⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
.....
Bu menimcha yaxshi emas hozir koʻpchilik lotincha yozishga otyagan endi yana yangi alifbo kiritilsa menimcha hammaga qiyin bolsa kerak kirilchadan lotin yozuviga oʻtganlar yana yangi yozuvni organadimi
Кирилл нима учун ўзгартирилди.Айби нима кириллнинг.Ҳарфларга,ёзувга сиёсат ёки тузум ўзгаришининг нима алоқаси бор.
Ozgartirishga sabab bormi ozi ? Bolsa nima ? Bekorchilikdan nima qilishni bilmasdan shuni topiwdimi
Hozrgisi yaxshiku nma keragi bor o'zgarturib qattagi bir keraksiz narsalarni o'zgartirmoqchi bo'lamiz ex 🤦‍♂️
Ганишер Маматов
Ўзим кириллга ўрганган бўлсам ҳам, ўзимизнинг алифбомиз бўлиши тарафдориман. Ўзгаришлар ҳам менга маъқул. Ўрганиб кетаман. Қатъият билан қабул қилиш керак.
Холмуротов Ботиржон
👍
Kurbanov Shakxzod
Maqsad qani bunday o'zgartirishdan. Hamma yozish qoidalari yaratilganku. Maqsad odamlarni tentiratishmi yana 30 yil
Oʻzi yaqin yaqingacha kirildan lotinga oʻtib oʻtmay turgandi endi 3ta alifbo boʻladimi. xozirgacha hujjatlar krillda Olib boriladi. Agarda oʻtadigan boʻlshsa qolgan ikkitasini ham inkor qilib bitta yangi alifboda qolish kerak. Aralashib qoladigan boʻlsa umuman keragi yoʻq.
O'zim Iqtisodda o'qisam ham 0,5 stafka filologman. Bu yangi o'zbek alifbosimas, turkiya alifbosi desa ham bo'larkan-ku! Turgan narsani nima qiladi o'zgartirib?! Kimga nima foydasi bor tuppa-tuzuk alifboni o'zgartirib??? Og'a(Xushnud aka)ga nimasi ma'qul keldi ekan, bilmadim...
Umuman xato fikr.Yaqinda alifbo almashdi endi bu nimasi.Bolalarimiz bo'lganda bir kami har10 yil alifbo almashganini aytamizmi?Alifbodan gap topmay karrupsiyani kamaytiraylik.
Коментларни хар бир постда куйийлар
Alifboni o'zgartirish kerak emas.

Lotin tili alifbosini o'zi yetarli. Shuni, amaldorlarga o'rgating bo'ldi. Muammo xal.
Yangi alifboyam gapmi?
Zafar A.
1. С яъни Ц харфини қайтариш лозим! Колбаса цехи - sexi эмас cehi ёзилса яхшироқ
2. Ў харфини О' эмас, О́ ҳам эмас, Ŭ куринишида ёзилиши керак! Давлатимиз бутун дунёда "Uzbekistan" ёзилганда у́з тилимизда "Ŭzbekiston" деб ёзилсин.
Gõzal Matnazarova
Axmoqlikkk, axmoqlikkk
👍👍👍
ózlariz nimaga doim kirill alifbosida yozasiz, o'ziz oldin o'zbekchada yozsaizlar *nur ustiga a'lo nur bo'lardi" chalkash qimasdan.
Kerak emas o'zgartirib, jamiyatda o'zgartirish kerak bo'lgan shuncha muammo bor. Shu ozgina o'zgarish bilan odamlar to'liq lotinga o'tmaydi. Ammo shu paytgacha lotinda yozganlar krillga aniq o'tadi. Chunki u yillar o'tsada o'zgarmaydi. Aniq tushunarli qolaveradi. Yozuvni bunday isloh qilish savodsizlikni oshiradi, shundog'am savodsizlar ko'p endi yana ko'paysinmi o' va g' tepasidagi belgilar qo'yilmaydi o'quvchilarni esidan chiqadi. Endi ş va ç dumini qo'yish esidan chiqadi qarabsizki, savodsizlar olamiga xush kelibsiz.
Show next 100 comments