Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Ha esliman 2020 -yil 10 -sentyabr . Qiyin bölgandi lkn , budjetga kirdim xudoga shukr😇😇
У.Н
Бу кун ёмон хотиралар билан ёдимда қолган. Қийналган ота-оналар не умидлар билан фарзандини олий таълим муассасига олиб боради қарабсизки коррупция туфайли умидлар чилпарчин бўлади.
1- avgust desa uyimiz abituriyentga tulaa bugan kunni esliman.
Eng gullagan korrupsiya , X variantlar davri edi 2008 yil. Shu yil 3 ta fandan o'qib tayyorlanardim. X variantsiz o'qish kirib bulmaydi deyishdi. Uydagilarim olib berishmadi o'sha variantlarni. Dugonalarim olibdi kechasi bilan tayyorlanishgan ekan. Qattiq qo'rquv bilan 1 avgustda imtixonga kirdim. Testlarni bajardim. Mandat 13 avgustda chiqdi. Bordim...ro'yxat doskaga ilingan ekan. Dadam bilan tiqilinchda o'tib yaqinlashdik o'sha doskaga. 45 kishi olishardi xolos...45 talik ro'yxatni pastidan boshlab qidiraman...hech raqamim chiqmaydi...va nihoyat.... 🤩 budjet 1 o'rin 199.9 ball bilan. Terduga inyazga🎉🎉🎉
Eng ajoyib xotira
Qurbonov Muzaffar
2015 yili Jaxon tillariga hujjat topshirgan edim. O‘sha vaqtdagi hujjatlarni hamma bilsa kerak. 1 avgust kuni maktabda test sinovi bo‘lishi kerak edi. Lekin o‘sha kuni agar ishonsangiz juda xo‘rligim kelgan edi. Imtixonda yarim soat o‘tib shpargalka va telefonlar ishga tushgan menda esa ikkisi ham yo‘q edi. Bilsangiz o‘shalarning hammasiga qarab hech qaysing o‘qishga kirma deb ichimda aytgan edim. O‘qishdan ko‘nglim sovib ketgan edi. O‘qimayman deb aytgan edim. Biroq hozirda hammasi adolatli.
Elmurodova
Assalomu alaykum.Haqiqatda 1 avgust esdan chiqmaydigan bb qolgan. Shu munosabat bn bugun tushlikka chiroyli osh damladim va farzandlarimga eslab aytib berdim.
Qizim 8 avgustda test topshirgan birinchi yil talaba bo'ldi ollohga shukur.2 kurs tugatdi.
O'glim xudo xoxlasa 6 avgust kuni test topshiradi.Duo qilinglar iltimos.O'g'lim ham birinchi yil talaba bo'lsin.
BARCHA ABUTRIYENTLARGA OMAD TILAYMAN.
Hali hamon esimda Beruniy bekatidan chiqib OʻzMUga shoshganim. Mana bunga ham roppa-rosa 10 yil boʻlibdi. Rahmatli dadam imtihon tugaguncha kutib turgandi. Gʻanimat kunlar... Ollohga shukrki mana oʻsha hayajonli kunlar mevasini totyapmiz. Shu diplom orqasidan halol rizq topib farzandlarimizni oʻsha hayajonli kunlar umidi bilan yashayapmiz
Men kichkinaligimdan qoshimchalarga borardimda , hali maktab vaqtlarimdan ustozimni uyiga yig’ilishib olardik , ustozim olib ketardida uyiga. Oldimizga hamma kitoblarni yig’ib olardik. Lekin ustozim hech qanaqa pul olmasdi , shunchaki bilmadim meni o’quvchilarim kirdi degan gap uchun qilgandir, balki ustoz telefoniz ishlab tursin degan bo’lsa o’quvchilari shunga yo’q deyilmagandir, bu ishlarni bilmadim negaligini. Keyin abituriyentlar tel qilardi yaxshi gaplasholmasdik siz aytgandek texnik nosozliklar bolib qolardi. Keyin ertasiga darsga borganda hamma o’quvchilarga bo’lgan voqeani aytardi , telefonga ishonib qolmaslikni tushuntirardi. Lekin rostdan o’zim imtihonga kirganimdan ko’ra oshanda hayajonlanib yuragimda qo’rquv bilan turardim telefonda.
N.Qaxxorova
1-avgust hayot mamot kuni bo'ladi.2-yil o'qishga kirolmaganman.Har yil kirolmaganimni ko'rgach Yana repititorga qatnash uchun tinmay 4oy dekabrgcha ishlar edim.Dekabrda repititorga qatnashni boshlab ham kunduzi o'qishga tayyorlansam kechasi bilan kundalik harajatlarimni topish uchun tikuvchilik ham qilardim.Abiturentli kunlarim eng alamli va qiyin kunlarim bo'lgan.Atrofimdagi ota onasi qo'llaydigan qizlarga havasim kelardi.Ollohga shukur 3-yil 5-o'rinda grantga qabul qilindim.Hozirgi kunda magistraturani tamomlayapman-u lekin abiturentlik davrimda o'qigan bilimni his qilmadim.Oliy ta'limda o'qimasdan biror sohani o'rgangan odam oliy ta'limda o'qigan talabadan anchagina ustun,chunki talabalarning ko'p foizi diplomdan boshqasiga ega bo'lmaydi.
Юлдуз Фахриддиновна
Men 4 yil deganda o'qishga kirgandim,1 avgust ni hatto bugun ham bayramdek kutdim,hayajon bn
Butun repetetorga birga borgan bolalar taxminan 70dan ortiq hamma hayajonda,bir joylarimizga kitobchalar,kalkulyator joylardik,tapochkalarimizni qirqib ichiga formula kitob solardik,imtixondan chiqqach hamma bitta joyda oziga tushgan savollarni eslardi,qaysini belgilaganini...Ustizlarimiz tekshirardi togi yoki notugri belgilagan bolardik
Judayam zor bo'lgan.G'amimiz student bolish,ishlolmagan misollar,kitob bo'lgan
Oradan 8 yil o'tdi🤩🤩🤩
MOXINUR OSTONOVA
Xaaaa esimda xammasi 4 yil Tibbiyot akademiyasidan yiqilib 5chi yilda uqishga kirganman xozir 5 kurs talabasi buldim 1 avgust esda qolarli kun yanachi mandat chiqgan kuni 4 yil kuzimdan oqqan kuz yoshlarim daryo bulgan qilgan sabrim evaziga olloh meni siylagan ollohga bexisob shukur
1994 йил 1 август
Математика 47 дан (битта кам чиққан) 39 та --- 120,9 балл
Чет тили (француз) 48 тадан 20 та --- 62 балл
Она тили ва адабиёт 48 тадан 27 та --- 29,7 балл

ЖАМИ: 212,6 балл
Жавоб варақа: 0208495


27 йил бўлибди....
Hm juda ğalati bolib ketadi odam kimdir òqishga kirganini eslab kimdir esa bundan 1 yil oldin yiqilganini eslab. Man lekin 1 avgust kelsa yuregim orqaga tortadide yana öylovlar yomon hayollar boshlanadi chunki mana 3 yil topshirvoma yana ösha ötgan yilgidek agar kirolmasam Onam nima axvolga tushadi lekin rosa tez keladi shu 1 avgust endi bu yil qattiq niyat qildim kirishga va bu ishga kirishdim. Manga öxshagan abituryentlarga omad kirib ketila Insha Alloh hech qaysilani Ota onela öqishga kirmaganiladan köngli oğrib qolmasin. Hammaga odam yana bir bor 😘😘😘
SamDCHTI ning 3 ta fakulteti bor. Kim o'sha uch fakultet binosini ko'rgan. Ajoyib joylar bir kelinglar. Bittasidan anniq farq topasizlar. Agar ozginaa e'tibor bo'lganda edi. O'sha bittasi ham gullab yashnab ketardi.
Tarix, ingliz tili ona tili dan bilimim zo'r edi.
Lekin pul sababli Toshkent armon edi.
Hozirgilarga o'xshab uydan bepul va begap topshirish qayoqda.
Kamida 3 marta qatnardik imtihongacha
Buni ustiga kontaktni uydagilarga tushuntirolmas Edik.
Kirsang biliming bn kir deyishadi.
Shu uchun 2 yillik abituriyent stajiga ham ega bo'ldim

31 iyul kechasi eng uzun yaldo kechasi ,1-avgust soat 5 dan universitet tomon yo'l olganman ketma ket 3 yil
1999 yil 1 avgust ingliz filologiyasi test kitob va javoblar varaqasi raqamim 20 avgust da0687397 178 bn kontrakt yiglab ortga aytganman
2000 yil 1 avgust ham xuddi shunday faqat endi tarix
10 avgustda kutilmaganda javob chiqqan 147 ball bn kontakt javoblar varaqasi raqami 0016804
2001 yil 1-avgust o'zbek filologiyasiga hujjat topshirganman 10 avgustda natija e'lon qilingan GRANT javoblar varanasi 0507081
Ayni damda oliy toifali mutaxassisman
2019 yili 1 avgust juda yomon koʻraman wu kunni esimda test topwiriwga borganim shu yerda oldimda va yon tarafimda oʻtirganlar wpalgalkani ochiqchasiga iwlatyotganida oʻqiw dan koʻnglim sovigandi kimdir oylab yillab kechalari uyqusiz tayyorlanadi yu bazi birlani dip bizga wu yili talaba boʻlish nasib etmagan .Lekin 11 avgustni yaxwi koʻraman oʻtgan yili oʻqiwga kirdimmm .
Xullas xama Abituryentlaga omad tilayman
2017-yil 1-avgust, imtihon xonasida yarmidan ko'pi telefon olib kirib bemalol telefonda testini yechtirgandi, naziratchilarning ham ko'zi ko'r qulog'i kar edi. Xayriyatki bunaqa imtihonlar 2017 yildan keyin bo'lmadi. Aytgancha kurdoshlarimning deyarli 90%i trigonometriya nimaligini bilmasdi, o'qishga kirganda)
Show next 100 comments