⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Biz yosh avlod shuncha davr mobaynida kõp qarshiriklarga uchradik lotin alifbosidan qõllanganimiz uchun. Endi bizdan oldingilar ham sal miyyani ishlashga majburlasa yaxshi bõlar edi.
누스라둘러 -77
Умуман керак эмас эди. Ундан кура юридик ташкилотлар хали хвм кирил харфда шуни тугрилашса булармиди
Bu ahmoqliq boshqa narsa haqida o'ylaashsin. Bulardan yana nimani kutish mumkin! G'irt ahmoqlik
Muazzam RUSTAMOVNA
Hatto qaror va xatlar rus tilida keladi ayrim joylarda
Farhod
Sh harfini w ga almashtiraylik
누스라둘러 -77
Яна уша гап. Хар куни ниманидир узгартириш гояси
Alifboni oʻzi yaxshi
Sharofiddin Rustamov
Shaxsan men shu xalqning bir vakili sifatida bu o'zgarishlarni umuman yoqlamayman. Alifboni o'zgartirishni nima keragi bor
Man roziman almashtirsin.Lotin tilida bollarimiz o'qishyapti lekin hammayoq krillda.Betdagilani 95%i o'zini o'ylab fikr qilyapti.Kelajak haqida gap ketyapti.Qiynalsela 1 yil 2 yil yoki 3yil qiynalasilar o'rganib ketasilar
A X
Bu sizga sement quyish emas hamma har kuni foydalanadi bundan hamma mutaxassis
Ko'p matn yozish va o'qishga to'g'ri lelsa farqi tushunarli bo'ladi. Hamma ovqat qilishni biladi lekin hamma oshpaz emas.
Ey odamlar o'zgarish qilib ko'rinish uchun nimalar qilmaydi. Qani edi shu ona tilimizga qiyinchilik bilan yetganimizni bilganida edi bu bemani fikrlari bilan xalq etirozini keltirib chiqarmasdi. Iltimos shu ona tilimizni qabul qilinishga sababchi emassizmi bunday bemani gaplariz bilan takror takror chiqib asabni buzavermang. Ps:Bu o'zgarishda manfaatdorlar yo'lida qurbon bo'lmaylik axir bu o'zgarishlar xalqni ya'ni siz va bizning kistamizdan qilinadi.
Sirojiddin
Oldingi alifbo ham wunaqa edi
Ha maylim. Yaratib bo'lishdi. Endi nima ham qilardim. Ertadan yoki qonun chiqqandan keyin S ş, C ç yozishni o'rganaman. Balkim rostan ham foydali bo'lar🤔
Do'stlar kelinglar foydali ish ustida bosh qotiraylik

Masalan:
1. Chekka qishloqlarga gaz, svet va ichimlik suvi yetqizish (issiq kunlar kelib gaz va svet muammosi yana oktabrgacha hammani esidan chiqib ketadi)

2. GM mashinalar narxi

3. Avtomobil yo'llari sifati

4. Buzilib ketmaydigan suv omborlari (sardoba suv ombori), buzilib ketmaydigan ko'priklar (adashmasam, Surxondaryodagi ko'prik), qulab tushmaydigan uylar (jizzaxdagi ko'p qavatli uy qulab tushgan edi)

5. Korrupsiya

6. (xullas ro'yxat ko'p, qolganini yozishga sabrim yetmadi)
Zahro
Bomidigan ish undan kora talimni sifatini oshirishsin
Isomiddinova Gulhayo
So'zlarda imlo hatolik juda ko'p chiqadi Sh harifida bolar qanaqa qilib o'qiydi misol uchun Shamol shom shahar oddiy so'zlardachi endi talafuz qilib o'ziyiz etib ko'rinchi
Assalom aleykum azizlar hammaga hayrli kech. Man o'zim xitoy tili o'rganaman.Xitoyliklar milliyligini saqlab qolish uchun iyeroglifdan alifbo tizimiga o'tishmagan, garchi qanchalik qiyin bo'lmasin o'z yozuvi uchun kurashgan va saqlab qolishgan ham.
Biz esa arzimagan sh ch ng harflarini yozishga erinyabmiz.Afsus...
Show next 100 comments