Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Menga 1 avgustda testga kirish nasib etmagan 😅, 12-avgustda topshirganman. Chunki 2018-yilda testlar 15 kunga o'tgandai. Allohga shukur 19 yoshimda Sharqshunoslik Universiteti talabasi bo'ldim. Mana yana 1 yil vaqt qolibdi. Vaqt o'tmoqda...
Inshaalloh menga xam 5 avgust sanasi shunday quvonchli xotiralar bilan eslab qolish nasb qilsin
Axmatov
1 августдан пул берувчии ва олувчилар маанфатдор,пули йукларни хечким тингламас эди.
Лекин билганку хамма шундай булишини,...
Хуллас хозир яхши.
Allohdan soreman 10-avgustniyam birinchi avgustdek hotrjam hursan otkizvole
Xa 1avgustdan alamli xotiralar qogan 2yil imtixondan yiqilganman lekin hozir xudoga shukur hammasi yaxshi azaliy orzuyim talaba bòlish baxtiga sazovor bòganman Olloxga shukur
1 avgust òyinlarini 4 yil kòrdim😔😔 4- yil uje umidim uzgandim shunaqangi nohaqlikka uchradim buldi hech qayerda adolat yòq ekan deb yiglab univer darvozasidan chiqib ketganman. Bizning auditoriyada tayyor javoblani kutib utirishardi lekin bu hech kimni ajablantirmas, kamiga usha noinsoflar birovlarga tuxmat qilib utirishgan ana "paravoz" chetlatinglar deb. Uzimga ham shunaqa tuxmat qilishgan yonimdagi yordam suragnida bir qarab bergan edim. Chetlatishlariga bir bahiya qolgan. Qarasam ular uzlarida eski qogozlar rasm chizib utirishar javobni kutib. Eni shu holatni bir tasavvur qilib kuring😡😡😡 man hm talab qildim savollar kitobini va javob varaqalari topishlarini nazoratchilar jim , koridorga chiqdim Snb hodimlari hr qadamda aytdim nima bòlayotganini qimir etishmadi nima emish vakolatiga kirmas emish, unda sizlar nega keraksiz dedim??? Yana yurishda davom etdim yana nazoratchilar ularga ham aytdim yurilar qarelar qachongacha shunaqa holat davom etadi deb urnidan ham turmadi qareymiz uylameng deb beparvo uturishardi. 1-etajga tushdim shunaqa yiglab ketayabman alam bn. yulimdan gerdaygan SNB xodimi chiqdi har qadamda turganlarini kattasi edi, unga ham aytdim gerdayib bizni vakolatga kirmaydi dedi. Kimni vakolatiga kiradi unda dedim DTM vakili bor unga bor deydi, qani unda usha vakil desam hech kim kursatmadi😔😔😔 qòpol qilib aytganda "it"eshitmasdi,kòngliz uchun ham qareymiz deb aytadigan "inson" yoq edi😢😢😢. Chiqaverishimdahovlida bir yoshgina òqituvchi qiz tuxtatdi nimaga yiglayabsan deb, yagona hol suragan inson, qòlimdan tutib binoga olib bordi hozir aytaman SNB borku axir, bunaqa qilishlariga yul quymaydi deb ishonch bn borgandi, usha gerdaygan SNB hodimi bor joyingni bil olib kelma bizga bunaqa boshqa, aralashma deb urishib berdi, chetroqda turardim yiglab hamma gaplarini aniq eshitgandim.Bechora indamey yonimga keldida, buldi uzlari qarashar ekan aytdim, yur yiglama buldi hammasi yaxshi boladi deb olib chiqib ketdi. Nechchi kun bunaqa nohaqlikdan uzimga kelolmay yiglaganman😔😔😢😢😢 umidimni uzgan edim uje, dadam oxirgi yiling degandila😔😔😔 javob ham kutmadim. Lekin Allohimga ming shukur duolarim ijobat bòldi talaba bòldim, shuncha nohaqlikka qaramasdan😊 Alhamdulillah tamomladim ham)). Lekin 1 avgust juda achchiq xotiralar qoldirgan😔😔😔 bu voqea 2017 yil Milliy Universitetda bòlgan...
"Qora tarixning qora xotiralari kuni" - 20 yilga taraqqiyotni to'xtatib qo'ygan sana!
Hayotimdagi eng hayajonli kunlardan biri edi. Talaba boʻlish uchun qanchadan qancha uyqusiz tunlar, sarf xarajatlar, tinimsiz duolar ijobati boʻldi xudoga shukur.
Maftuna Hamidova
Oqilaxon Tursunova
O'ylab qarasam,1-avgustni men ham yomon ko'rar ekanman.1-avgust kuni uxlamasdan duo o'qib tong ottirar edim.Sababi qizim olti til O'zbekiston oliygohlariga kira olmagan.Imtihonlarda bo'ladigan barcha g'irromliklarni ko'rdik.Natija chiqmasligini bilsamda appelyatsiyaga berganman.Allohga shukur,zamon yaxshi tomonga o'zgardi.Hozir qizim nufuzli xorijiy oliygohda o'qiyapti.Lekin haliyam 1-avgust kelganda yuragim bir orziqib ketadi.
Toʻgri bu kun ota onalar uchun juda hayajonli boʻladi dasturxon bowida har doim duo qilardilar bola jonim ni omadini berdi, g'oyibona ilm bergin deb mandat chiqish payti kelganda uyda oʻtirolmay qolardilar keyin kirganligimizni eshitib xursand boʻlib oʻtirardilar ota ona uchun farzandini muvaffaqiyatini koʻriwdan ortiq baxt boʻlmasa kerak albatta
Sardorbek
AX
Assalomu aleykum. Hozir shularni rohatini kuryapszmi
Ha albatta. Mehnatim samarasini beryapti
1 avgust😊😊😊
Bundan 8 yil avval imtihonga kiruvdim
Allohga shukur birinchi urunishimda kontrakka kirdim
Akam ham TATU da kontrak edi dadam grandga kirsang o‘qitaman degandila kontrak ekanimni bilib o‘qitolmayman deb ikkilanuvdila
Lekin bitta o‘qituvchim ee kirolmaganda yolg‘ondan bahonasi shu kontrak bo‘lgani uchun o‘qimayman degani Aslida kirolmagan deb gapirgandi Shu gapdan keyin dadam mayli o‘qitaman kontrak bo‘sayam kirdiku deb qiynalsalar ham ayam ikkalalari ikta kontrakni o‘qitishgan
O‘sha o‘qituvchimga rahmat aytaman🥰🥰🥰
Lekin gruppamizda 17 ta o‘gil 2 ta qiz edik man bn bitta bola tayyorlangan qolgan hammasi pul yoki armiysikiy legotniy edi
2×2 nechchiligini bilmasdan grandga kirgandi
Boshida alam qilgandi kn ko‘nikkandim 😪😪😪
Hali bundanda yaxshi bo'ladi. Hatto bu kunlardagi voqealarni ham "shunaqa edi-ya" ,deb eslab yuramiz.
1-avgust!!! 18-yil menga vafo qilmagan kun.Xar yili o‘qishga imtihon topshirar edim, oxiri 2017-yil muxtaram yurtboshimizning qarorlari bilan imtixonsiz o‘qishga qabul qilindim😊
Ha yaxshi taasurot qolgan. Chunki 15 yil bòlibdi, imtixonni xursand bb topshirib chiqqanman va òqishga kirganman. Bu kun men un yaxshi tarix.
Холбоева К
2015-yil Qashqadaryodan Gulistonga imtixondan 2kun oldin borganmiz.3ta dugona bòlib.hayotimizda tumanimizdan chetga chiqmagan qizlar Sirdaryo tomonlarga borib qoldik.havo muhit odamlari boshqacha.kivarteraga turdik.ertaga imtihon degan kuni soat 4gacha uxlamabmiz.Keyin imtixonga bordik.hayajon bilan.Allohga ming shukur birinchi yildan 850ta abutirent orasida 20ta qabul qilardi.shundan dugonam oxirgi grant men esa birinchi kantrakt bòlibmiz.Guliston shaxri hayotimizda chuqur iz va unutilmas xotiralar bilan esda qolgan.ayniqsa shirin qovunlari bilan.yozda pashshalari esa bizning dòstimizga aylanib ulgurgandi.🙂Gul.Du ustozlari va Guliston xalqi hurmatga sazovordir.xullas 1-avgust oyoqlar qaltirashiyu yuraklar dupurlashi bilan 2soatda òtgan ketgan.ko'p xatolikka yòl qòyganman.lekin baribir talabalik baxti nasib etgan!
2014 O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetiga topshirganman. Imtihonda o'tirganimizda (2-yil topshirishim edi) bir kishi to'satdan kirib keldi va bir nechta familyalarni o'qidi. O'qilgan familyalarni savollar varaqasini olib chiqib ketishayotganda bir bola : "Nimaga unaqa qilasizlar, doim shunaqa qilasizlar" deb gapirib qoldi. Boyagi kishi jim o'tir , hozir xohlasam imtihondan haydab yuboraman dedi. Hamma jim kuzatardi))). Shu darajada "nagliy" edilar ular))
Show next 100 comments