⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Kamoliddin
Sh bilan ch ga tegmagan ma'qul
Sharofiddin Rustamov
Tohirjon_JIB_Buloqboshi
Universitetlarda o'quv qo'llanmalar(metodichka), maruzalar matni hali ham kirillda
Maktablarda ham namunadagi alifbo o'rgatiladimi endi ????
O‘zgarsin zo‘r bo‘ladi
@UsMaNoF
Програмистлар компьютер клавишлари учун sh, ch, o‘, g‘ харфларини тайёрлаб туришсин
nimasi oʻzgardi buni yana nechtadir avlod hozirgi ahvolga oʻxshab chala savod boʻlishi oʻzgardimi. Axmoq garchilikdan boshqa narsa emas. "Hech ish topolmasang tuz yala" degan naql bor xalqdi orasida bu man shunga misol. Bilmadim nima boʻladi.... shaxsan men umuman qarshiman bu narsaga
Крил Алифбосида Чегарадош Кошниларимиз Билан Осон Мулокот Киламиз Лотин Алифбосида Кийинчиликлар Болиши Мумкун
Масалан Козок Киргиз Халклари Билан Агар Йозма равишта Мулокот килсак Албатта Крил Алифбосидан Фойдаланамиз Алифбони Озгартирмаган Макул
O'zi miyyasi qurtlagan chalasavodlar ko'payib ketyapti oxirgi yillarda. Yangi alifbo yaratmoqchimi endi bu chalalar🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
Undan ko'ra farosatini yangilasin bular.
Lotin alifbosini hamma tushunyapti, o'zi turklarni bemaza-behayo, birovni xotiniga birov osilib yurganini ko'rsatadigan kinolarini televideniyada qo'yilyotgani yetadi, endi alifboga ularni ş, ç larini qo'shish ortiqcha😠😠😠😠😠😠
Biz turk emasmiz, O'zbekmiz, keyin bizga qanaqadir be, pe, te degan talaffuzlar kerak emas - bu tojikcha, arabcha talaffuzku.
Biz O'zbekmiz shuni doim yodingizda saqlang.
Sharofiddin Rustamov
Maktablarda ham namunadagi alifbo o'rgatiladimi endi ????
Uni bilmadimku lekin bizga dars o'tayotgan aksaryat domlalar maruzalarni tayorlashda asosan kirillni ishlatadi
ng harf birikmasi ni ham oʻzgartirish kerak
Ş ç нинг ёзувдагиси ноқулайроқ менимча
Avval o'zbek tilini toliq yo'lga qo'yinglar lotin alifbosiga asoslangan tilimiz qayerda qoldi bu alifboni davlat ishchilariga o'rgatish uchun pullik kurslar ochishsin endi
Бу ўзгаришни амалга оширишдан мақсад нима? Шу томонини тушунмадим.
Sh ch ni o'zgartirmasdan ц ni qo'shishsin
Manimcha hozirgi Ch.Sh.G'.O'. Yaxshiku. Bu harflarni o'zgartirish qancha xarajat. Nima o'zgaradi. Xalqqa nima foydasi bor? yana buva momolarimizdek yana boshqatdan yangi harflarni o'rganamizmi? Iltimos, Shu harflargaTegishmanglar!!!!!
Oyshaxon Isomiddinova
Turklar yozuvi,ruslar yozuvi deymiz,oʻzbekning yozuvi qaysi
Ундан кора Бошка Минглаб Зарур Халк Учун Огрикли Болган Муамоларни Хал Килсак Яхши Боларди Хонада Отирволип Вадалар Берасанлар Хонангдан 1 метр Ташкарида Берган Вадаларингни Варакасини Мусор Челакаа Ташлесенлар
Sh bilan ch ga o'zgartirish kiritmayla
Show next 100 comments