⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Kerak emas. Vassalom! Bollarimizni yana savodsiz qilib qo'yamiz. Nima sababdan turk alifbosiga qarab ketishimiz kerak? Undan ko'ra davlat tilini ham turk tiliga aylantiraylik. Maktablardagi hamma darsliklar, son mingta adabiyotlarni o'sha yozuvga aylantirishga sarflanadigan mablag'larga achinaman. Yaxshisi lotin bo'lsa lotin kiril bo'lsa kirilda yuraveraylik.
Assalomu alaykum!
Xayrli kech!
Nima keregi bor o‘zgartirmasinla
O‘zimizani alifbe yaxshi
O‘zimizani alifbeyimizani narmanli bilmiydigonla boru oddiy x bn h farqlomimiza endi bu chiqsa bilmima nima bo‘ladi
ALMANOV HAYITALI Õ.F.F. 302-guruh Hayoting seniki emas
Alifbo õz õrnida qolgani ma'qul. Õzgartirish kiritilsa milliard milliard dollor chiqim bõladi , iqtisodiyot ham tarix ham buni kõtarishi qiyin
Хозирги ҳолатида қолгани яхши. Янги шакл алифбони, ўзгараётган ҳарфларни фарзандларимга кўрсатдим. Ҳаттоки уларнинг қаршилигини таърифлаб беролмасам керак.
Nima keragi bor bu alifboni
Кириллчани лотинча килдик, Энди лотинчани лотинчага узгартирамиз, мантик каерда?
Xushnudbek aka 34 million aholi sizni nazarizda "shunchaki omma" boʻlib qoldimi? Qoyileeee!!! 👏👏👏
Siz ham "oʻsha"lardan biriga aylanibsiz qoʻyibsizu. Masalan men lotin alifbosida bemalol bexato yoza olaman. Siz amaldagi lotin yozuviga moslasha olmayotgan, yangi alifboni koʻngliz tusab qolgan boʻlsa, bu amaldagi alifboning aybi emas.
Undan koʻra ijtimoiy hayotdagi boshqa dolzarbroq muammolarni hal qilishsin.

"Shunchak omma"ning sizdan koʻngli qolishni boshladi.

Tugadi.
نلفر
Kerak emas, hozirgisi yaxshi
Зарина Рахматова
Нега харфларимизни туркларники билан 1 хил килишимиз керак? Ёш авлодни хам уйлаш керак шунча дарслик,хужжатлар хаммаси кайтадан килинадими? Мен бутунлай каршиман. Бюджетни пули хавога совуриладими
Sherbek Choriyev
Umuman yaxshimasku bu alifbo nima keragi bor
Каердан овощ бериш керак
O' va G' ga qo'shilmayman. C bizga kerakmas. O'zgarishlar qatorida yo'qligi yaxshi bo'libdi. X, H larning biridan alifboda kechish kerak edi.
Ataxadjayev Sobir
Kampyuter, telefon klaviaturalarida yangi alifbodagi harflar yo'qku. O'zgarsa noqulaylik tug'dirmaydimi'
Hozirgi alifbe yaxshi yangisiga zarurat yo'q deb o'ylayman
Дильдора Бегалиева 186-gr
Nima keragi bor bunaqa õzgarishni?! Bu alifbo tasdiqlansa keyin bechora xalq pasportlarini, HAMMa dokumentlarini, pravani, va xk. Larni õzini kistasidan qiladi. Õzi pandemiyadan keyin odamlar qarzga botib ancha qiynalib qolishdi. U ham yetmagandey hali hamma õquv qõllanmalarni ham õzgartirish kk. Turklarni alifbosini kiritish yaxshimi? Õzimizniki yaxshi ediku
Men ismimni Çaros deb yozamanmi keyin☹️☹️
Juda ko'p o'zgartirishlar kerak bo'ladi
Hujjatlar Darsliklar Ko'cha Mahalla Qishloq Tuman hatto viloyat nomlarida ham
Shaxsiy hujjatlarda ham Voyboooo
Bunaqa narsaga vaqtiniyu mablag'ni sarflagandan ko'ra talabalar o'lib ketib , talababay bilan yopilib ketgan muammolarni o'rganishsin
bu yerda turklarga aloqasi yoqku , Turklar musulmonku, hatto siz ham turksiz. Chunki Millatga bo'linmasdan oldin faqat turk millati bo'ganku. Nux a.s. farzandimizku oga inimizku ular bn. Alloxdan sal qorqinglar. Musulmon musulmonni haqorati yomonku ayni shu davrda
Alifbodagi 4 harf birikmasining yozuvdagi shaklini o'zgartirishdan hech qanday ma'no yo'q. Kim nima desa desin, mutaxassis sifatidagi fikrim shu. Axir 26 yil bo'ldi shu alifbodan foydalanayotganimizga. Uning o'rniga ish yuritish hamda davlat hujjatlarini shu alifboda ifodalashga to'liq o'tish bo'yicha bosh qotirishsa yaxshi bo'lardi. Shundoq ham 2 ta alifboyimiz bor. Endi 3 ta bo'lishi menimcha mantiqsizlik. Alifboni isloh qilish unga tezroq o'tilishiga hech qanday sharoit yaratmaydi, aksincha yanada vaziyatni chalkashtiradi xolos...
Show next 100 comments