⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Alifbo agar bu tartibda o'zgaradigan bo'lsa hamma narsa o'zgarishiga to'g'ri keladi. Bu katta mablag' degani. O'zgartirilmasdan qolgani ma'qul
Men o'zgarishni ma'qullayman chunki ko'p narsa o'zgargani yo'q tushunarsiz narsaning o'zi yo'q bu yerda
Abdurahmon
Lotinda unday harf yo'q
лотинда бўлмаслиги мумкин, лекин хорижий тиллардан ўзлаштирилган сўзларда Ц харфи борда
░F░o░t░i░m░a░
Alifbo o'zgarishiga qarshiman to'g'ri ba'zi so'zlarda xato bo'lar lekin yana shuncha odamni qayta o'rgatish oson emas Turklarni alifbosini ham ko'chirmaylik endi odamlarimiz ko'chib ketyotgani yetadi
Pardayev.О.Т.PP/227
Бизни, умуман катта авлодни ўқиши қийнлашиб борияпти, чала савод бўлиб қолияпмиз
iamshahijahan
Ozgartirishlarni maqullaganlar va yuqoridagilar turkparast bolmanglar
Turkparastlikka qanday aloqasi bor 2 ta harfni. Zoting asli turkku, Navoiyni o'qing. Agar harf bn musulmonchilik o'zgarsa ahmoqsanlar hammang
iamshahijahan
Bu sizga tegishli Turkparast bolmang O'zbekiston turkladan kora shavkatli tarixga ega
Turkparastlikmas bu. Boy tariximizda Ota bobolarimiz turkiy tilda ijod qilgan lotin tilida emas.
M
Hop, nima naf o'zgartirishdan, tuppa-tuzuk alifboni o'zgartirguncha boshqa narsalarni o'zgartirishsin,qanchadan-qancha o'zgarishga muhtoj narsalar bor
Алифбо туппа-тузук эмас. Хатолари кўплиги учун бир талай саводсиз авлод вояга етди.

Мана шу линк ичига кириб ёзган мақоламни ўқинг. Бу ерда лотин алифбосининг ҳеч ким эътибор бермаган аммо катта аҳамиятга эга қисми ҳақида айтиб ўтилган.

https://telegra.ph/Alifbo-mavzusida-kichik-ehksperiment-02-13
Hozirgi kunning o'zida kiril bilan lotinni qancha aralashtirib yuboramizku. Shaxsan men lotin tilida o'qiganim bilan amalda kirilda ishlayman shuning uchun hozirda lotin tilida yozishga qiynalaman(hayotda kuzatishim bo'yicha buni ko'pchilikda kuzatganman). Endi harflar o'zgarsa kiril, eski lotin va yangi lotin aralashib ketadi. Bu kimga kerak o'zi ......
𝓚𝓱𝓾𝓭𝓸𝔂𝓫𝓮𝓻𝓭𝓲𝔂𝓮𝓿 𝓞𝓽𝓪𝓫𝓮𝓴 105
Turkparastlikka qanday aloqasi bor 2 ta harfni. Zoting asli turkku, Navoiyni o'qing. Agar harf bn musulmonchilik o'zgarsa ahmoqsanlar hammang
Navoiy hazratlari ş ni oqishganmi ortoq tarixizni ham zor oqibsizda bilsangiz oguzlar bizdan chiqib kichik osiyoga borgan va bizdan tarqalgan turklar urugi ham biz ulardan emas
Komiljon
turk alifbosiga òxşarkanda mayli nima bòlganda ham şunisiga şukur .Òzimmizni alifbo bòlgani yaxşi omad 🤝🤝
Alifboni almashtirish juda ko'p moliyaviy zarar keltiradi. Buning salbiy natijasi ko'proq bo'ladi, yozuvdagi imloviy xatolar ko'payib ketadi, bolalarga o'rgatish ham qiyin bo'ladi. Hozirgi alifbomiz milliyligimizga xos uni boshqa davlatlarnikiga o'xshatib o'zgartirish kerak emas
Oldin krildan lotin alifbosiga to‘liq o‘tib olaylik, alifbo almashishiga keladigan bo‘lsak almashmagani maqul hozirgisi yaxshi roq!
Alifboni hadeb o‘zgartirish savodsizlikni oshiradi .Hozirni o‘zida yarim aholi kiril yozuvida , yarim aholi lotin yozuvida yozadi . Agar yana alifboni o‘zgartirsak yozuvimizni o‘zi 3 ko‘rinishga bo‘linib ketadi.
Show next 100 comments