⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Уктам Курбанбаев
Ц Харфи йук.
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.
Assalomu alaykum, barchaga ‼️

bu alifbomizga yana qo'shimcha I, ü harflarini ham qo'shib qo'yishsa, TURKLAR : " o'zbeklar bizni alifbomizni ko'chirishibdi", - deyishadi aniq ☹️

O'zi krillchadan hali to'liq qutulib, o'zimizni amaldagi alifboga o'tganimiz yo'q-ku, bu yangidan qachon foydalanamiz
QARŞI ovoz berish kere:

1) bunaqa òzgartitişlaga kòp pul kere, ajrtatilgan soqqani esa yeb qòyişadi yana

2) şu bahona yana 5-10 yil ortga suriladi lotinga 100% òtish

3) komp va tel'ga alohida raskladka qòyiş kere
𝙎𝙝𝙖𝙝𝙯𝙤𝙙𝙖
Hech ham keragi yòq bu alifboni bizga. Chunki eski alifboga òrganib bòlganmz. Sh harfini ş kabi yozilishi asabimga òynadi ochiģi🙄😒
Ayniqsa sh va ch
Oddiygina kiril alifbosini lotinga oʻgirish kerak tamom!
Tutuq belgisi haqida ham o'ylab ko'rilsa,maqsadga muvofiq bo'lardi
Yangi alifbo qabul qilinsa xalqimiz quyidagi to‘siqlarga duch keladi
1.Juda ko‘p adabiyotlar ilmiy asarlar hozirgi yozuvda chiqarilgan. Agar yozuv o‘zgarsa ularni yana boshqatdan nashr qilish kerak bunga davlatning mlrdlab pullari sarflanadi undan ko‘ra yozuvni o‘zgartirgancha hozirgisini rivojlantirsin. Hozir ham biz juda qiynalamiz sababi tariximizda juda ko‘p marotaba yozuv o‘zgargan shu sababli ko‘p tarixiy asarlardan bexabarmiz. Hozir ularni tarjima qilib o‘rganyapmiz. Yozuv o‘zgarsa 10 yildan keyin yoshlar biz o‘qiyotgan kitoblarni o‘rganolmaydi ularni yana yana tarjima qilish kerak.

Nega tepada o‘tirganlar bularni hisobga olmaydi. Savol biz birovga yaxshi ko‘rinish uchun yozuvni o‘zgartiramizmi?
Shunga sarflanadigan pullarni ilmga iqdisodfa yoshlar kelajagiga sarflasin.
Eng rivojlangan davlatlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak ularda yozuv o‘zgarmagan Misol Britaniya Fransiya Xitoy Germaniya Rossiya ular bitta tilni yozuvini o‘zgartirmagan shu sababli ular 100 hatto 500 yil ilargi asarlarni bemalol o‘qiy oladi. Shu asnoda harakat qiladi
Bizdachi juda ko‘p yozuv o‘zgardi oddiy qilib aytganda 1 asr oldingi adabiyotlarni o‘qiy olmaymiz. Misol Muqimiy Fitrat
Boy madaniyatimizdan behabarmiz qanday qilib biz rivojlanamiz?
Ota bobolarimiz buyuk bo‘lgan deb har doim fahrlanamiz-u aksariyatimiz ular ijodi haqida hech narsa bilmaymiz sababi ular boshqa til va yozuvda ijod qilishgan
Agar yana yozuv o‘zgarishi tasdiqlanadigan bo‘lsa 2 ta axmoq dasdidan davlatimiz kelajagini loyga belab ketadi
Men aniq ayta olamanki yozuv o‘zgarsa rivojlanishimiz 100 orqada qolib ketadi
Shu ketish bo‘lsa hech qachon rivojlana olmaymiz
Qani edi hukumat tepasiga xalqim kelakagim deydigan odam bo‘lsa
Ergashboy)
Sen besavod tushunmaysan buni Yangi avlod 1 kunda xitoy alfabetini organyapdi
Pxax pashol naxxuy kimsan sen. Bitta men emas sen xam besavodsan . Xali bitta yozuvdi qanday yozilishini xech km bilmidim kotta gaprma
ôzbek harflarini tôg'ri talaffuz qilishga ham alohida e'tibor berish kerak. Ayniqsa qisqartmalarda. MDH, BMT, XTB vashunga ôxshash sôzlarni xatto tilshunoslar ham tôg'ri talaffuz qilmayapti
Surayyo
Hamma yo'nalishdagi o'zgarishlarni o'z sohasidagi kishilar hal qiladi sababi borki shu taklif kiritilgan! Sizlar aytayotgan iqtisodiy, madaniy yoki salomatlik masalalarni tegishli tashkilotlar hal qiladi! Bu muammo tilshunoslikka tegishli! Nima uchun oddiy o'zgarishlarni ham qabul qilolmaymiz! Qachongacha shunaqa konservatorlik qilamiz! Kimlardir turkparast deydi agar siz tarixni, ona tilini o'qisayiz o'zbek tili ham turkiy oilaga mansub til sanaladi!
Рустамжон Юлдашев
Ха шундай килинглар, тез-тез алмаштириб туринглар. Зерикиб колябмиз. Бошка ишларинг йукми яна 10 йил тегманглар имло хатолар узидан узи камаяди чунки урганиб коламиз
Sh va Ch ni o'zgartirishga qarshiman. O'zi umuman alifboni o'zgartirish savodsizlik va boshqa qo'shimcha muammolarni yuzaga keltiradi.
Фирдавс
Кириллицага кайтиш керак. Ц ва Э харфлари кани????
Qanaqa ц ? T bn S qoshsayiz boldi ozbekistondasizku kirilcha nimaga kk ozini hurmar qilmagan odamni birov hurmat ham qilmaydi xuddi shunday biz xop deb alifboni kirilcha qilsak, ishga kirishda suhbatni ruscha qilsak Ozbekiston degan nom nega kk? Aynan menga farqi yoq hozirgisiyam yo yangisiyam yaxshi lekin kirilcha hu umuman xato qaror.
Если честно мне без разницы даже хорошо . Ну наверное это лучше писать одну букву чем два
Show next 100 comments