⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Men aytamanki tutuq belgisi ham sh
ch
ng
h
x
O‘z o‘rnida qolsin iltimos o‘zingizni manfaatlaringizni o‘ylamasdan xalq manfaatlarini o‘ylang siz shu harflarni yozishga qiynalsangiz yaxshilab o‘rganing. Bu harflar bilan bizni qanchadan qancha boy adabiyotlarimiz bor
Ingliz nemis yozuvlarida ham qiyinchiliklar borku yozilgan harflarni ko‘pi talaffuz qilinmaydi lekin ular umuman nolimaydi
B. N.
Qonun chiqaruvchilar, ilmiy alifboni o'zgartiruvchilar, deputatlar hozirgi alifboni o'zgartirmay davlat organlarida o'zbek yozuvini va farmoyishlarni nashr etishda , buyruqlar chiqarishda amaliy yordam bering, qolganiga tegmang, shunday ham xalqimiz qaysi yozuvda ariza yoki xat yozishda ikkilanmoqda. O'quvchilar esa na kril yozuvida na lotin yozuvidagi o'zbek yozuvida ko'nikkan
Umuman boʻlmaydi. Oʻzgartirsa tuzukroq qilib oʻzgartirish kerak, undan keyin talaffuzda bor, alifboda yoʻq boʻlgan, 9 ta unlini ham qoʻshish kerak, a, ä, e, i, ı, u, ü, o, ö
O'zgarishsiz qolgani yaxshi
Умуман кераксиз ишлар билан шугилланишдан кура фойдаси бор иш келишса яхши буларди. Битта шу кам бизларга а...? Лотин алифбосини узгартириб хаммани бошини огритиб кейн шу конуний диб китоб умуман хамма нарсаларни узгартириш яна маблағни бекор сариф килиш нимага кимга кери бор. Лотин алифбоси неча йилдан бери тулик ишлатилмиди кушимчаси ошикча ман хам лотин алифбосида мактабни тугатим лекн коллежда факат кирил алифбосига укиб Мана шунча вохтдан бери ишлатвомиз. Курсида утириб глобальный проблема йукдек бекорчи нарсалар уйлаб топгандан кура илтимос фойдаси тегадиган иш килишсин.
tarixda 3 marotaba alifbomiz almashgan, birortasida eski alifboda nashr qilingan hujjatlar qayta chiqarilmagan. Ôzingiz ham ôqisangiz kerak ayrimlarini. Umuman dunyoda birorta demokratik davlatda esk alifbo yangisiga almashganda bunaqa qilinmagan bôlsa kerak.
Ц harfini qo'shish kerak qolganlari ayni muddao
Ўзгартиришнинг ҳеч ҳам керагийўқ, ҳурматли Хушнудбек, каналингиз ҳали машҳур бўлмаган пайтлардан бери сизни кузатиб келаман ва қарашларингизни қўллаб-қувватлаганман. Лекин бунақа ўзгаришни ёқлаётганингизни тушунолмаганман.Сиз ҳозир фақат ўзингиз ҳақингизда ўйлашингиз керак эмас-ку! Шунчаки оддийгина фарзандингиздан сўраб кўринг. Унга шу маъқул келармикан? Унинг ўқитувчисига-чи?
O'zgarish yaxshi lekin ng kerakemas
Ш, Ч, У́ farflari quyidagi shaklda boʻlganda yaxshi boʻlardi:
Sh, Ch, Oʻ . Toʻgʻrisini aytsam sh va ch harflarining muhokamaga qoʻyilgan shakli(ç, ş) umuman yoqmadi.
Samandar
Bumaydi qaysi kalla bn aytayapsanlar hu turkiyani alifbosi nima kk bor qachongacha boshqa davlatnlardan kochiramiz aaa bumidi .Hushnudbek aka iltimos ayting ozgartirishmasin ozlariga qóshib alifboni ham bachkanalashtirib yuboripdilar
Alifboni ozgartirguncha ta'lim sifatini yaxshilash kerak .Finlandiyada maktabni tugatgan bola 4 ta tilda gapirishni biladi bizadachi o'zbek tilida gapini zo'rg'a topib gapiradi
Oldin O'zbek tilida to'liq gapirishni o'rgatish kerak
Биз аллақачон янги алифбога ўтишимиз керак эди. Биз жуда секин ҳаракат қиляпмиз. Энг қизиғи алифбо ўзгаришида ёшлармас, катта авлод вакиллари кўпроқ қарши... Алифбо ўзгариши бўйича ташаббус эгаларига раҳмат дейман. Қатъиятли бўлинглар...
BIZ ALFABET NI LUG'ATNI MUAMMO QILIB TURGAN BIRPAYTDA SPACEX YANA BIR RAKETASINI UCHIRISHGA TAYYORLANYABDI QACHON TUGATAMIZ BUNAQA MAYDA CHUYDA NARSALARNI ALFABET KIMGA XALAQIT QILMOQDA YOKI KIMNI SAVODSIZ QILIB QOYDI
TUGATINGLAR YAXSHILAR
Tushunish qiyin bo‘b ketyapdi!
Men Alifboni o'zgarishiga qat'iy qarshiman va noroziman! Kerakmas bunaqa o'zgarish, bunaqa noqulayliklar va bunday bosh og'riq, ortiqcha ish, ortqicha sarf-xarajatlar! #alifboga_teginma
Show next 100 comments