⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Nima foydasini o‘ylashyabdi 32 yil bo‘ldi o‘zbek harflari o‘ylab chiqalganiga o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga lekin haliham krill alifbosidan voz kechaolmayabmizku. Agar yana o‘zgartirish kiritilsa yana 50 yil kutamizmi. Exx o‘zbekistonda nimalar sodir bo‘lyabdi
𝓑𝓸𝓫𝓾𝓻
Nimaga endi turk alifbosidan foydalanishimiz kerak
Shodmonov Doston
Yana 30 yildan keyin yana o'zgartiramiz bekorchilikdan boshqa qiladigan ishi yuq
HojiSoliyev Doniyorjon (Namuna MFY)
Yumshoq "H" bilan qattiq "Х" bitta harfga o'tkazish kerak.
S va h harflari alohidaku shunga ozgartirayotgan bolsa kerak, masalan Is'hoq da tutuq belgisi b.n ma'nosi bor. Ushoq shunaqa narsalarni oylaganmi
Shuxratxon
O'zi Kiril alifbosi yaxshi edi keyin lotincha endi yana o'zgartirishni xojati yo'q
Boshqa muammolar hal qilinsa boʻlmasmikan uni oʻrniga
Oʻzbeklarga lotin kirill muammosi ham yetib turgandi oʻzi
Акмал ака Биринчи
ПИЦЦА қанақа ёзилади
"SH" bilan "CH" harflarini òzgartirgandan "H" bilan "X" harflarini ustida ishlashganida yaxshi bolardi 2ta harf sal kam bir xil,uni ustiga "SH","CH" yozilishiga kòpchilik òrganib qolgandi,
Alifbo yaxshiyu lekin 1 ta harf òzgarsa butun Ôzbekistonni boshqattan hujjatlashtirish kerak bôladi
Abduazimova
Qolgan ishlar kutib turadi. Muhimi Alifboni tartibga olaylik😐😐😐 . Aytgancha Osmonimiz musaffo boshqa qiladigan ishimiz qolmadi
Kerak emas hech qancha farq qilmaydiku axir, nima keragi bor. Qani foydali va qulay tomonini tushuntirsinchi
Ш va ч yozilishi juda gʻalati kuu
Killer
Hozirgi paytda, umuman, ortiqcha bu. Ta'lim sifatini o'rniga keltirolmay turgan paytda o'quvchilarni yana chalg'itish kerak emas.
Hozir amalda bo'lgan lotin alifbosi manimcha eng ideal variant. Sodda alifbo yaxshi
Yangilik kiritish kerekan dib bolar bolmas qaror qabul qilish keremasu ,qanchadan qancha sohala bor yengilik va islohot qilish kere shu sohalani
Ozgartirish shart emas,asli holicha qolgani ma'qul
Bu o'zgarishlar umuman olib qaraganda arzimas tuyilar, lekin aholining ayrim qatlamlarini yana savodsizligi oshib borishi chatoq bo'ladi!
Assalom aleykum o‘zgartiradigan boshqa narsalar ham borku odamlar o‘rganishgan men bu taklifga qo‘shilmayman
Shunga ketga xarajatga qishloqlarga gaz svet k.k qishloqda ahvol og'ir ularga harf k.k emas gaz svet k.k bollari sovuq yemasligi u.n uyida rohatda bo'lishi u.n
Show next 100 comments