⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Ishi yòq itini suģoradi degani shu
Hozir birov bu alifbo ustidan shikoyat qilyaptimi o'zgartirishga qarshiman bu meni shaxsiy fikrim
Ahmoqni ishini qilishibdi, alifbodan boshqa ishlari yo'qmi
F.B.A.
Ha shunday qilishsa yaxshi bo‘lardi va ng birikmasini bo‘lak o‘z holiga keltirish kerak bolalar chalg‘ishadi.
Ravshanova Mavjuda
Aslo keragi yo‘q shu narsaning o‘zi krill alifbosidan hali to‘liq voz kecha olmayapmiz u yana alifboga o‘zgartirish kritishga nima hojat bor.Yana savodsizlik avj oladi o‘zi shunday ham ham ikki avlod vakillari bir yoqda lotincha o‘qiy olmaydi bir yoqdagisi krillchani ko‘rsa ruscha ekan deb kitobni ham qo‘liga olmaydi. Bosqichma bosqich o‘tish kerak degan fikrga ham qarshiman. Alifboni umuman o‘zgartishni keragi yo‘q. Undan ko‘ra bolalarimizga o‘z mustaqil firkini dadil aytishni o‘rgataylik. Qachongacha birovlar aytgan fikrni ma‘qullab qarsak chaliiib turaveramiz. O‘zi shu fikrlarimizni biror kishi o‘qib ko‘rakmikan? Men o‘zbek tili va adabiyot fan o‘qituvchisiman bolalarimiz kitob o‘qimasligidan xafa bo‘lamiz buning sababi o‘sha yana alifboga borib taqaladi. Ko‘pgina sara asarlar krill alifbosida lotin alifbosida ham nashr qilinyapti albatta. Baribir men til va adabiyot o‘qituvchilari nomadan bu o‘zgarishni hech ham keragi yo‘q deyman.
Bizga turk alifbosi va talaffuzini oʻtkazishmoqchiku a bu qanday masxarabozlik buni qaysi kallasi katta oʻylab taklif berdi. Yechish uchun shundoqham muammolarimiz yetarliku bir tiyinga qimmatda hammasi
Zulayho Beknazarova
Менимча ўзгартиришни кераги йўқ, чунки янги алифбо чиққач дарсликлар ўқитувчининг кўргазмали материаллари вахоказолар ўзгариши керак .Бу иқтисодий томондан маблағ талаб қилади
Jida ajoyib taklif zero hozirgilar kõpi "sh"ni õrniga "w" "ch"ni õrniga "c"ni ishlatishmoqda
Jasurbek Tirkashev
ng ni ham oʻzgartirish kerak
Samadov Aburayhon
Alifboni isloh qilish kerak emas bunga ketadigan mablağni taʼlim ni rivojlantirishga yoʻnaltirish kerak
Радуга
Shohruhmirzo
Ng ni yo'qotsek,talaffuzimiz nima bo'ladi,olib keli"n"g"" deymizmi
Бу нима деганиз? Келинг деяверасиз, ахир алифбода буни учун н хафиям бор, г харфиям бор, алохида.
Yozuvni õzgartiriw uchun, istaysizmi yoki yõqmi juda katta mablag' kerak. Butun bowli kitoblar, kõchalardagi afishalar, hujjatlar barcha barchasi õzgartirilishi kerak. Bu esa kkatta mablağni talab qiladi. Buyerda qilinishi kerak bõlgan ishlar, islohotlar turibdi. Ularni bir chetga qôyib yozuv ustida bosh qotirish noõrindir. Shunday ekan davlat mablağini bowqa sohalarga qarataylik. Masalan ishlab chiqarish, tadbirkorlik, talim, tibbiyot va boshqalarga.
Turkladan xarf chopiliptide😂😂😂
Bunday qilib nima foyda,yaxshisi,fanda,tilimizda chinakam muammolarga sabab bo'layotgan masalarga vaqtni,mablag'ni sarf etsak maqsadga muvofiq bo'lar edi.Hozir alifbomizni o'zgartirsak,juda ko'p narsalarni: badiiy,ilmiy asarlar,ommaviy axborot vositalarini o'zgartirishimiz kerak bo'ladi va bu juda uzoq davom etadigan,qiyin jarayondir.


Shuningdek, tilimizni zavq,qiziqish bilan o'rganayotgan chet el vakillari o'rganishda ancha qiynaladilar,biz tilimizning dunyo miqyosidagi tillardan biriga aylanishini istaymiz-ku,agar bunday o'zgartirishlar kiritaversak,uni o'rganish,tadqiq qilish anchagina murakkablashadi,undan ko'ra asosiy muammolarni bartaraf etsak,hammamiz uchun yaxshi bo'lardi.
Kamolov Bek
Buni uzgartirishning asosiy sababi nima uzi
Xusniddin Allayarov
Шу туруши жуда яхши ўзгартириш киритишга хожат йўқ
Turklani harfi bizga kerakmas axir
Bu narsani tepadagi megamiyalar emas xalq xal qilish kerak
Show next 100 comments