⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Usman
Ng harfi unchalik muhum emas, ng tovushini o'zi yetar edi menimcha
Umuman kerak emas
Sal keyinroq bolsin
D I M A
Бу узгариш камку яна 10-15 та узгартириш киритинглар. Кимдир ишлаётганини курсатиш керак ёки кимдир илмий иш килаётгандир халкнинг зарарига фойдаларинг тегмаганга яраша зарарларинг хам тегмасин.
Зайбал кароче
Кирил харфларидан нима учун воз кечиш керак, нима учун айнан лотин алифбосига утиш керак? Тарихда качон алифбомиз лотин тилида булган?
Кирилга кайтиш керак
Нафиса Исломовна
Sh va ch o'zgarmasin turklarni harfiku, bizni gapimiz ham inobatga olinadimi
Katta Ng harfini chiqarib yuboring zor. Ish qilishibdi
Ergashboy)
Alifbo ozgargani yuq talaffuzga raqamli zamonga moslashyapmiz bitta harf yozguncha 40 ta knopka termaslik uchun bu
Raqamli zamonimizning hammasi ingliz tiliga borib taqaladi, ( hozirgi alifbo shunga mos) bu oʻzgarish ham albatta taʼsir koʻrsatmasdan qolmaydi
Bu yangi alifboni oldingi eski alifbodan nima yaxshi tomoni borki alifboni o‘zgartirish kerak shu savolga mutasaddilardan javob kutamiz.
Ishi yòq itini suģoradi degani shu
Hozir birov bu alifbo ustidan shikoyat qilyaptimi o'zgartirishga qarshiman bu meni shaxsiy fikrim
Ahmoqni ishini qilishibdi, alifbodan boshqa ishlari yo'qmi
F.B.A.
Ha shunday qilishsa yaxshi bo‘lardi va ng birikmasini bo‘lak o‘z holiga keltirish kerak bolalar chalg‘ishadi.
Ravshanova Mavjuda
Aslo keragi yo‘q shu narsaning o‘zi krill alifbosidan hali to‘liq voz kecha olmayapmiz u yana alifboga o‘zgartirish kritishga nima hojat bor.Yana savodsizlik avj oladi o‘zi shunday ham ham ikki avlod vakillari bir yoqda lotincha o‘qiy olmaydi bir yoqdagisi krillchani ko‘rsa ruscha ekan deb kitobni ham qo‘liga olmaydi. Bosqichma bosqich o‘tish kerak degan fikrga ham qarshiman. Alifboni umuman o‘zgartishni keragi yo‘q. Undan ko‘ra bolalarimizga o‘z mustaqil firkini dadil aytishni o‘rgataylik. Qachongacha birovlar aytgan fikrni ma‘qullab qarsak chaliiib turaveramiz. O‘zi shu fikrlarimizni biror kishi o‘qib ko‘rakmikan? Men o‘zbek tili va adabiyot fan o‘qituvchisiman bolalarimiz kitob o‘qimasligidan xafa bo‘lamiz buning sababi o‘sha yana alifboga borib taqaladi. Ko‘pgina sara asarlar krill alifbosida lotin alifbosida ham nashr qilinyapti albatta. Baribir men til va adabiyot o‘qituvchilari nomadan bu o‘zgarishni hech ham keragi yo‘q deyman.
Show next 100 comments