Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
SALAMAT SABIROVNA
Assalomu alaykum ha o'sha 1- avgust kuni ko'pchilik uchun yaxshi xotira qoldirgan bo'lsa kerak shaxsan menda bu 1- avgust 2014 - yil shirin xotira qoldirgan 1- avgustda test topshirib 16- avgustgacha test natijasi chiqishini intiq bo'lib kutganman va talaba bo'lganman. Test jarayoni haqqoniy va shaffof bo'lgan, o'z kuchim bilan bir nimaga erisha olganimdan xozirgacha o'z-o'zimdan faxrlanaman. Biz bir oddiy fuqaro qo'limizdan shu kelgan xolos.
Matluba Qobilova
Bizning oilamiz uchun ham 1-avgust va 14-avgust qoʻrqinchli tushga aylangan edi. Chunki opam 7yil davomida oʻqishga topshirib kira olmasdi. Men esa grant asosida talaba boʻlgandim. Afsus opamning magʻlubiyati fonida xursand boʻlolmadik. Allohga shukurki baribir opam talaba boʻldi. Hozir yaxshi joyda ishlaydi. Oʻsha paytda taslim boʻlmay qayta-qayta oʻqishga topshirishga undagan ota-onamga ming rahmat!!! Hozir qizlari oliy ma'lumotli!!! U kunlar oʻtib ketdi!!! Yillar oʻtib birinchi avgust kuni bizning uyda toʻy boʻldi!!!! Oila qurganimga 7yil boʻldi!!!😊
1993 йил мактабни битириб тест топширганман. Унгача имтиҳонлар ёзма ва оғзаки бўларди. Ўша йили тестнинг иккинчи йили бўлиб, 1-блок табиий фанлар биология физика кимёдан 108 та савол, 2-блок математика ва 3-блок она тили ва адабиётдан 48 тадан савол эди. Агар тест бўлмаганда эҳтимол ўқишга киролмасдим, чунки минг яхши ўқиганим билан отам оддий ўқитувчи эдилар ва орқамда танкам йўқ эди. Университетга кириш учун битта машинанинг пулини сарфлаш керак дейишарди. Тестлар роса осон эди ва мени курсдошларим ҳаммалари оддий ўқитувчию шифокорларнинг фарзандлари бўлишган. Ҳозир уларнинг деярли барчалари олий ва биринчи тоифали ўқитувчилар, олимпиадаларда шогирдларимиз беллашишади. Ўзим ўз кучим билан ўқишга кирганим учун (1 август куни дадам касалхонада эдилар, орқамдан ҳеч ким бормаган) ҳар хил қинғирликлар билан олийгоҳга кираётганларни ва уларга шароит яратиб бераётганларни хоин деб ҳисоблайман
Жавлонбек Ботиров
Albatta 1-avgust boshqacha edi.Aynan shu kuni 2006 yil keyinchalik ADU talabasi bo'lishimga sababchi imtihon topshirgan edim.Unga birpasda 15 yil bo'libdi
Nodira Abdurasulovna
Salom, men 2009-yildan boshlab filologiya yo'nalishida tayyorlanib o'qishga topshirdim, Xvariantlar juda avjiga chiqqan davr edi, varinatni pulga sotib olib ballarni yuqoriga ko'tarib yuborishardi, ilmni ohiri yo'q degandek bizga o'hshaganlar 30tadan topsa ham o'qishga kirolmadi. Qattiq maqsad qo'ydim baribir o'qiyman deb,ona tili va adabiyot darsliklarini yodlab yubordim, 3yil deganda talaba bo'ldim. ADUni tamomladim, lekin o'qishda ham korrupsiya, o'qituvchilarning 50%qo'lida nima bor ekan deb qarab turadi, o'qiganingdan uyalib ketasan, 4 yilda bir marta o'rnidan turmasdan bitirib ketdi yarim talaba, hozir o'ylanaman qaysi bechora o'quvchilarni umrini zoye ketkizyapti ekan o'sha talabalar....Ishlayoganimga 5yil bo'ldi, bo' sh vaqtimda repititorlik qilaman. Bu yil magistraturaga hujjat topshirdim testga tayyorlansam yozma bo'lar ekan imtixon. Hammasi aniq bizning o'sha ustozlar olgan imtixondan o'tadiganlar hozir savolini yodlash bilan band. Men istardim imtihonlar onlayn kuzatuv ostida suhbat bilan o'tsa... Eh O'zbekiston, sening korrupsiyasiz, adolatli davrlar keladigan zamoningni ham ko'rsatsin...
2014-yil 1-avgust va 16-avgust sanalari hayotim davomida yodimdan chiqmasa kerak. 1-yil topshirishimda oxirgi o'rin grant bilan talaba bo'lganman. Test javobini 15-avgust 23:43 da bilgandim. Hayajonli damlar. O'sha paytgi imtihonlarda o'z bilimi bilan kirgan talabalardek bilimli talabalar bo'lmasa kerak
Sanjarbek Kushbakov
Exxxe 1 avgust !!!! qabul tugashiga qolganda shunaqa talpalar bulardi. Dokument topshirish bir muammo edi.
O'qishga kirishni variantlari bulardi:
Shpargalka
Talkash
Savol olib chiqish
Telefonda o'qib turish
Savollarni rasmga tushirib tashlab yuborish....
Va hakozo...
Shu tariqa yillar davomida OLTIN AVLODNI YO'QOTDIK!!!
hamma boshqa yo'llar bn kirganlar hozir hammasi biror LAVOZIMDA ishlab qannay soqqa qilsamikin deb o'ylayabdi.
ESSIZ.....
O'ZIMIZ O'TIRGAN DARAXT SHOXNI O'ZIMIZ ARRALADIK va buni ko'rib ko'rmaganga oldik!!!
Maftuna Bahodirovna
Men ham 2yil Moliya institutiga tayyorlanib kirolmaganman. 3-yil Nizomiyga ham. U paytdagi to'plagan ballariiim... 1-avgust kuni hsr yili umuman kayfiyatsiz bo'lardim. Mana 4yil oldin Chirchiq DPI ochildi. Shu institutda o'qidim. Armonlarim bir necha yillardan so'ng ushaldi😀
😢 Prosta taksi qimmat 3 yo 4 barobarga
Xushnudbek aka. Bitta savolim bor edi. Bilmadim bu savol DTMga talluqliymi yoki OTVgami lekin men uchun katta savol bo'lib turibdi. Qarangda o'qimagan, umuman kitob ochib ko'rmagan abituriyent OTM ga kirish uchun imtihon topshirdi (tavakkal ko'raman deb). Va 5 ta yerning hammasini nufuzi past OTMlarni belgiladi, va imtihon kuni hammasiga "A" belgilab chiqdi (savollarni o'qimastan). Va balli 56,7 balldan ko'p bo'ldi (masalan 66 ball deylik). Va shu ball bilan 5 ta yerning bittasiga kontrakmi, grantmi kird. Bunday holatda o'sha kirgan OTMda o'qisa bo'ladimi? Tavakkal topshirib hammasini A qilsada o'qishi mumkinmi?
Roppa rosa 5 yil deganda o'qishga kirdim. 1-avgustdan kura 14-15-avgustlar eng qurqinchli kunlar bulardi. Har yili bir xil natija siz talabalikka tavsiya etilmadingiz degan. Shu sababli o'qishga kirganimga ishonmaganman. Allohga shukr mana shu yil insni tamomladim. Lekin baribir 1-avgust boshqacha taassurot qoldirgan
1 avgust nega hech qanaqa kun oddiy kun deyabsiz axir bugun Vatanimizda Temir yulchilar kuniku yoddan chiqdimi
Men 2003 yil imtixon topshirganimda 107.8 bal to‘plaganma. Grantga kirish bali 108.1 bo‘lgan.
Oilaviy sharoitimiz to‘g‘ri kelmaganidan o‘q‘maganman.
Balki yaxshilab tayyorlanganimda yoki ooozgina xohish va ooozgina siyosiy irodam bo‘lganida o‘qigan bo‘larmidim.
Osha paytlarda rosa siqilganman. 1 avgust kelganda armonlarim esimga tushar edi.
Hozir armonlarim tarqagan. Oliy ma‘lumotli bo‘la olmagan bo‘lsam ham hozirda o‘zimga yoqadigan daromadli kasb egasiman.
Lekin bu yil sirtqiga topshirganman. 11 avgusda imtixon. Agar kira olmasam 11 avgust kelganida siqilmasam kerak.
Anonim
2006 yil da o‘qishga kirdim.1 avgust hali ham xuddi kechagidek esimda.Qarshida kun issiq, odamlar ko‘p. Kserokopiyalar tinimsiz "X variant,shpargalkalar" chiqaradi. Hamma kuchli hayajonda. "Tankasi" borlar ko‘ngli xotirjam, menga o‘xshagan "o‘zi tayyorgarlik ko‘rganlar" biroz qo‘rquvda...
Xudoga shukur 17 avgust kuni bildim grantga kiribman... .
Мен 1- августда талаба булолмаганман 4 йил топшириб киролмаганман ва 5 чи йил яни 2018 йил 7- августда талаба булганман☺️
𝓒ᤨᤢ𝓱ᤨᤢ𝓲ᤨᤢ𝓬ᤨᤢ𝓬ᤢ𝓲ᤨᤢ𝓽ᤨᤢ𝓪ᤨᤢ 🕊
Бугун мени тугилган куним лекин 22га кирган булсам хам 10марта нишонлаган булсам керак. Ёмон кураман бу санани. Хамма бошка ташвишда буларди шу куни
Men 2012- yil talaba bo‘lganman. 3-yili o‘qishga kirish nasib qilgan. Xar gal imtixondan chiqib qornim og‘rib 3 kun yotib qolardim.
Qariyb 7 yildan beri o‘quvchi tayyorlayman va o‘quvchilarimni 35-40% i oliygohlarga kirib kelishmoqda.
Lekin xozir xam shu sanaga yaqin va undan keyin 3 kunlik dam olish takrorlanib turibdi😀😀
1-avgust eng shirin xotirlarimni yodga soladi. Ishonch bilan imtihonga kirib chiqqanim,opam qalay deb so‘raganlarida kamida kunlikda grant bo‘laman deya mandat kuni 5-o‘rinda grand nasib qilgani,lekin mandatgacha uyqusiz kunlarim kechagidek yodimda....
2000 йил 3-йилда кирганман. Адашмасам ўша йили 21 августда эълон қилинган. 24-ўринда грантга кирганман. Ҳаракатдан тўхтамаслик керак.
Taksi qimmat boʻlsayam,bunkerlar davri boʻlsayam baribir oʻsha avgustning boshlanishida kamchiliklar safida sizam talaba bolgansizku baribir 1 -avgust gashti boʻlardi bir paytlar
Menda bu kunga nisbatan deyarli hotira yòq cunki ollohga wukur otkan yili topwirib talaba boldim axir 2 yildan beri imtihonlar 1 avgustda bolmayaptida😁
Show next 100 comments