Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Mohena
1-avgust . Bu sanani hamma har xil xotirlaydi. Men ham eng oxirgi 1-avgustdagi imtixonga qatnashganman Ertalabdan asosiy yullar yopiq imtixon joyigacha ancha piyoda borganman . Tiqilish ichkariga kirish muommo. 4-5ta tekshiruvdan utishlar Ushanda tiqilishda zurga ichgariga kirganman eng qizig'i oyoq kiyimsiz testga kirganman. Shunchalik tirband bulganki oyoq kiyimimni bosib qolishgan egilib qayta kiyishni imkonini qilolmaganman. 1-2 tasi xushini yuqotgan. Uyam mayli testlar sinfxonada hamma telda ishlagan eng qizig'igi bunga nazoratchini uzi imkon bergan. Menda na telifon , na telda javob aytib turadigan inson bor edi. Xullas Usha yili kirolmaganman
Hozir esa ancha qulay imtixonga kirish. Xudaga shukur talabaman.
💫🌟🌟🌟🌟🌟🌟💫
2011-yil Imtihon 2- avgustda bo‘lgandi kim eslasa agar. O‘sha yili men talaba bo'lganman.
ha ro'zani birinchi kuniga to'g'ri kelgandi1-August shu uchun 2-avgustda bo'lgandi imtixon esimda o'sha damlar man ham shu yili 184,5ball bn student bo'lganman
Eeee Xushnudbek dardni yangilaysizda, 5-yili kirdim òqishga shundan keyin hozirgi sistema boshlandi 30-20 ta savol, 3,5 ta joyni belgilaysan, super kontrakt ehee shunda ham kirolmaydigan odamlar bor
Мохинурхон Иззатиллаевна
Assalomu alaykum....
1-avgust... Har kimda har xil taassurot qolgan kun... Kimdadir ijobiy kimdadir salbiy. Lekin shu paytgacha tushundimki inson qunt bilan o'qisagina talabalik baxtiga erisharkan. Bunda omadni ham 1- yo 2-avgust umuman ahamiyatsiz. To'g'ri avvallari adolatsizlik poraxo'rlik avj olgandi. Ko'z oldimda qancha-qancha abiturentlar o'zini aldar, nazoratchilar xarom pul uchun bezlarcha vijdonini sotardi. Hozir-chi? Hozir ham shunday. Faqat sal madaniyatliroq holda poraxo'rlik. Ya'ni super kontrakt. Biz odamlar bora-bora faqat boyning bollari o'qiydi degan xulosaga keldik. Va o'qimasak ham talaba bo'la olarkanmiz degan tushuncha bilan yashayapmiz. To'gri 5yildan buyon o'zim ham talaba bo'lolmayapman. Balki omadim yo'q, balki bilim darajam past. Ammo afsuslanmayman. Sababi ustozlarimdan ko'p bilim oldim. Insitutda talabaman deb kerilib yurganlardan ko'ra bilimliroqman. Bu yil ham topshirdim. Qachondir man ham talabalikka erisharman...😞
Биринчи август хақида бўладиган хар йилги ёмон хотиралар ва коррусиявий холатларни хеч ким унута олмаса керак(пора билан кириб «ширин хотиралар ва туйғулар»ни хис қиладиганлар минг ланат,негаки шунча ўқиш учун хақли ёшларни уволига қолгансизлар.Аллох ўзи мехрибон ва рахмдил сизларни кечирсин)Менда еслашга қувонарли вақтлар кўп бўлган😊150балл билан контрактга кирганман 2019 темир йўллари😊
Ха Ростан, ажойиб Кун Эди. 7 йил абитуриент Булганман вактида. Бу Кун менга мукаддас кунга айланган))
Барча абитуриентларга омад. Изидан колманг, албатта кирасиз))
Imtihondan chqqan abuturentlani kutardik 2kun mazza iw bulardi 3 barobar qmmatga
Doschonova Mohira
Assalomu alaykum har yil 1-avgustda o'sha imtihon topshirgan yilimni eslayman ,har kim uchun har hil lekin mening uchun shiringina hayonli xotiralar qolgan 2010 yil 11-sinfni tugatib O'zbekiston Milliy Unversitetiga 198,9 ball bilan kontraktga o'qishga kirganman
Энг якин инсоним дустимдан айрилдим.Хич эсимдан чикмаса керак.Ишонган инсоним энди мен бн эмас.Хаммаси оддий .
Wu yil topwirdim yana bu safar kiraman 2 yil icida 6 ta uqiwdan yiqildim taslim buliw yuq
Ha, man uchun juda omadli kun hisoblanadi. 16 yoshimda imtihon topshirgandim. Shu yili grantga talaba bo‘lganman. Yana 7 yil oldingi shu kun ham bahtli kunlarimdan biri bo‘lgan.
Madinaxon
Men 2 yildan beri imtixon topshiraman lekin ikkinchi yili ham o'qishga kirolmadim,lekin ancha mehnat qilganman qancha qiynalganimni o'zim bilan,o'tgan yili 3 ball yetmadi super kontrakt qilsam bo'lardi dadam hop dedi lekin o'zim hohlamadim,"hammasi yaxshilikka bo'ladi bunda ham bir hikmat bolsa kerak dedm,balkim meni bundan ha yaxshisi kutayotgandir dedim,bu yil tayorlanmsda topshiryabman balkim avval qiynalib o'qignimnu samarasiga ishonayotgandirman lekin bu notogri fikrligini bilaman,end hamasi hudodan bu yil ham barch abituryentlar qatori menga ham talaba bo'lish nasib qilsin illohim,hammaga omad
Diyora UTAS
Sizlari fikringizni. Bulgam voqealarin oqib judda qattiq qorquv bosde men bu yil oqiwga topwirganman hudo holasa yaqin kunlarda DTMga oqiwga topwirman sizlardagi gaplarni bulgam voqeani ewtib hayajon kuchaydi menda ham wunday bulsachi dib oylab qoldim
Assalomu aleykum qadrli va azizlar.Meni 3 ta farzandim uchun birinchi avgust ahamiyatli kun edi.O'g'lim 31 iyulda tug'ilgan bu kun unga tatimasdi.Qizlarim mana 3...4....yillardan buyon oliygohlarga imtihon topshiradi.Bu yil o'g'lim Maskvaning oliygohi bilan shartnoma qildi Ollohim bolamni aldovlarga duchor qilmasin.Og'lim 134 ball bn kirolmagandan keyin qayta urinmagandi.Qizalog'im esa 4_yili TOShM iga xarakatda ilohim barcha ota onalar niyatiga yetsinlar.Yurtimizda firibgarlar yo'qolsin.Bolaladimizni bilimlariga qarab oliygohlarga qabul qilishsinlar.Xushnudbek uka sizga xavas qilaman doim shunday xaqiqat tarafida bo'ling.Tun ortida ham kun borku.
Xushnudbek aka ehhe 1-avgust aa bu kun juda vohimali kun bolgan edi kirolmaganman va nihoyat yaxshi tizim boshlangan dan keyin grandga kirdim Allohga shukur hozir yilda yilga shaffof va oson tizim bolyapti.Barcha abiturentlarga omad yuqori ballar bilan grandga kirish nasib qilsin
Ajoyib kun edi, oʻsha vaqtlar kimdir oʻqishga kirganini eshitsa "davraning toʻri" oʻsha bolaniki edi. Hozir esa o'qishga kirish ahamiyatsizdek boʻlib qolgan. Puling bormi, oʻqishing kafolatlangan. Biliming bormi 5 ta tanlagan joyingdan albatta birontasiga kirolasan. Hullas kadr masalasi oldingidanda rasvo holatga keladiganga oʻxshaydi. Puli bor oʻqishga kirgani yetmagandek ishga ham kiroladi...
Курбоналиев С
Ehh juda ajoyib kun edi! Shpargalka va telefon tutqazishgan. Ko'nglim hotirjam bo'lmasdan ikkisini ham tashqarida qoladigan sherigimga berganman. (tutqazgan odamlarga bildirmasdan) Allohga tavakkal qilganman. 12 ta bola tinmasdan mashg'ulot qilar, shpargalka o'rganar va imtihonga ham olib kira olishgandi. Shular ichida Allohni fazli bilan faqatgina man o'qishga kirganman! 11 kishi yiqligan. Esdan chiqarmidi bu kun!
😊Gulmira
Bu yilgi bo'lajak talabalarimizga omad tilaymiz💪💪💪💪
Ha esliman 2020 -yil 10 -sentyabr . Qiyin bölgandi lkn , budjetga kirdim xudoga shukr😇😇
У.Н
Бу кун ёмон хотиралар билан ёдимда қолган. Қийналган ота-оналар не умидлар билан фарзандини олий таълим муассасига олиб боради қарабсизки коррупция туфайли умидлар чилпарчин бўлади.
1- avgust desa uyimiz abituriyentga tulaa bugan kunni esliman.
Show next 100 comments