрактда укишди. Шунга хам шукур килишди. Дугонам 183.4 балл билан контрактда, 25 та тупой ундан тепада бюджетда укирди. Гурухимизда эллик фоизгача узи кирганлар эди, тахминан. Бюджетдагилар орасида узи кирганлар 5- 6 та эди.Утди-кетди шу даврлар хам. Лекин унинг окибатларини тозалаш учун бутун Бир авлод алмашиши керак. Кадрларимизни 80 фоизи чаласавод. Айрим домлаларимиз талабаданда ношуд. Узига талаба савол бермаслиги учун жахл ва сиесатдан кургон ясаб олган. Билимли кадрлар хам бор, лекин кам. Куп иктидорли кизлар укишга киролмай йиглаб йиглаб эрга тегди, йигитлар хафсаласи пир булиб четга ишлашга кетди. Канча бузилган такдирлар, йукотилган "аклли бошлар" учун ким жавоб бераркин. Майли, вакт олий хакам. Куз ешлар эвазига келган харом пуллар тешиб чиккандир еки чикаетгандир. Бу миллатга хиенат ва уни жавоби огир булади. Хамма абитурентларга омад.
Mani imtihondan chiqazvorishgandi 2013- yil😭
ELBEK SHODIBOYEV
1-avgust men ham bugun ertalab bu kunni eslab abituriyent vaqtimni esladim, chunki bowqalarni bilmadim-u, lekin meni abituriyentlik davrim uyoq chozilgan, yani 7-yil har yili 1-avgust kelaversa hayajon kuchayaverardi. Bu kunni juda intiqlik bn kutardik. Yaxwi tayyorlanib bilimni olib kelaman ozroq omad yetishmay yiqilib yana tayyorgarlikni bowlardim wu 1-avgustni kutaverib 7-yil ham otib ketibdi. Inson doim harakatda bolsa maqsadni aniq qoysa albatta maqsadiga erishar ekan faqat bu yoʻlda ozroq mashaqqat, qiyinchiliklar boʻlar ekan. Men ham oxiri 8-yil oʻz maqsadimga yetdim Toshkent Davlat Yuridik Unversiteti talabasiga aylandim. Agar bir yilni oʻlchovini bilmoqchi boʻlsang abituriyentlardan soʻra deyishadi. 1- avgust desa hammani esiga imtixon hayajonli kun kelar edi. Xayr 1-avgust!!!!
👸Bɑɦσɖıɾσѵռɑ👑
1 avgust yana avvalgidek bolishini hohlardim mayli ushannday qiyin bolsa ham u paytni ozgacha masuliyati bor edi hech esimdan chiqmasa kk usha kun mana uqishni bitirdm shu yil hali hamon kechagidek esimda 1 avgust
2013-yil 1-avgust Nukusga endi kelib koʻrishim edi. Bir qadamlik joyga falon soʻm pul bilan olib borib aldashgan. Aniqrogʻi sodda boʻlganmiz.
Sardorbek
2014-yil 1-avgust. Imtihondan chiqdimu atrofdagi gaplarni eshitib stressga tushdim. Chunki imtihonga birinchi kirishim hamma narsa adolatli bo'ladi deb o'ylagandim. Bizni xonada va chiqayotganda mani nazarim tushgan xonalarda hamma narsa adolatli o'tayotgandek edi, nazorat kuchli edi judayam. Lekin tashqariga chiqishim bilan tarvuzim qo'ltig'imdan tushdi. Tashqaridagi yurgan abituriyentlar telefonda qaysi fandan nechta urganligi haqidagi gaplar tinmasidi. Yo'llarda kitobchalar(usha paytlari gugurtdek kitoblar sotilardi opkirib ketish uchun) shpargalkalar sochilib yotardi. Keyin bilsam armiyiskiylar kirgan xonada (boshqa xonalarda ham bo'lishi mumkin lekin manga qorong'u bu masala) hamma kattaxolasinikidek telefondan foydalanipti. O'zi 40 ta o'ringa 56 ta armiyiski topshirgan edi (harbiy tavsiyanomaga ega bo'lganlar, u paytlari ularga qo'shimcha 61 ball berilardi). Yo'lda ketayapkan paytim umrbod esimdan chiqmasa kerak. Imtihonga kirgan yaqin do'stlarimni holati manga o'xshardi. Kettikmi deganda nima diganimni eslolmayman. Abam nima bo'ldi Sardor deb tinmay so'raganlarida man kettim deb indamay hammasini tashlab ketvorganman. Hayolimda o'ylar usha payti bir narsa agar mabodo kirolmasam armiyaga ketaman. Ketish uchun qancha soqqa ketarkin(usha paytlari ketish uchun ham qistirish kerak edi). Yana dadamni pulini sarflarkanman. Shuncha kursga pul berib sarflaganlarini davomi bo'larkanda. Yoq xudoga shukur unday bo'lmadi. Ustozlarim bergan bilim samarasini berdi. Faqat ba'zi bir la'nati insonlarni deb, korrupsiyani deb dadamni pullarini 4 yil kantraktga sarfladim. 172.2 ball bilan kantraktga kirdim deyolmaganmanam. Mandat chiqqan kun nishonlamaganman ham. Chunki kantrakt edi. Mandatni abedgacha bilib abetdan keyin beton quyganlarim, hayolimda ota-onamni kantraktni to'lashga majbur qilarkanman deb o'ylaganlarim. Eh gapirsa gap ko'p...
Assalomu aleykum. Hozir shularni rohatini kuryapszmi
Asomiddin
Men 1 avgustda ikki marotaba imtixonga kirib yiqilganman o'tgan yili sentabrda imtixon bo'lganida kirdim hozirda TerDuda yuridik fakultetida o'qiyman
1 - August hayajonlarga boy va juda qiziqarli edi.
Osha kuni va undan bir kun oldin deyarli kop abiturentlar kuchli hayajon tufayli uxlay olishmasdi. Manda ham shunday bolgan.
Barcha bargaining yaxshi yomon tomoni bolganiday. Bu kun men uchun hayotimning hal qiluvchi baxtli pallasi bolib qoladi
Ha ozgarishlar yaxshi lekin osha vaqtdagi 1 avgustni kutib yergan abuteriyentlar va oqishga kirgan talabalar hozzirgi abuteriyentlar va talabalardan ancha muncha ilimli va oqu qorani aniqlayoladigan avlodddd
Taxilarni narxi osmon bolardi
Show next 100 comments