⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
O' va G' ga qo'shilmayman. C bizga kerakmas. O'zgarishlar qatorida yo'qligi yaxshi bo'libdi. X, H larning biridan alifboda kechish kerak edi.
Ataxadjayev Sobir
Kampyuter, telefon klaviaturalarida yangi alifbodagi harflar yo'qku. O'zgarsa noqulaylik tug'dirmaydimi'
Hozirgi alifbe yaxshi yangisiga zarurat yo'q deb o'ylayman
Дильдора Бегалиева 186-gr
Nima keragi bor bunaqa õzgarishni?! Bu alifbo tasdiqlansa keyin bechora xalq pasportlarini, HAMMa dokumentlarini, pravani, va xk. Larni õzini kistasidan qiladi. Õzi pandemiyadan keyin odamlar qarzga botib ancha qiynalib qolishdi. U ham yetmagandey hali hamma õquv qõllanmalarni ham õzgartirish kk. Turklarni alifbosini kiritish yaxshimi? Õzimizniki yaxshi ediku
Men ismimni Çaros deb yozamanmi keyin☹️☹️
Juda ko'p o'zgartirishlar kerak bo'ladi
Hujjatlar Darsliklar Ko'cha Mahalla Qishloq Tuman hatto viloyat nomlarida ham
Shaxsiy hujjatlarda ham Voyboooo
Bunaqa narsaga vaqtiniyu mablag'ni sarflagandan ko'ra talabalar o'lib ketib , talababay bilan yopilib ketgan muammolarni o'rganishsin
bu yerda turklarga aloqasi yoqku , Turklar musulmonku, hatto siz ham turksiz. Chunki Millatga bo'linmasdan oldin faqat turk millati bo'ganku. Nux a.s. farzandimizku oga inimizku ular bn. Alloxdan sal qorqinglar. Musulmon musulmonni haqorati yomonku ayni shu davrda
Alifbodagi 4 harf birikmasining yozuvdagi shaklini o'zgartirishdan hech qanday ma'no yo'q. Kim nima desa desin, mutaxassis sifatidagi fikrim shu. Axir 26 yil bo'ldi shu alifbodan foydalanayotganimizga. Uning o'rniga ish yuritish hamda davlat hujjatlarini shu alifboda ifodalashga to'liq o'tish bo'yicha bosh qotirishsa yaxshi bo'lardi. Shundoq ham 2 ta alifboyimiz bor. Endi 3 ta bo'lishi menimcha mantiqsizlik. Alifboni isloh qilish unga tezroq o'tilishiga hech qanday sharoit yaratmaydi, aksincha yanada vaziyatni chalkashtiradi xolos...
Hozrgi holatida qolgani yaxshi
kerak emas oldingi yaxshi edi
Umirzoqov Bahrom
Alifboning almashish sababini Nima Deb izoh berilyapti.
Alifboning almashtirib nimaga erishmoqchi. O'zi shundog' ham tilga munosabat bizda vazirlik darajasida qoniqarsiz ahvolda. Sababi Hali ham Vazirliklarda qabul qilinayotgan qonun osti hujjatlar hammasi kril alifbosidan boz ustiga aksari Rus tilida chiqsa, Yana bular alifboni uchinchi Marta almashtirib halq pulini boshqa keraksiz tomonga sarflash haqida o'ylamoqda.
O'zi shu halq muhokamasi qo'yilgani bn inobatga olinarmikin halqning fikri.
Undan shunga sarflanadigan pullarga davlat grantlari uchun sadflansa samarasi yaxshi bo'lardi menimcha.
Alvido birinçi sniptagi ALIFBOM






Bari tugadi.






Salom " TURKCHA"😡😡🤬🤬🤬
𝓚𝓱𝓾𝓭𝓸𝔂𝓫𝓮𝓻𝓭𝓲𝔂𝓮𝓿 𝓞𝓽𝓪𝓫𝓮𝓴 105
Har bir ishda bir asos bor. bekorga qilmaydi. Sirtdan qarash osonku
- ғ, + ҳ uchun xizmat qiladi. Shu tartib asosida matn muharrirlari bilan ishlaydigan dasturlarni alifbomizga moslashtirishimiz kerak.
Ish hujjatlarida hali to‘liq lotin tiliga o‘tmaganmiz, mana shu tilni arang tushunadiganlar bor.O‘zimizga murakkabbo‘lib ketmasmikin
@@ E'zoza @@
Menimcha ham hozirgi holda qolgani yaxshi chunki unga moslashish ancha qiyin ayniqsa katta yoshli odamlar qiynaladi.
Men o'zgartirişlarni ma'qullayman
💕💕💕
Assalomu alaykum yoq bizga kerak emas. Ozimizni alifboyimiz yaxshi . Nima keragi bor bundan. Ozgatirmela man butun maktab nomidan etvomman
💕💕💕
Biz qiynalamiz kerak emas
Mr.Black
Яна халкка жабир келажак авлод аросатта ХОЙ АККИЛЛИЛАР сенларнинг бошка киладиган ишларинг йукми тинч куйинглар унта БАРМОГИНГНИ огзингга тикма ёрилиб кетасан МИЛЯРДЛАБ харажат канча инсонлар уйсиз оч нахор Халкниям уйланглар озгина
Uzr u
Yangilikka tayyormas deb kerak bo'lgan ish bilan emas shunchaki "aqllilik" bilan shug'ullanishyapdi
Yangilik, o'zgatirish kerak bo'lga sohada o'zgatirish qilishsin
Show next 100 comments