⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Сирожиддин
👍
Mening fikrimcha hech qaysi harf yoki harf birikmasiga o'zgartirish kiritish shart emas.
Juda o'zgartirish kiritish kerak bo'lsa "ng" harf birikmasi uchun boshqacha bir shakl tanlansa yaxshi bo'ladi. Chunki ko'p yoshlar sin-gil mi yo si-ngil mi deb adshib yurishdi. Agar "ng" harf birikmasiga o'zgartirish kiritsa shunday tushunmovchiliklar oydinlashdi deb o'ylayman.
Eeeey nima bo'lyapdi bularga.Boshqa ishi yomi.Endi alifbogayam osilishyapdimi.Molga passport deyishdi,5600 deyishdi endi alifbomi?
Nima qilishni bilishmayapdimi.Bu yoqda shuncha muammo turganda. . .
Xalq nima darddayu bular nima dardda.Qachongacha bog'dan kesa tog'dan keladi bular?
Alifboimiz joyida Xudoga shukur.
Юсуф Жабборов
Ц-ҳарфи йўқ- цемент,цирк,мотоцикл сўзини ва е ҳарфи йўқ-елка,елвизак,ер,шеър каби сўзлар қандай ёзилади. ng нимага керак- n, g, ҳарфлари борку
Yoq eee nimaga uzgartiradi o'z xolida qolsin toğrimi
👎👎👎👎👎👎👎👎👏👎👏👏👏👏👏👏👏
Abbosxon
Bulani boshqa qiladigan ishi yuq ekanmi. Shuncha muammolar bor. Undan kura shuncha narsalarga e'tibor berib ushalarga uzgartirish kiritsa bulmaydimi.
Эгамов Бахтиёр
Босмадаги катта "и / I" харфи, босмадаги кичик "л / l" ни мутлақо ўзи. Шуни ҳам, тўғрилаб кетиш керак.
Rafael R
Таълим сифатини пастлигига алифбони умуман алоқаси йўқ бўлса керак. Ундан кўра таълим тизимини такомиллаштириш керак.
Arab alifbosiga moslangan özimizni asl turkiy yozuvimizga qaytishimiz kerak! Tilimizdagi eng köp sözlar arab tilidan kirganku, 100% mos tushadi. Ota bobolarimiz qoldirgan qanchadan qancha ilmiy me'roslarni asl yozuvlarida öqiy olardik.
Алифбони ўзгартирвуриш тўри нарсамас. Йилла ўтиб хозирги алифбони ўқий оладиган авлод камайиб борвуради. Биза ёзган хамма нарсаларимиз тарихга айланиб, тарихимиззи хич ким тушунмидиган бўбқолади. Мана мисол ун хитой 2минг йил олдинги ёзма манбалани ўқий олади чунки ула алифбосини ўзгартирвурмаган. Битта ўша иероглифида қоган. Шуничун тарихини бемалол ўқийди.
Эгамов Бахтиёр
Қолган жойи жуда тўғри, ман қўшиламан. Буни тезлаштириш керак. Мавжуд жузъий камчиликлар кейинчалик тўғриланиб кетади, тарихда бошқа ёзувларда ҳам бундай воқеалар/тузатишлар кўп бўлган.
Alifbo qancha ko'p o'zgarsa xalq shuncha savodsiz bo'lib boraveradi,bu o'zgarsa xalq uch toifaga bo'linadi ya'ni krill harifni organlar, lotin alifbosini organganlar endi mana yangi alifboni organganlarga, endi imlo hatolari kópayadi albatta, bunga odamlar órganganicha yana ózgartirishib qolar...., xullas, xalqni savodsizlantirish alifboni ózaritirorishdan boshlanadi...
Zahro ADAVİYYA🕊️
Arab alifbosiga moslangan özimizni asl turkiy yozuvimizga qaytishimiz kerak! Tilimizdagi eng köp sözlar arab tilidan kirganku, 100% mos tushadi. Ota bobolarimiz qoldirgan qanchadan qancha ilmiy me'roslarni asl yozuvlarida öqiy olardik.
Совет сиёсатини айнан мақсади хам шу бўган. Бизаги ғирт саводсиз қипқўйди улар. Совет даарида ўзи 3 мартами ўзгарди
Uzbni aholisini 50%dan kopi xali lotincani bilmedi. Kiril alifboda kitob oqiydi. Endi biryola xc km xc nma oqime qoladi. Xalqimz xammasi qarwi bunga. Agar demokratiya bolsa qani oz joyifa qolsin. Nma bula ç ş ni qowib telefonda yoziw qulay boliwi ucun yangilawmoqcimi. Endi biryola ozbek tilini rasmiy tili turkca diyiwsa ham xayron qomiman. Sekjn sekin uji xamma narsaga ozgartrb yurwbdi.
Hozirgi holati yaxshi o'zgarmagani yaxshi
Gulrux Akmalovna
Совет сиёсатини айнан мақсади хам шу бўган. Бизаги ғирт саводсиз қипқўйди улар. Совет даарида ўзи 3 мартами ўзгарди
Shuning uchun ham hamma qiyinchiliklarga közni shart yumib eski yozuvimizga qaytishimiz kerak. Aslo qayta özgartirmaslik sharti bilan. Ahir lotin ham krill ham töliq mos kelmaydiku tilimizga.
Assalomu alaykum, alifboga oʻzgartirish kiritish shart deb oʻylayman. Masalan, oʻ, gʻ, sh, ch, ng harflarini ŏ, ğ, š, č, ň ga oʻzgartirish kerak. Bu harflarning ustki belgisi deyarli bir xil va kompyuter tilida bir bitni tashkil qiladi. Vaqtimiz va anchagina mablagʻimiz tejaladi. Unlilardan esa i unlisiga oid bilinar-bilinmas qisqa talaffuz qilinadigan juda koʻp soʻzlarimiz bor. Talaffuzda nuqtasiz ı unlisini nuqtali i ga invariant qilib berish zarur. Xuddi j-portlovchi undoshining j-sirgʻaluvchi invarianti singari.
Alifbo o'zgarishsiz qolgani maqul
Show next 100 comments