⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди
Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.
https://regulation.gov.uz/uz/d/31596Асосий ўзгаришлар:
Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç
Муҳокама
31 мартга қадар давом этади.
👉 @xushnudbek 👈
''Sh'' , ''Ch''
Alifboni o'zgartirib yana orqaga tortmoqchimi?
Ng harfini ham bitta harf ko'rinishida yozsin,
Ы ham kiritilsin, O' ning turlari ham.
Alifbomiz shu o'ttiz yil davomida kimga yoqmasa, o'zgartirish kerak degani emas-ku!
Bir kishi bizda ch harf yo'q u harfiy birikma ham emas deydi.
Lekin alifbomiz lotin yozuviga asoslangani ma'lum-ku.
Ertaga kelajak avlodga yana o'zimiz o'qitamiz shu alifboni.
O'zimiz bilib o'rgangan alifboni o'qitish osonmi yoki yangilik ekan, bir olim shuni xohlabdi yangi alifbo bunaqa ekan deb bolamiz bilan tortishib o'rganamizmi?
Biz o'qigan vaqtlar boshqacha edi, yozuvlarimiz ham o'zgarib ketibdi, deb yuramizmi?
Har holda ziyoli qatlam sifatida shuni yana bir o'ylab ko'raylik.
Bu ishni amalga oshishi yaxshi emas.