⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
O‘zimizni alifbo yaxshiyu Ш bn Ч nma keragi bor u xarflarni qayerda unday yozuv bor xechqayerda yo‘qku
Lotin alifbosi bilan kril alifbosini chachistirvoradigan darajada ilmi balandda bizni olimlarizmi,yana lotin alifbosiga asoslangan deyishadi😅
ILYOSBEK
Кераги йок узгартиришди шудай когани яхши
Sh bilan ch ni yozish uchun 2harakat kifoya, biroq ç ş biroz qiyin, yana yangi nashrlar ularga mablag', bizku o'rganib ketarmiz, lekin boshlang'ich sinflar chalg'ib qoladi.
Menimcha, alifbomiz yaxshi
Yangi alifbo kerak emas, o'zi hamma tarafni imloviy xato bosib ketdi
Akhadova G
O'zgartiraman desa o'zgartirishga ko'p narsalar bor. Shu alifboyimizni tinch qo'yinglar
Faqat ng harfini o'zgarishini jon deb qabul qilaman.Chunki maktabda Ng harf birikmasini o'quvchilarga 1-sinfda yozdirishdan ma'no yo'q
.Kichik ng harf birikmasini qabul qilinishi hech qanday ortiqcha ovvoragarchilik sezdirmaydi .Faqat o'quvchilarga ortiqcha vaqt sarflab yozuv daftariga yozdirishdan qutilardi boshlang'ich sinf o'qituvchilari.Boshqa harflarni tinch qo'yinglar ,o'zgarish bsa yana ortiqcha sarf harajat yana isrofgarchiliklar . ID passport olganlarga rahmim kelyapti negadir
M.Zuxra_Abduvoxidovna
umuman muhimmas bundanam ahamiyatli sohalarga e'tibor berilsa bo'lardi
H va X bitta bo‘lsa xato 50 % kamayardi
ng niyam 1 ta harf qilish kk
Ranosh
Turklarnikiga emas inglizlarnikiga o'xshagani ma'qulroq. Har xolda dunyoviy til ingliz tili
ng ni o'rniga Ц bo'lsa bo'lardi
Yangi qowilgan C bu harfni qaysi soz ucun iwlatamiz
туркча алифбоми? кино хам туркча, ..... балким корейсча га утармиз
Акмал ака Биринчи
юмшатиш белгиси бор сўзларни, исмларни бузиб ёзамизми энди?
X va H larni muommosini hal qilish kerak faqat hammadan ko'chirib o'zgartirish qildik demasdan Hozirgi Sh Va Ch larni hohlagan gadjet yani biz ishlatayotgan qurilmalarda bor yangilarini o'zi bir muommo bo'ladiku
Agar oʻzgartirilsa hamma kitoblarni qayta bosmadan chiqarishga toʻgʻri keladi ,bu ortiqcha harakat talab qiladi eski alifda qolgan yaxshi manimcha.
Alifboni kimga zarari tegyapti òzi
2ta harf uchun butun boshli "lotincha"dagi kitoblarni qayta chop qilish kerakmi? (Necha million nusxadagi kitoblar!!!) Ch bilan sh ga hamma o'rganib boldiku. Kerakmas deb bilaman
Show next 100 comments