⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Деярли шу вактгача етишиб чиккан кадрлар саводсизга чикади то янги алифбода таълим олган кадр чикгунича. Ундан кура у́згаришсиз колгани маъкул...
نلفر
Botir Akhmedov
Lotin alifbosida o'zbek kitoblarini o'qib ko'rganmisiz? Ch Sh mayli o'rganib ketdik ingliz tilidan lekin O', G' larga ko'z juda ko'p to'qishadi
🧐, o'qigan bo'lsangiz deng hech bo'lmasa. Ko'zingizni o'rgating unda, bu alifboni o'zgartirishdan ko'ra osonroq.
Оббооооооо... 🤦🏻‍♂️🤦🏻‍♂️🤦🏻‍♂️
Кичкина табиб фильмида "кунимиз кинначиларга колган" деганларидай...
Бахтиёр Мавлонов
O'zimizni LOTIN ALIFBOMIZ YAXSHI KIRILDAN KECHILSIN TAMOM
Ismim Ahrorjon. Yangi alifbo qabul qilinsa mani ismim QANDAY yoziladi? 😂😂😂
Bir tiyinga qimmat oʻzgartirish. Buni orqasidan milliardlagan kitoblar, milliardlagan hujjatlar, yana milliardlagan boshqa narsalarni ham oʻzgartirish kerak boʻladi. Buni barchasi triardlagan mablagʻni talab qiladi. Va albatta bu pullarning barchasi budjet hisobidan. Va albatta bu pullarning juda ham kaaaatta qismi kimlarningdir choʻntaaaaaaaklarini qappaytiradi xolos.
Tugadi.
Uzi shunday ham kuplar chatda "sh", "ch", "o'", "g' " harfarini tugri ishlatishmaydi.
Sh ni urniga "w", ch urniga ç yoki c ishlatishadi.
O' va g' harfida tutuq belgisi quymasdan yozishadi
Hilola Jóraboyevna
Nimaga erishmoqchi bu bilan boshqa yangilik kiritishsa bólardi
Manga juda ham yoqda .
Саодат Хаитмаматова
Ta'limda yangilik qilinglar islohotlar qilinglar, bolalarimizni bilimli qilishning yangi yòllarini topinglar desalar bizni yuqoridagi "olimlarimiz" nima qilishga aqli yetmay tayyor harflarni òzgartirmoqchilar qoyile "olimlarimizga"
نلفر
🧐, o'qigan bo'lsangiz deng hech bo'lmasa. Ko'zingizni o'rgating unda, bu alifboni o'zgartirishdan ko'ra osonroq.
Ha uzur, o'qigan bo'lsangiz demoqchi edim.
Lekin shrift o'zgarganda butinlay boshqa matn bo'ladi, hammasiga o'rgataverib charchaysiz
Bu alifbo 1993 yillarda ham ozgina muddat bor edi menimcha, faqat j va c ga bog'liq harflar ham bor edi. Menga ma'qul yangi alifbo
Ixtiyorjon
Xato fikir birinchidan bizning davlatning tarixiga nazar tashlasak bizda oldin lotin yozuvi bo'lgan keyin rus tiliga o'tilgan shunda qanchadan qancha adabiyotlar va tarixiy kitoblar chiqarib yuborilgan.Keyin yana lotin tiliga o'tilgan shunda yana rus tilidagi malumotlar yo'q bo'lib keraksiz bo'lib qolgan.Endi yana yangilanish odamlar hali lotin yozuviga moslashmasdan yangisiga yana o'tilapti bu biznig odamlar ichida adabiyotlarda o'qishga bo'lgan ishtiyoq yana yo'qolishi mumkin chunki hozirda katta odamlar lotin yozuvidagi yangiliklari o'qishga qiynaladi yana o'zgarish bu menimcha hatodir
Umuman hech nimani o'zgartirish shartmas foydali ishga sarflagan yahshi uzgartitishga ketadigan resursni.
Bekorchilikdan nima ish qilishdi bilmay endi shuni oʻylab topishdimi,undan koʻra yechilmayotgan muammolarni yechimini izlasa boʻlmaydimi bular,har 10yilda alfabetdi oʻzgartirishsa oldingi 10yillik avlod toʻpoy boʻlib qoluradimi,kamputer klavishidayam bunaqa harfla yuq,eng maqul variyant oʻzimizdi alfabet,,,,boshqacha qilib oʻzgartirishni umuman keragi yuq.
Sh, Ch ni hech o'zgartirish shart emas, Bollarni ham fikrlashini buzib, kitoblar ham o'zgaradimi kegin, hech keragi yo'q. Bekorchilikdan topilgan muomo.
Make a Wish
Hali endi shuni deb shaxsiy hujjatlarni ham almashtiringlar desa umuman xayron qolmayman
Show next 100 comments