⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
O'zimzni har doimgi alifbomiz yaxshi
Hozirgi alefbodan kim norozi bo‘ldi o‘zgarish umuman keragi yo'q deb o'ylayman
Qakhramobekova
Hech qanday harf o‘zgarishi kerak emas chunki hamma oldingi alifboga o‘rgangan agar o‘zgartirish kiritilsa unga ham o‘rganish uchun yana qanchadir yil kerak bo‘ladi
Harflarni o'zgartirguncha bolalarga avval alifboni to'g'ri o'rgatish kerak . w ni sh deydigan avlod davlat muassalarida rahbarlik lavozimida hozir🥺🥺🥺
Хушнудбек, ўзиз қўллаб-қувватлашингизни ёзибсиз, бир сабабларини эшитайлик энди.
«Ўзбекистон» сўзини ўзгаришини ўзи бюджетга қанча пулга тушишини бир ўйлаб кўрдингизми? Саводсизлик авж олиб ётгандан, яна ҳаммани чалғишиничи?
Ёки китоблар, дарсликлар чиқариш учун давлатмизни пули тўлиб топиш ётибдими?
Шу пайтгача лотин алифбосида ёзмагангизга ҳарфлар айбдормиди? 😅
Икки кундан бери Қушербаев қовун тушираётганди, бугун сиз ҳам шу сафга қўшилибсиз. Табриклайман. :)
Sherzod Iskandarov
Alifboning õzgarishi xalqning savodsizligiga olib keladi shuning uchun õzgarmagani maqul
Alifboning ozgarishi rostan savodsilikka olib keladi mening ozim endi organdim latin tilida yozishni uni yana ozgartsa yana bilmadim
Biz mustaqilmiz uzimizni fikrimizga egamiz db katta katta tadbirlada dovruğ solamizku nima enni bu turklani yozuvini o'zlashtirishmi yoki bizni manaviy boyligimiz kamligini yaqqol bildirib turkladan olishmi bu manimcha uzimizdi hafrlar yaxshi va shunnay qolgani yaxshi. Bu harflar ham o'zbekni qasdir manoda o'zbekligini bildirishmasmi bu. Turklardan olib uzimizga joriy qilish nimasi endi.
💮💮💮💮
Haligacha lotinga yuqori tashkilotlar ota olganu yoqku, yangi alifbo kiritilsa tezlik bilan shu alifboni o'rganishlariga ksfolat bormi, amaldagi alfavitga otilganiga 20 yil bolibdi, shu paytgacha organa olmaganlar, yangisi qabul qilinishi bn organa olarmikinlar, yana oshiqcha xarajatlar nimaga kerak
Sardor Dilmanov
Manimcha hozirgi Ch.Sh.G'.O'. Yaxshiku. Bu harflarni o'zgartirish qancha xarajat. Nima o'zgaradi. Xalqqa nima foydasi bor? yana buva momolarimizdek yana boshqatdan yangi harflarni o'rganamizmi? Iltimos, Shu harflargaTegishmanglar!!!!!
To'g'ri. Klaviaturalardagi harflarni ham o'zgartirishga to'g'ri kelib qoladi. Yana ortiqcha sarf-xarajat, vaqt. O'zgarishsiz qolsin demayman. Faqat o'rganish, ma'lumot kiritish manbalari bilan ham muammolar yuzaga kelmasin. O'qib o'rganish esa mumkin.
Журабек
Avvalgi alifboda kamchilik yuq deb uylayman, shu paytgacha qullab kelaman lekin muammo topmadim
Shundog'am chalasavod xalq yana undan battar chalasavod bo'ladida
bir tiyinga qimmat
Salom alifboni o‘zgartirishni umuman keragi yo‘q. O‘zi xoziram hujjatlarda chalkashliklar ko‘p bazi tashkilotlar krilcha so‘raydi bazilari lotincha qiynalib ketdik. Krildan lotinchaga lotinchadan krilchaga o‘tiraverib. Endi uchinchisi qo‘shilsa bilmadim umuman ish unumdorligi pasayib faqat harflar bilan band bo‘lib qolamiz. Kerakmas yangi alifbo
Sh va Ch yozish muammo boʻlib qolarkanku.
Menimcha bu notòģri. Òzi ayrimlar ya'ni krilchadan lotinchaga òtganlar yozishda haligacha xato qilishadi sòzlarga ,,ь" qòshib qòyishadi, ayrim sòzlarga "ю,, yozishadi ,,y" harfi òrniga. Meni fikrimcha òzgarishsiz qolsa yaxshi bòlardi
Bu yangi alifboga men mutlaqo qarshiman chunki bu tufayli bilimsiz va savodsizlar soni koʻpayib ketadi hamda davlat budjetiga ham ziyon yangi kitoblar nashri uchun qancha mablagʻ kerakligini oʻylash zarur aynan jahonda kovid pandimiyasi boʻlayotgan paytda
Bula bekor qoganmi nima. Buni orqasidan katta mablag' olsa kk deb o'ylayman. O'zi hozir shunayam 2ta avlod bor. 1-si krillni o'rgangan krillcha yozadi ,2-si lotinni o'rgangan lotinni biladi. Agar bu alifbo joriy etilsa 3-avlod shuni o'rganadimi. G'IRT AXMOQGARCHILIK. Bekor qogan bosang boshqa ish qil. Nima qilasan xalqni qiynab. 3 avlodli alifbo boladumi endi. Bechora krillni organganla endi buniyam organishi kkmi. O'zini kissasidan boshqa hech kimga foydasi yoq buni. Afsus, Ona tilimiz shunday mutaxassislarni qolida qoldimi😔. Kimga zarari tegdi shuni. EY CHALASAVODLAR KO'ZINGNI OOOOOOOOOOOCH ILTIMOS JONGA TEGDIZLAAAAA. Hech alifbomiz bir tartibga solinmadida.
Hozirgi alifbo yaxshi
Журабек
Nima uchun uzgartirish kiritish kk tug'risi tushunmadim
Show next 100 comments