Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Umidjon Mamatqulov
2009 yili Moliya 175.4 bilan kantraktga ham kira olmaganman. Ayniqsa 1 avgust kuni viloyatliklarga juda qiyin bulardi. Yul kira narxi 2 baravarigacha kutarilib ketardi. Shu taksist akalarga rahmat shu akalar tufayli poytaxtda qolib ketdik. Uqishlarni bitirib poytaxt da qolib ketdik.
Husniddin O'lmasov
Bundan 8 yil oldin Buxoro Davlat Universiteti, Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishiga hujjat topshirgandim. 1-avgust xotirasini shu kun eslab o'tirgan edim o'zi, hozirgina kanalni kuzatib , yana o'sha xotiralar yodimdan o'tyapti bir-bir . Birinchi marta imtihon topshirishim edi va shu birgina imtihonni o'zi grant bilan o'qishga kirishimga kifoya qildi. 27-xonada 30 ta abituriyent edik va 3 kishi grant bilan qabul qilinibmiz. O'sha jarayondagi voqealarni bu yerda aytib bo'lmaydi, hammasi juda daxshat bo'lgandi. O'qishga 163,7 ball bilan oxirgi o'rin grantga kirdim. 2 ta blokdan kursga borgandim akademik litseyda o'qib yurganimda. Natijam: tarix - 33 ta , ona tili adabiyot - 24 ta, ingliz tili 10 ta to'g'ri. Xudo guvoh, o'z bilimim bilan kirdim o'qishga. Qishloqda esa malomatga qolib ham ketdim buni otasi ishxonasidagi boshliq jo'rasi kirgizib qo'ydi pul yoki tanish--bilish qilib degan gap so'zlarga . Keyin o'zimga o'zim o'qishga kirsang ham bir balo ekan deb yuborganman o'shanda .
2014-yil 1-avgustda 1-yil topshirishimda 165.8 ball to'plaganman. 2.4ball yetmay qolgan kontraktga. Juda qattiq siqilganman shuncha tayyorlanib kirolmaganman. o'sha paytlar bunkerlik juda avjiga chiqqan paytlar edi. Auditoriyadagi "ishlar" ni ko'rib ancha ruhim singan. Yonimdagi qiznikini yana bir nechta odamnikini nazoratchi savollar kitobizda xatolik bor ekan deb olib chiqib ketib 20min.da tayyor belgilangan holda opkebergan. Yonimdagi qiz shunday ochsa qarangki belgilangan uni ko'rim meni bo'larim bo'lgan. Bo'ldi endi men kirolmayman deb juda qattiq stressga tushganman oshanda. Shuni o'zida 26,28,24 tadan ishlaganman bloklarimni. Keyin dop.qabul kutganman CHAQIRISHMAGAN. Keyin surishtirib bilsak mendan past ball olganlarni chaqirishgan 70 ta kal bobo berishgani uchun😂😈 Buni eshitgach zo'rdan zo'r bo'laman grantga kiraman xudoxohlasa deb Bismillahni aytib yanvardan yana tayyorlandim. Va 2015-yil 1-avgustda imtixonga bordim. Savollar kitobini Bismillahni aytib ochib testni boshladim. Omadim 1-partaga o'tirganim bo'ldi. Ro'paramda devor chalg'imayman. O'tgan yili oxirroqda o'tirb xonadagi o'yinlarni ko'rib juda cho'kkandim. Bu safar umuman qaramadim. Menga desa portlab ketsin dedim. Vaqtni nazorat qilish uchun qo'l soat taqqandim.Ingliz tilini 15daqiqada. Tarixni biroz ko'proq qolgan vaqtim esa ona tili va adabni ishlashga ketdi. Chunki u paytlar ona tilidan savollar juda murakkab tuzilar edi. Shu tariqa testni tugatib kuchli bosh og'rig'i bilan uyga qaytdim. Va 22 kun deganda mandat chiqdi. Xali sensor telefon menda yo'q eski 2700 nokia telim orqali dtm.uz saytidan kodni terib La havla va la quvvata ni aytib mandatni ko'rdim. Ko'zimni yumib sekin ochdim va ekranda davlat granti asosida degan yozuvni o'qidim. Nahotki nahotki Alhamdulillah dedim. Yonimda opam bor edi. Qarangchi meni chimchilab ko'ringchi tushimmasmi dedim))) Natija 33/36
33/36
31/36 205.7 edi. Shuncha mehnat onam duosi uyqusiz tunlar vazn yo'qotish natijasi bergandi... 4yil bakalavrni o'ynab-kulib bitirdim. Barcha ustozlar meni hurmat qilardi. Chunki bilimim b.n kirgandim. Va Alhamdulillah bu yil magistraturani ham bitirdim. Oldinda rejalar judayam katta.

1-kurs bakalavr bitirganimda menga ham taklif tushgan "Miya" bo'lishga. Xavfsizlik 100% kafolatlanadi deyishgan. Lekin men rad qilganman. Nega?! Chunki 1-yil arzimagan ball yetmay kirolmaganimda his qilgan tuyg'uni boshqa odam his qilishini xohlamaganman. U ham bunkerdagilarni qarg'ashini xohlamaganman. Adolat bor joyda o'sish bo'ladi. Kimlardir shu ish orqasidan uy moshina qilgandir. Lekin menimcha baribir bu ish xato. ko'z yoshlar evaziga kelgani buyurmaydi. Hozir esa ancha imtixonlar tartibga kelib qoldi. Savollar ham soddalashtirilgan. Hozirgi abituriyentlarga xavasim keladi to'g'risi
@wavkatov_na
1999 йил мактабни битириб худди шу йилда ИНЯЗ га гранд асасида укишга кабул килинганман. 1 август роса хаяжонли булган ва жавоби чикишини 19 кун кутганман.
1 август 2006 йил омадим келган. Биология ва химияни росса ечиб русский язык и литература га вакт етмай хаммасин "с" белгилаганман мандатда чизикни тепасида туриганман. Шунда русский язык и литература дан 14та тугри чиккан. Жуда омадим келган🤣🤣🤣
2015 yi 1 avgust. 1400$ ga ukammi grand kirgizganman. Omad. 😹🤏🤷‍♂️.shuncha tanish, bunker, ish bermay oddiy samsung j1 shareit tufayli o'qishga kirgan.🤷‍♂️ 120 metrdan j1 ni shareiti ishlab ketib rasm tashab bergan. Bori shu. Nima qilay. 4 yil yiqilib oxiri budjet kirganman. Atrofda hamma shunday qilganda ukammi ham 4 yilini havoga uchiraymi. Lekin bu foyda emas o'rtoqlar. 100 mln lik Super kontrak nimayu talkash orqali kirgan do'p nima. Bari bir. Yagona yo'l. Barcha imtiyozlarni bekor qilish. Kambag'almi, xarbiyni bolasimi, boymi farqi yo'q. Yagona mezon bilim bo'lmog'j kerak. Qogani bekor. Po....uy. siyosiy iroda zarur
Zilola Abdullayeva
Eh o'sha yillarni eslasam... o'g'lim o'qishga kira olmagani uchun bir yil siqilib yuribman. Hozir magistraturani ham o'qiyapti. Baribir u yillarni eslashni xohlamayman.
Манда хам жудаям таьсирли кун сифатида эсга оламан АЛБАТТА !!!
Биринчиси Менинг суннат хатна тўйим 1991 йил 1-августда нишонланган. Қарши туманининг 23-Мактабни 11-‘’А’’ синфини тамомлаб биринчи бор ҚАРШИ МИИга 1-августида экзаменга кирганман ва давлат грандига талабаликка қабул қилинганМАН ва ўқув йилини охирларида айрим ғаламисларни қилмишлари туфайли талабалик сафидан четлаштирилганМАН … Кейинги 5 йиллик 1- август мен учун омадсиз кун сифатида хотирамга мухирланганди. 2010 йилнинг 1-августида мен учун омадли августим бўлиб мухирланди. Сабаби ТАТУнинг ҚАРШИ филиалига давлат грандига талабаликка қабул қилиндим. Шу ўтган 4 йил ичида курсдошимга ўйландим ва хозирда 4 нафар фарзандимни отаси ман !!!!
Bakhtnazar Shakirov
To'g'risi o'sha kuni kechasi bilan imtixon oldidan pashsha chaqib chiqan! Uxlay olmaganman! Lekin 1- avgust shunchaki oddiy kunligini o'qishga kirib bilibman! Birinchi avgustni maktabni tugatib 3 yil kutib 2,5 soatda tugaganligidan ozgina jahlim ham chiqqan! O'sha kuni ko'cha to'la olomon,yo'llar provka, 8 marta o'qishdan yiqilgan inson bilan suhbatlashib, mendagi qo'rquv paydo bo'lganini eslayman! Shukur u kunlar ham xuddi kechagi kun kabi o'tdi!
У. Қодиров
2006-й да Тошкент Давлат Юридик Институтига топширганман,худди Хушнудбек каби.Лекин киролмаганман,агар ўқишга кирганимда Хушнудбек бн курсдош бўлар эканман.Эҳ. Кейинги йил Термиз ДУга тарихга топширдим ва 131.4 балл бн охирги 30-бюджетга кирдим. Ҳозирда Бойсунда мактабда завучман.Мана шунақа
1994йил канчалик огир эслаш 1чи тест йиллари янги ТОШ Ми га 167.9 билан киролмаганман.Кейинги1995 йил эса роса тайёрланиб эски ТоШМИга яна топширдим.169.2 булди Афсус
Dilafruz Abdurahimova
Eng hayajonli kunlardan biri 1-avgust edi men uchun ham chunki 3 yil òqishga kirolmay 4 yili kirganman 3yil ichida turli yòllardan foydalanishga harakat qilganman lekin eplolmaganman u yillarda telefon olib kirish juda avjiga chiqqan edi keyingi yili hech narsa olib kirmasdan 7-òrinda kontrakka òqishga kirganman
Paxta qo'ying Xushnudbek eka, sizni Prezident oxiratda shafoat qiladi
Яна кирлмабман.энг алам килгани Тошмидагилар 31 август куни чакиришганда роса хурсанд булиб борсам сизга1.8 бал етмади да 40 000(шу ракам эсимдан чикмайди) сум берсангиз рус группамиз тулмаган булади иложи дейишганди.Ахир мен оддий оилани боласиман шунча пулни кимдан оламан десам сени жойинга 4таси тайердеб.хафсаламни пир килишган .Эх армонли кунлар шу бал билан узларини оклаш учун Мед техникумга жунатишган.1ийлдан сунг яна хужжат топширишга борсам атестатни бахона килиб сиз мед техникумда укиркансиз битирсангиз ёкиочислене бусангиз булиши мумкин дейишди шу билан кечдим бу дунеда хакикат йуклигидан.Хозир Оллохга шукр 4та фарзандим 2таси студент иншоллох.3чи кизим президент мактабини 1боскичидан утди.студентларим лекин тиббиёт йулидан эмас.коттам УЗЖОКУда кейингим эса шаркшуносликда.ана шунака бир эслашдикде.
Anvar Xudaykulov
Eexx birinchi avgust, meni onajonim 1-avgustni yomon ko'raman derdila, chunki 5 ta farzandidan faqat opam birinchi yildan o'qishga kirgan, men 2- yil kirdim, ukam 4-yil kirdi, singlim esa 7-yil o'qishga kirdi, kirolmagan yillarimiz onajonim unsiz yig'lardi. Hozir esa 1-avgust oddiy kunlardan biri, hatto kecha bu sanani ukamni kasb bayrami sifatida nishonlashdi onajonim xursaaand.
Qoraxonov Bobur
1-avgustda o'yinlarning kattasi bo'lardi. Xonalarda kamera yo'q, hamma o'z bilganini qilardi. Hatta bir safar KATTA NAZORATCHILARDAN biri xonaga kelib X-varyanting bo'ladimi, telefoning bo'ladimi shovqin qilmay foydalanaver haloling bo'lsin degandi.
1- avgustdan 22- avgustgacha olgan stresim xaliyam sog’ligimga o’zini ta’sirini ko’rsatadi.
2016- yil 22- avgust kuni O’zbekiston davlat konsertvatoriyasiga to’lov - kontrakt asosida o’qishga qabul qilinganman.
Men ham 10-yil kirganman oʻqishga. Faqat oʻz kuchim b.n. Ollohga behisob shukr. Ota onamni sabriga, qolaversa ishonchiga qoyil qolaman. Shuncha yiqilsam ham menga ishonch bildirib omad tilab qolishgan oʻsha 1-avgust sanasida. Bu yil rafiqam yana OTMga topshiryapti oldin menga duoda boʻlgan ota onam bu safar keliniga omad tilab duo qilyapti... 😢
Абутова А. Ж.
Ассалому алейкум
Show next 83 comments