⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
░F░o░t░i░m░a░
hamma gap varoq tejashdami qishloqlarda qancha odam suvsiz svet gazsiz qiynalib yashab yuribti unda ko'ra shuni o'ylanglar arab alifbosiga o'tib qo'ya qolaylik hamma boshidan o'rganadi
Bu yana savodsizlikni oshishiga sabab bo'ladi shu alifboga o'rgandi hamma qarib o'ttiz yildan beri to'liq o'tib ham bo'linmadi davlat idoralari hali ham kirilda yuribdi bu o'zgarishning umuman keragisi yo'q.
"Sh" va "Ch" harflari oʻzgarishsiz qolishining tarafdoriman.
Bu harflarni o'zgartirilmasin o'zgartirsalaring butunlay Arab alfavitiga o'zgartiringlar
endi alifboga navbatmi undan kóra tógrilash kere bógan narsa kóp nma qipti eski alifboyimizga
Surayyoxon Ergasheva
Lotin yozuviga dastlab1929-1940-yillarda o'tilgan. Keyin yana 1993-yil 2-sentabrdan joriy qilindi. Ana shu O'zbekiston Respublikasi Qonuni 1-moddasida ham "31 harf va 1 tutuq belgisidan iborat" deyilgandi. Hozir o'zgartirishlar nazarda tutilgan Sh, Ch, Ng harflari o'sha qarorda hozir tavsiya qilinayotgan shaklda edi. 1995-yil 6-mayda O'zbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonunga o'zgartirish kiritish haqidagi qarori e'lon qilingan. Sh, Ch, Ng harflari mana shu -- hozirgi shaklga o'tkazilgan. Endi savol: dastlabki shakldan nega voz kechilgan? Nega yana voz kechilgan shaklga qaytishimiz kerak? 1995-yildagi o'zgarishlar yana 1993-yildagi shaklga qaytishidan nima yutuq va nima yutqiziqlarga erishamiz? Menimcha, yutqiziqlarimiz ko'p bo'ladi. Chunki, birinchidan, lotin yozuviga o'tishning to'liq tugallanishi 2000-yilgacha edi. Vaholanki, hali-hanuz to'liq o'tilgani yo'q (ko'plab yuqori tashkilotlarning o'zi hujjatlarni krill imlosida talab qilishadi) Ikkinchidan, bu o'zgarishlar darsliklar, kitob va qo'llanmalarning yangilanishiga ehtiyoj tug'diradi. Bu esa juda katta mablag'ni talab qiladi. Uchinchidan, 28 yil (1993-yil 2-sentabr)dan buyon lotin yozuviga to'liq o'ta olmayotgan holda yangi o'zgarishli yozuvning talqin qilinishi hammani qiynaydi. Bu savodxonlik bilan bog'liq muammolarni kuchaytiradi. Taklifim: buning o'rniga badiiy va ilmiy darslik hamda qo'llanmalarga o'sha mablag'larni yo'naltirish kerak. Turli reklama-yu, ommaviy axborot vositalaridagi xatolarni kamaytirishga harakat qilish kerak. Busiz ham telegram kanallarida, ijtimoiy tarmoqlarda xatolarga to'la yozilayotgan yozuvlardan hayratlanamiz. Asosiysi, yozuvlar o'zgargani bilan ta'lim sifati yoki savodxonlik yaxshilanarmikan? Xushnudbek, masalaning huquqiy jihatlari bilan birga ma'naviy va moddiy tomonlariga ham e'tibor qarating. Vakolatingiz doirasida yozuvning hozirgi shakliga o'zgartirish kiritilmasligiga harakat qiling!!!
To'g'ri
Assalom aleykum hurmatli yurtdoshlar men ham alifbodagi bu òzgarishni yoqlamayman.
Chunki aholi hali tòliq lotin alifbosidan foydalana olmaydi yana òzgartirish kiritib buni yanada murakkablashtirishyapti
Xayitov Shuxrat
Yana hamma savodsiz boʻladimi
Lazizbek Sattarkulov
Menimça şu alifbo qulayroq. Faqat telefon va kompiyuterlarda shu şriftlarni topishimiz biroz qiyinroq bōladi.
Allaqachon boshlabsizkuu siz yangi alifbodan foydalanishni, qoyil lekin, o'zbek millati moslashuvchan, bag'rikeng, tez o'zlashtiruvchi xalq
bira to'la turk tiliniyam davlat tili qilishsin Mana kinolarini miyamizga singdirdik kinodan o'rgandik kalta kiyishni tor kiyishni erni sansirashni,endi alifbosini joriy qilyapmiz o'zi zo'rg'a ch bilan sh ni farqlab tushunib olgan bolalar Yana ko'rsavod bo'lib ç ni o'rganishi kerak o'zi kimdan chiqdi shu fikr nima foyda Bundan xalqqa o'zi shundog'am xalq qo'lini uzatsa yelkasidan uzib olayotganlaring yetadi xullas yuqoridagilarga besh emas olti ham emas yetti ketdim gazini bosinglar Bundan ko'ra molga passport olganimiz yaxshi edi yo 5600 ga yashab yurganimiz yaxshi edi
Kerak emas Turkiya alifbosiga oxshashi shart emas
Töğri qilasizlar. Ança qulay bölarkan
Hozir alifbo o'zgarsa komputerda yozishda muammo yuzaga keldi. Internetdagi hamma joydagi matnlarni birma-bir to'g'irlab chiqish kerak bo'lib qoldi. Hozirgisi yaxshi, menimcha, hech qanaqa muammo yoq. Shuncha ovoragarchilikni nima keragi bor. Internetni, komputerlarni moslashtirishga qancha vaqt ketadiyuuuuuuuu. Yana o'zimmiz qiynalamiz.
👎👎👎😠😠😠😡😡😡
Har taraflama o'ylash kerak.Qancha ziyon yana savodsizlik.Yillar davomida bilim olganlar-chi?Orada qolib ketadi mi?
Maloxat Sayfullayeva
"Sh" va "Ch" harflarni oʻzgarishsiz qolishining tarafdoriman.
XuRsHiDbEk
Nima keragi bor shuncha ovoragarchilikni ja savob ish qigilar kesa elektr energasini yaxshilelar jonga tegdiku o'cho'rib
Hozirgi lotin alifbosiga juda o'rganib qolganmiz.
Mavjud manbalar bilan noqulaylik yuzaga kelishi mumkin.
Show next 100 comments