⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Bitta taklif bor alfabetga ozgartirish kiritsak harflar ketmaketligini teskari qilsak hechqayerda yo O'ZBEK alfabeti bolardi yani
NG CH SH.........
O‘chirilgan hisob
Umuman kerak emas bunday o‘zgarish, nimani hal qiladi???? Baribir xo‘ja ali, ali xo‘ja bo‘libdku!!!! Turkgo‘y olimlar fikri bo‘lsa kerak! Krillchadan voz kechilsin tamom muammo hal!!!!
Турклар томдан ташласа ташлаймизми Энди? Турк алифбосига ўтаяпмиз денг бирдан Хушнудбек!!!
نلفر
Alifboni o'zgartirishga umuman hojat yo'q. Bu bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi. Nima endi 3-4 ta belgi uchun butun boshli alifboni o'zgartirib , yana qanchadan-qancha chop etilgan badiiy asarlar , ilmiy adabiyotlar, chiqarilayotgan gazeta va jurnallar-chi?! Ularni qayta nashr qildiradimi? Bir avlodning yana savodsizlikka yo'liqishi-chi? Shundoq ham ko'pchilik hozirgi alifboni to'liq bilmaydi hali, hatto men krill o'qiganman , lotinchani tushunmayman deb og'iz to'ldirib bahona ham qilishadi. Men lotin yozuvini o'rganganman boshlang'ich sinfda, shu yozuvda savod chiqarganman. Bu krillni bilishimga to'sqinlik qilolmaydi. Bemalol krill yozuvidagi adabiyotlarni qiynalmay o'qiyman. Oliy ta'limda arab yozuvida ham savodim chiqdi, bemalol arab yozuvidagi kitoblarni o'qiy olyapman. Nahotki, azizlar, tilimiz ravnaqi , yozuvimiz , o'zimiz , farzandlarimiz uchun lotin yozuvidagi o'zbek yozuvini o'zlashtirish shunchalik qiyin bo'lsa , axir bu razillik emasmi?! Shu alifbomizni turli bahonalar bilan chetlab o'tishyapti , nima yangisini o'rganishar edimi, kaltabinlik -ku bu axir!
Ассаламу алайкум ş ç ёзмада қийинроқ бўлади тез ёзганда халал беради манимча хаммамиз биладиган ескиси яхши
Rustam Xaitov
Õzgartirish shart emas õzi judayam yahshi
Undan ko'ra ta'lim sifatini oshiringlar. Maktabdagi ahvolni ko'rsangiz yoqa ushlab ketsangiz kerak. Oldingi odamlar qanday o'qishgan. Hozir qani al-Beruniylar, Alisher Navoiylar. 10000000000000000 shunchadan bitta chiqib qolyapti.
Shuncha kitoblar, shuncha nafar yosh bolalar endi buni o'rganishadimi? Yana shuncha avlod qiynaladiku!? Shuncha yozilgan yozuvlarni kimlar o'qiyolmayapti? Qancha xarajat va qancha hujjatlar o'zgartirish kerak! Undan ko'ra haqiqiy texonologik innovatsiyalarni rivojlantiraylik! Bu muhimroq emasmi???!
Bunda boshqa katta katta masalar turibdi o'zgartirish kk bo'lgan. Alifboni tek qo'yishsachi....
Nima bu Turklaga taqlid qilishmi „ch“ bilan „sh“ ni o‘zgartirish kimni hayoliga keldi?O‘ta ketgan axmoqlik bu
o'zgartirmaylarrrr nima keragi bor shu alifbomiz juda yaxshi hech qiyinchiligi yo'q sh ch harflari juda yaxshi
Matluba Turg'unovna
Ч ва ш харфлари бу куринишда тожикчани эслатаркан. Узи яхшику, боридан фойдаланаверайлик!
Show next 100 comments